O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

akademik V. A. Gordlevskiy uni ko`makchi ot deb hisoblaydi va rus tilida 
«ten` sen`, blagodarya» ma`nolarini anglatishini ko`rsatadi
1
. O`zbek 
tilida ko`makchi vazifasida qo`llanganda o`z leksik ma`nosini yo`qotib, 
asos, natija, sabab grammatik ma`nolarini nfodalaydi. Bu ko`makchili 
birikmalar 20—30- yillarda ham ancha aktiv qo`llangani kuzatiladi. 
20—30-yillar yozma manbalarida bu ko`makchinnng ko`p ishlatilishi 
oldingi adabiy til traditsiyasi ta`siri deb baholanishi mumkin. Bunga 
soya so`zining fors tiliga oidlig`ini, Oktabr` revolyutsiyasigacha bo`lgan 
davr yozma manbalarida arab-fors tili ta`siri kuchli bo`lganligini eslash 
kifoya qiladi. keyingi taraqqiyot protsessida ko`makchining ishlatilish 
ko`lami kamayib bordi. U hozirgi adabiy tilda deyarli qo`llanmaydi. Bu 
hol ba`zi fors tili elementlarining istemoldan chiqa borishi bilan 
izohlanadi. 
Orqali / orqaliq ko`makchili birikmalar. Bu birikmalar o`zbek 
tilining 
taraqqiyoti 
ichida 
struktura-grammatik 
jihatdan 
jiddiy 
o`zgarishlarga uchramadi. O`zbek tili tadqiqotchilari uning ikki xil 
ma`no — vosita va o`rin ma`nolari ifodalashini qayd qiladilar. Uning 
1
Abdurahmanov G`.A. Tarixiy sintaksis// “O`zbek tili tarixiy grammatikasi” kursi bo`yicha materiallar. Toshkent 
1974. 


71 
sabab munosabati ifodalashga xizmat qilganini ko`rsatuvchi fakt ham 
bor. 20—30-yillar va keyingi davrlarda orqali ko`makchisi vosita 
ma`nosini ifodalashda keng qo`llanadi. Vosita ma`nosi abstrakt 
xarakterli bo`lib, orqali ko`makchisi birikkan so`z (odatda ot) o`z 
semantikasiga ko`ra quyidagicha ifodalanadi. 
Orqali ko`makisi boshqaradigan ot shaxs ma`nosini anglatganda, 
shu shaxs harakatning sodir bo`lishida vositachi bo`ladi, harakat shu 
shaxs ishtirokida bajariladi. 
Ot bilan birikkan ko`makchi keng ma`noda makon ma`nosini 
anglatadi. Bu holda orqali ko`makchisi o`rin munosabati ma`nosini 
ifodalashga xizmat qiladi. Shunday qilib, bu ko`makchili birikmaning 
o`zbek tilining taraqqiyoti jarayonida funktsional-grammatik doirasi bir 
oz toraydi. Formal jihatdan sodir bo`lgan o`zgarish orqaliq formasining 
iste`moldan chiqib, orqali formasining normativlik kasb etgani bilan 
cheklanadi. 
S a y i n  
ko`makchili 
birikmalar. 
taraqqiyoti 
mobaynida 
bu 
ko`makchili konstruktsiya ifodalagan ma`nolarda jiddiy o`zgarishlar 
sodir bo`lmadi. 
1. Ot jonsiz predmet, hodisa ma`nosini angatganda, shu predmet yo 
hodisa harakatning sodir bo`lishida vosita vazifasini bajaradi
Vaqt 
ma`nosini anglatuvchi kun, yil, hafta kabi so`zlar bilan birikib, 
harakatning shu so`zlar anglatgan vaqt ichida takrorlanib turishi yoki 
sodir bo`lish kuchi — intensivligi oshgani yoki kamaygani ma`nosini 
ifodalaydi. Sayin ko`makchisi -gan formali sifatdosh bilan qo`llanganda 
fe`l ifodalagan harakat intensivligi 
o`zgargani (kuchaygani 
yo 
susaygani) ma`nosi ifodalanadi. 


72 
-gan formasi bilan birikkan sayin ko`makchisi formasi 20—30-
yillarda ifodalagan ma`noni hozirgi adabiy tilda ifodalamaslik faktlari 
ham uchraydi. 
S a r i  ko`makchili birikmalar. Hozirgi o`zbek adabiy tilida bu 
ko`makchili konstruktsiyalar bir necha xil sintaktnk munosabatlar 
ifodalashga xizmat qiladi. Harakatning yo`nalish o`rni ma`nosini 
anglatadi. Bu holda birikmaning tobe komponent vazifasida harakat 
yo`nalgan o`rinni anglatuvchi cho`l, maktab, ko`cha, marra, zindon kabi 
so`zlar qo`llanadi. Hokim fe`l esa semantik jihatdan ketmq, yurmoq, 
chiqmoq, 
otlanmoq, 
tashlanmoq 
kabi 
harakat 
fe`llari 
(glagoli
dvijeniya)dan bo`ladi. 20—30-yillarda sari ko`makchisining abstrakt ot 
bilan qo`llanishi ham kuzatiladi: Bilmadim biz madaniyat sari orqa bilan 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling