O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
S a b a b l i
ko`makchili birikmalar. Bu birikma ko`makchili konstruktsiyalar sabab munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Sababli ko`makchisi grammatik sabab ma`nosini sof holda, boshqa biror ma`no ottenkalari qorishmagan holda ifodalaydi. Bunga ko`makchining yasalishiga xizmat qilgan so`z — sabab so`zining o`z leksik ma`nosiga ko`ra asl sabab tushunchasini ifodalashi asos bo`ladi. Xuddi mana shu 69 xususiyati jihatidan sababli ko`makchisi o`zbek tilining taraqqiyoti davrida biron jiddiy o`zgarishni boshidan kechirmadi. Bu ko`makchi faqat formal ko`rinishi jihatdan o`zgardi. Sababli (sabablik) ko`makchisi quyidagi so`z turkumlari bilan birikib keladi. Fe`lning funktsional formalari: a) -gan formali sifatdosh bilan. -ganlik formasi ham bu ko`makchi bilan birikadi . Tufayli ko`makchili birikmalar. Bu ko`makchi arabcha «tekinxo`r», «parazit» ma`nosini, forscha «yordam, qo`llash, o`rtoqlik» ma`nolarini anglatadi (29, 326). Hozirgi o`zbek adabiy tilida bu ko`makchi ko`rsatilgan leksik ma`nolarini yo`qotib, deyarli to`liq grammatikalizatsiyalashgan — yordamchi so`zga aylangan. Bu ko`makchi 20—30-yillar materialida uning uchramasligi, faqat 40- yillardan qo`llanishi aktivlashgani kuzatiladi. U tufayli, tufaylidan, tufayligidan formalarida qo`llanadi. Hozirgi adabiy til uchun normativ bo`lgan forma, shubhasiz, tufayli formasidir. Tufaylidan, tufayligidan formalari og`zaki nutqqa xosdir. Bu ko`makchi haqida fikr yuritgan tadqiqotchilar yakdillik bilan uning sabab munosabati ifodalashini ko`rsatadilar. 1 Biroq bularning ko`pchiligi ko`makchinnng qanday turkum so`zlari bilan qo`llanishini, bundagi xususiyatlarni aytmaydilar. Xususan, ko`rsatilgan ishlarda bu ko`makchining bosh kelishikni boshqarishi qayd etilgani holda qaratqich kelishigini ham boshqarishi mumkinligini ko`rsatadilar. T u f a y l i ko`makchisi asosan ot bilan birikib sabab munosabati ifodalashga xizmat qiladi. Bundan tashqari u kishilik, o`zlik, so`roq olmoshlari, sifat, harakat nomi, -gan formali sifatdosh bidan ham birikadi. Ba`zan hozirgi davrda t u f a y l i ko`makchisini noto`g`ri qo`llash faktlari uchrab qoladi. V a r r a k t u f a y l i k u s h l a r q o ` r q i t i l g a n d a z k i n m a y d o n i d a g i 1 7 p r o t s e n t k a r a m k o ` p s a q l a n i b q o l g a n . Bunda 1 Zakiev M.Z. Sintaksicheskiy stroy tatarskogo yazika. ADD. Kazan. 1963., 70 q o ` r q i t i l g a n fe`li sabab ma`nosini ifodalovchi bo`lakni emas, vosita ma`nosini ifodalovchi bo`lakni talab qiladi. Shunga mos ravishda bu grammatik ma`noni ifodalovchi b i l a n , y o r d a m i d a kabi vositalar qo`llanishi kerak edi: V a r r a k b i l a n y o r d a m i d a q u s h l a r q o ` r q i t i l g a n d a . . . kabi. T u f a y l i ko`makchisining vosita emas, sof sabab ma`nosnni ifodalashga xizmat qilishini anglamaslik ko`rsatilgan xatonnig sodir bo`lishiga yo`l ochib bergan. Ko`rinadiki, har bir ko`makchini o`z spetsifik grammatik funktsiyasida qo`llash grammatika sathida nutq madaniyati talablariga javob berishning birinchi shartlaridan hisoblanadi. S o y a ko`makchili birikmalar. Bu ko`makchi fors tiliga oid bo`lib, Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling