O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
akademik V. A. Gordlevskiy uni ko`makchi ot deb hisoblaydi va rus tilida
«ten` sen`, blagodarya» ma`nolarini anglatishini ko`rsatadi 1 . O`zbek tilida ko`makchi vazifasida qo`llanganda o`z leksik ma`nosini yo`qotib, asos, natija, sabab grammatik ma`nolarini nfodalaydi. Bu ko`makchili birikmalar 20—30- yillarda ham ancha aktiv qo`llangani kuzatiladi. 20—30-yillar yozma manbalarida bu ko`makchinnng ko`p ishlatilishi oldingi adabiy til traditsiyasi ta`siri deb baholanishi mumkin. Bunga soya so`zining fors tiliga oidlig`ini, Oktabr` revolyutsiyasigacha bo`lgan davr yozma manbalarida arab-fors tili ta`siri kuchli bo`lganligini eslash kifoya qiladi. keyingi taraqqiyot protsessida ko`makchining ishlatilish ko`lami kamayib bordi. U hozirgi adabiy tilda deyarli qo`llanmaydi. Bu hol ba`zi fors tili elementlarining istemoldan chiqa borishi bilan izohlanadi. Orqali / orqaliq ko`makchili birikmalar. Bu birikmalar o`zbek tilining taraqqiyoti ichida struktura-grammatik jihatdan jiddiy o`zgarishlarga uchramadi. O`zbek tili tadqiqotchilari uning ikki xil ma`no — vosita va o`rin ma`nolari ifodalashini qayd qiladilar. Uning 1 Abdurahmanov G`.A. Tarixiy sintaksis// “O`zbek tili tarixiy grammatikasi” kursi bo`yicha materiallar. Toshkent 1974. 71 sabab munosabati ifodalashga xizmat qilganini ko`rsatuvchi fakt ham bor. 20—30-yillar va keyingi davrlarda orqali ko`makchisi vosita ma`nosini ifodalashda keng qo`llanadi. Vosita ma`nosi abstrakt xarakterli bo`lib, orqali ko`makchisi birikkan so`z (odatda ot) o`z semantikasiga ko`ra quyidagicha ifodalanadi. Orqali ko`makisi boshqaradigan ot shaxs ma`nosini anglatganda, shu shaxs harakatning sodir bo`lishida vositachi bo`ladi, harakat shu shaxs ishtirokida bajariladi. Ot bilan birikkan ko`makchi keng ma`noda makon ma`nosini anglatadi. Bu holda orqali ko`makchisi o`rin munosabati ma`nosini ifodalashga xizmat qiladi. Shunday qilib, bu ko`makchili birikmaning o`zbek tilining taraqqiyoti jarayonida funktsional-grammatik doirasi bir oz toraydi. Formal jihatdan sodir bo`lgan o`zgarish orqaliq formasining iste`moldan chiqib, orqali formasining normativlik kasb etgani bilan cheklanadi. S a y i n ko`makchili birikmalar. taraqqiyoti mobaynida bu ko`makchili konstruktsiya ifodalagan ma`nolarda jiddiy o`zgarishlar sodir bo`lmadi. 1. Ot jonsiz predmet, hodisa ma`nosini angatganda, shu predmet yo hodisa harakatning sodir bo`lishida vosita vazifasini bajaradi Vaqt ma`nosini anglatuvchi kun, yil, hafta kabi so`zlar bilan birikib, harakatning shu so`zlar anglatgan vaqt ichida takrorlanib turishi yoki sodir bo`lish kuchi — intensivligi oshgani yoki kamaygani ma`nosini ifodalaydi. Sayin ko`makchisi -gan formali sifatdosh bilan qo`llanganda fe`l ifodalagan harakat intensivligi o`zgargani (kuchaygani yo susaygani) ma`nosi ifodalanadi. 72 -gan formasi bilan birikkan sayin ko`makchisi formasi 20—30- yillarda ifodalagan ma`noni hozirgi adabiy tilda ifodalamaslik faktlari ham uchraydi. S a r i ko`makchili birikmalar. Hozirgi o`zbek adabiy tilida bu ko`makchili konstruktsiyalar bir necha xil sintaktnk munosabatlar ifodalashga xizmat qiladi. Harakatning yo`nalish o`rni ma`nosini anglatadi. Bu holda birikmaning tobe komponent vazifasida harakat yo`nalgan o`rinni anglatuvchi cho`l, maktab, ko`cha, marra, zindon kabi so`zlar qo`llanadi. Hokim fe`l esa semantik jihatdan ketmq, yurmoq, chiqmoq, otlanmoq, tashlanmoq kabi harakat fe`llari (glagoli dvijeniya)dan bo`ladi. 20—30-yillarda sari ko`makchisining abstrakt ot bilan qo`llanishi ham kuzatiladi: Bilmadim biz madaniyat sari orqa bilan Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling