O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
2.2. Jo`nalish kelishigining boshqaruvchi ko`makchilar bilan
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
77 2.2. Jo`nalish kelishigining boshqaruvchi ko`makchilar bilan hosil bo`ladigan birikmalar. Binoan ko`makchili birikmalar. Ilmiy adabiyotlarda bu ko`makchining ish-harakat sodir bo`lishda asos, tayanch manba bo`lgan ob`ekt — sabab kabi grammatik ma`nolarni anglatishi aytiladi. Ko`makchi shu olmoshi bilan birikkanda, olmoshdan oldin keltirilgan gapda bayon qilingan mazmun (voqea-hodisa) boshqa biror harakat sodir bo`lishiga asos bo`lganlik ma`nosi ifodalanadi. Ko`makchi sabab so`zi bilan birikkanda harakat-holatning sodir bo`lishi sababi ma`nosi sof holda anglashiladi. Umuman, binoan ko`makchisi asos bilan birga ma`lum darajada sabab munosabatini ham ifodalaydi. Mantiqan biror harakat sodir bo`lish asosida boshqa biror voqea-hodisa, harakat yotadi. Shundan kelib chiqilsa, binoan ko`makchisi sinkretik tarzda sabab-asos ma`nolarini ifodalashga xizmat qiladi deyish mumkin. Bu ma`nolardan sababning kuchliroq, yorqinroq ifodalanishi tobe komponent vazifasida sabab so`zi qo`llanganda aniq seziladi. Ko`ra ko`makchili birikmalar. Bu ko`makchi chiqish va jo`nalish kelishiklarini boshqaradi va shu xususiyatga ko`ra farqli sintaktik ma`nolar ifodalaydi. Chiqish kelishigidagi so`z birikkanda shu so`z anglatgan tushunchaga boshqa so`z anglatgan tushincha qiyos qilinadi, “qiyosiy darajani ifodalashning usullaridan biri bo`ladi”. Ko`ra ko`makchisi harakat-holatning, voqeaning sodir bo`lish sababi va asosi ma`nolarini ifodalaydi. 78 Qaraganda ko`makchili birikmalar. Bu birikmada qiyoslash, asoslash ma`nolari ifodalanadi Qaraganda ko`makchisining hozirgi adabiy tildagi funktsiyasi aniqlik kasb etib bo`lgan. Uning predmetlar va harakatlar belgisini qiyoslab ifodalashiga misollar keltiramiz: Saroyning to`rida boshqalarga qaraganda k o ` r k a m r o q bir hujra, anovi hujralarga kiyiz to`shalgani holda, bu hujrada qip-qizil gilam... Qushbegi boshqalarga qaraganda insofli hokimdir. Shuning uchun kundizgiga qaraganda saroy jonlik. Bu tip konstruktsiyalarda (keyingi ikki misolda) qiyos ma`nosini ifodalovchi ko`ra ko`makchili konstruktsiyalarda bo`lganidek, belgining qiyoslanayotganini ifodalovchi -roq affiksining qo`llanmasligi mumkin. Bu ma`no qaraganda ko`makchisi orqali beriladi. Shunday ekan, tildagi ortiqchalikdan qochish qonuniga asosan -roq affiksini ishlatmaslik mumkin bo`ladi. Bu ko`makchi o`zidan keyingi gapda ifodalanayotgan fikrning nimaga asoslanganlik ma`nosini anglatadi. Qarab ko`makchili birikmalar. Bu birikmalarda harakat yo`nalgan tomon va asos, miqdor, o`lchov ma`nolari ifodalanadi. Shu jihatdan bu tipdagi birikmalarning hozirgi davrdagi qo`llanishi bilan 20— 30- yillardagi qo`llanishi va funktsiyalarida farq sezilmaydi. «O`tgan kunlar» romanida uning hozirgi adabiy tildagidan farqli qo`llangan bir holat uchradi. Bunda ko`makchi payt ma`nosini anglatgan so`z bilan birikib, harakatning qancha vaqt davom etganlik ma`nosini anglatadi: ...bir necha soatlarga qarab cho`zilgan bu tomoq majlisi bilan albatta u yaxshi chiqisholmaydiQarab ko`makchili birikma harakatning shu ko`makchi bilan birikkan so`z anglatgan tomonga yo`nalganligi ma`nosini ifodalaydi. Bu holda qarab ko`makchisi tomon ko`makchisiga sinonim bo`ladi. Hokim fe`l harakatni («glagolы dvijeniya») anglatadi. Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling