O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
B i l a n ko`makchili birikmalar. Bu leksik-grammatik vosita ko`p
funktsional xarakterga ega bo`lib, juda xilma-xil munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi. Biroq qanchalik turli sintaktik munosabat ifodalashiga qaramay, unnng ma`lum bir turdagi sintaktik munosabatni ifodalashga ko`proq xoslanishi hozirda ham, avvalgi tarixiy davrlarda ham ancha sezilarli bo`lgan. Masalan, hozir o`zbek adabiy tili dagi ko`makchi asosan birgalik (komitativ), vosita, payt, tarz, sabab kabi qator ma`nolarni ifodalaydi. 1 O`zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. 1981. 2 Kononov A.N. Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika. M-L. 1960. 62 Bilan ko`makchili birikma birgalik (komitativ) ma`nosini anglatganda sodir bo`luvchi harakat ish harakat sub`ektidan tashqari; shu ko`makchi bilan birikkan so`z anglatgan shaxs oti ham bajarishi ma`nosi ifodalanadi. Ilmiy adabiyotlarda bilan ko`makchisi bilan birikuvchi otning bunday holatda shaxs oti bo`lishi kerakligi qayd etilmaydi. Holbuki xuddi shu moment juda rang-barang grammatik munosabat ifodalovchi bu ko`makchining qanday sharoitda boshqasidan farq qiluvchi muayyan bir tipdagi grammatik munosabatni ifodalashini izohlab berish imkonini beradi. Bu ko`makchili birikma birgalik (komitativ) ma`nosini ifodalaganda shu ma`konni o`z leksik ma`nosiga ko`ra aniq ifodalovchi birga, birlikda so`zlari bilan qo`llanish hollari uchraydi. Bu holda grammatik birgalik ma`nosi yanada kuchaytiriladi va aniqroq ifodalanadi 1 . Hozirgi kunda amalda bo`lgan o`zbek adabiy tilida birgalik ma`nosi bilan birga qo`shilmasi vositasida emas, ko`proq faqat bilan ko`makchisining vositasida, birga, birlikda so`zlarining ishtirokisiz ifodalanishi ko`zga tashlanadi. Bu hol bundan ellik-oltmish yil ilgari, 20—30-yillarda, xususan, A. Qodiriy asarlarnda ham kuzatiladi. Birgalik ma`nosi ifodalanuvchi bu tip konstruktsiyalarda birga, birgalikda leksik birliklarniig ishlatilmay qolish hollarini (faktik materialning 98 protsentida shu hol kuzatiladi) til o`z taraqqiyoti protsessida ortiqcha elementlardan asta-sekin qutulib, silliqlanib borishi natijasi sifatida baholash mumkin. Bu kabi holatlarning til taraqqiyotining barcha etaplarida kuzatilishi tilning mukammallikka, lakonizmga intilish jarayoni doimiy, qonuniy bir hol ekanligini isbotlaydi. O`zbek tnlida bilan ko`makchili birikma yordamida vosita ma`nosining ifodalanishi uzoq tarixiy davrlardan beri kuzatiladi. Biroq 1 O`zbek tilining grammatikasi 1 tom Toshkent. 1975. 63 ba`zi fe`llarning boshqaruv normasida o`zgachalik sodir bo`lganini aytib o`tish lozim. Masalan, Bu asarlar umuman turk tili bilan yozilg`ondirlar kabi analitik konstruktsiyalarning sintetik usulida (...asarlar turk tilida yozilgan kabi) ifodalanish tendentsiyasi kuchayib hozir shu tarzda tso`llash normativ hol hisoblanadi. Bilan ko`makchili birikmada sabab munosabati ifodalanadi. Bu holda bilan ko`makchisi g`azab, dard, kasal, alam kabi so`zlar bilan birikib qo`llanganda ifodalanadi. Ilmiy adabiyotlarda bilan ko`makchisi sabab ma`nosini anglatishda ko`p hollarda ot bilan birikib o`lmoq fe`liga tobe bo`lishi qayd etilib, Onasi ochlik, yupunlikdasil kasali bilan o`lib ketgan misoli beriladi. Darhaqiqat, 20—30-yillarda o`lmoq harakatining sababi ifodalanganda bilan ko`makchisi ancha keng qo`llangan. Bu hol boshqa turkiy tillarga, xususan, qozoq tiliga xosligi ham ma`lum. Bu tilda o`zbek tilidagi bilan ko`makchisiga funktsional-semantik jihatdan ekvivalent bo`lgan -pen, -men grammatik vositalari sabab ma`nosi ifodalashi ko`rsatilgan. Bu hol bilan ko`makchili konstruktsiyalarning yuqorida ko`rsatilgan tiplari sabab ifodalashda boshqa turkiy tillarda ham keng ishlatilishidan dalolat beradi. Biroq o`zbek tilining keyingi taraqqiyoti jarayonida bunday birikmalarda sabab ma`nosini bilan ko`makchisi emas, chiqish kelishigi ifodalay boshladi. Bundan ko`rinadiki, ma`lum grammatik munosabat ifodalanishida sodir bo`ladigan o`zgarishlar juda sekinlik bilan bo`ladi. Bu jarayonning davom etishida avval qo`llangan grammatik vosita keyin amalga kira boshlagan grammatik vosita bilan parallel qo`llanaveradi. Bora-bora ulardan biri stabillashib, normatiy hodisa sifatida qabul qilinadi va ommaviy tarzda qo`llana boshlaydi. Yuqoridagi misollarda o`zbek tilining taraqqiyotida muayyan bir grammatyk munosabat vosita, sabab munosabati ifodalanishida ma`lum bir semantikali fe`llar analitik konstruktsiyalar hosil qilishdan sintetik konstruktsiyalar hosil qilishga qarab siljiganini ko`rish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling