O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


 Chiqish kelishigini boshqaruvchi ko`makchilar vositasida


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

2.3. Chiqish kelishigini boshqaruvchi ko`makchilar vositasida 
hosil bo`ladigan birikmalar
 
Boshqa ko`makchili birikmalar. Bu birikma ifodalangan voqea-
hodisa (mazmun) shu ko`makchi birikkan so`z anglatgan shaxs yo 
harakatga aloqasiz, ulardan mustasno tarzda sodir bo`lganlik ma`nosini 
anglatadi. Xuddi shu ma`noda u chiqish kelishigidagi so`zni 
boshqaradi. Ko`makchining bu asosiy ma`no va grammatik xususiyati 
taraqqiyot jarayonida tub o`zgarishlarga uchramadi: Otabekdagi bir 
necha kunlik o`zgarishg muhabbatdan boshqa hodisa deb ma`no berolmas 
edi. Yo`q: isbot uchun vijdonimdan boshqa shohidim yo`q (O`.k)
20—30-yillar 
materialida 
boshqa 
ko`makchisining 
tashqari 
ko`makchisi vazifasida ishlatilish hollari kuzatiladi: Musulmon o`lka 
tashkilotlarining rizolig`idan boshqa musulmolorg`o tegishli bo`lg`on 
mol va mulklarni musodara qilinmosin. Majlisda manim ruxsatimdan 
boshqa so`zlashingiz otangiz bilan eringizning o`limlarini tilashingizdir 
(O`.k)
Keyingi 
(so`ng) 
so`ngra 
komakchili 
birikmalar. 
Keyin/so`ng 
ko`makchili 
birikmalar 
semantikasi 
60—70 
yil 
ichida 
katta 
o`zgarishlarga 
uchramaganini 
ko`rsatadi. 
Shu 
bilan 
birga 
bu 
ko`makchilar 
20—30-yillarda 
ba`zan, 
hozirgi 
normalarga 
mos 
kelmaydigan 
tarzda 
ishlatilgani 
ko`zga 
tashlanadi. 
1) 
so`ngra 
ko`makchisi 20—30-yillar materialida keyingi davrlarga qaraganda 
ko`proq ishlatilgan: Shuning uchun bir muddat so`ngra zehnidan 
selinadir. 2) -gina affiksi -roq. affiksi funktsiyasida ko`makchiga 
qo`shilish hollari hozirgi adabiy tilda uchramaydi: Shu vaqt mashhur 
Obid shayton o`z qudasi bo`lg`on Mirjalolboybachchani mahalla 
kamissiyalari 
qatorig`o 
qo`ishb 
yuborg`on, 
mana 
bu 
akamning 


83 
xizmatlarining samarasi so`ngragina bizga bilinib qoldi. Qiyoslang: 
so`ngragina bizga bilinib qoldi –keyinroq bizga bilinib qoldi
O`z semantik xususiyatiga ko`ra tobe so`zning chiqish kelishigi 
formasida bo`lishini taqozo etuvchi so`ng ko`makchisi ba`zan tobe so`z 
bilan bu formasiz birikadi, -dan formasi ellipsisga uchraydi. Bu hodisa 
so`ng ko`makchisi grammatik vositasiz ham o`z leksik ma`nosida payt 
ma`nosini aniq anglata olishi bilan izohlanadi. Xuddi shu sababga ko`ra 
payt ifodalashga xizmat qiluvchi grammatik vosita bo`lgan chiqish 
kelishigi formasining «ortiqcha» sifatida tushirilib qoldirilishi jiddiy 
nuqson sifatida idrok etilmagan: Zero, bo`zchining bu o`tinchini qush 
uchgan so`ng otilmoqchi bo`lgan sopqon qabilida hisoblar va foydasiz 
bir iltimos deb cho`chir edi. (O`.k). Shuning uchun men borgan so`ng 
bo`ladigan hukm majlisida ehtimol qarindoshlaringizni qutqarishga 
muvaffaq bo`lurman (O`.k). Ikkinchi o`tirish Ziyo akanikidan ikki kun 
so`ng qutidornikida bo`ldi (O`.k). ...go`yo ish o`tgan so`ng kelibsan 
degandek tishushingan edi (O`.k). 
Til taraqqiyotining keyingi davrlarida qo`llanmay qolgan grammatik 
vositaning leksik vosita hisobiga kompensatsiya qilinishi norma 
talablariga javob bermay qoldi. Oqibatda hozirgi adabiy tilda so`ng 
ko`makchisi chiqish formasidagi so`z bilan birikishi odat tusiga kirdi. 
A. Qodiriyning «O`tgan kunlar» romanida 101 marta qo`llangan 
so`ng ko`makchili konstruktsiyalar ichida atigi 4 marta tobe so`z 
kelishik formasini olmay ifodalangan. Bu hol o`sha davrdayoq so`ng 
ko`makchisi so`zni to`la shakllangan kelishik formasida boshqarish 
normativ bo`lib qolganini ko`rsatadi. 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling