O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
Otam ukamni kasalxonaga yotqizdi kabi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda 20—30-yillarda orttirma daraja formasidagi yotqizmoq fe`lining o`rin kelishigini boshqarishini bosh darajadagi yotmoq fe`lining boshqarishini xususiyatiga o`xshatish — analogiya asosida boshqarish deb baholash mumkin. 20—30-yillarga oid materiallarda majhul va birgalik darajadagi fe`lning boshqarish normasnning buzilish hollari kuzatiladi: Jurnalimizning har sonido doimo yozilishib turadurg`on to`rt kuchli qalam ko`rmaymiz; lekin kelgusida buning bo`lishig`o ishonamiz. Qiyoslang: jurnalimizning har sonida yozilishib turadigan ...kuchli qalam (egasi) –jurnalimizning har soniga yozib turadigan kuchli qalam (egasi). 1 Yakubova X. Zalogi v uzbekskom yazike v sopostavlenii s zalogami russkogo yazika. AKD. Tashkent 1954. 53 Bunday ham grammatik, ham stilistik, nuqsonlar bilan yozishni o`sha davrdagi ba`zi qalam egalarining til normalarini bilmasligi, savodxonlik saviyasining past bo`lganligi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotining keyingi etaplarida bu tipdagi kamchiliklarning uchramasligi tildagi normalashuv jarayonining yaxshi izga tushib ketganligidan dalolat beradi. E`tibor etmoq fe`lli birikma: Lekin ilgari yuzlab savodlik bo`lsa hozir minglab savodlik kishilarimiz maydondadir. Va xalq ichida savodsizlikni bitirish yo`lida juda katta e`tibor etadir. Hozirgi iorma nuqtai nazaridan, avvalo, bu qo`shma fe`l etmoq emas, bermoq fe`li yordamida yasaladi. Ikkinchidan, jo`nalish kelishigini boshqaradi; uchinchidan, y o ` l so`zi «ish», faoliyat» ma`sini anglatadi. Shu muloxazalarga muvofiq yuqoridagi konstruktsiya hozirgi adabiy til normasi talabiga javob beradigan konstruktsiyaga aylantirilsa quyidagicha ko`rinishga ega bo`ladi: hukumat savodsizlikni bitirish ishiga (yoki bitirishga) juda katta e`tibor beradi. Bundan ko`rinadiki, 20—30-yillarda e`tibor etmoq fe`li vostasida yasalgan birikma bir qator leksik-grammatik o`zgarishlarni boshidan kechirgandan so`ng hozirgi adabiy til normasiga javob beradigan shaklga keldi. Jalb qilmoq fe`lining 20—30-yillardagi konstruktiv xususiyatiga e`tibor beraylik: hukumati butun diqqatni shul dehqonchilik xo`jaligini ko`tarish yo`lida jalb qiladur. Bu fe`l o`rin kelishikli so`z (yo`lida)ni boshqarib kelyapti. Hozirgi kunda bu fe`l «tortmoq», «o`ziga tortmoq» ma`nosida jo`nalish formasini boshqaradi: Lektor tezda tinglovchilar diqqatini o`ziga jalb qildi. Jalb qilmoq fe`lining shu tipdagi birikma hosil qilishi normativ holdir. Bu konstruktsiyalardagi jalb qilmoq fe`lining ma`nosi va boshqaruv xususiyatlari farqli ekanini anglab olish qiyin emas. Birinchi konstruktsiyada jalb qilmoq fe`li «|qaratmoq» ma`nosini anglatadi. U hozirgi norma talabiga javob beradigan konstrukdiyaga 54 transformatsiya qilinsa, quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: ... hukumati butun diqqatni ... dehqonchilik xo`jalig`ini ko`tarish ishiga (yoki ko`tarishga) qaratd Ko`rinadiki, o`rnn kelishikli boshqaruv jo`nalish kelishikli boshqaruv bilan almashdi. Bu hol taraqqiyotning boshlang`ich etaplarida jalb etmoq fe`lining boshqaruv xususiyati uning hozirgi davrdagi boshqaruv xurusiyatidan ancha farqli bo`lganini ko`rsatadi. Hozirgi adabiy tilda birinchi tipli gaplarda jalb qilmoq fe`li «qaratmoq» ma`nosida qo`llanmaydi, shuningdek, o`rin kelishigini ham boshqarmaydi. U tortmoq, o`ziga tortmoq ma`nolarida jo`nalish formasini boshqarishi qat`iy norma tusini olgan. O`rin kelishikli birikmaning boshqa kelishikli birikmalarga funktsiyadosh qo`llaniish. Materialni o`rganish bunday qo`llanish nisbatan kam uchraydigan hodisa ekanligini ko`rsatdi. Shunday faktlarni ko`rib chiqamiz: 1. Davom qilmoq fe`li ish-harakatning to`xtatilmay, uzluksiz davom etkazilishi ma`nosini anglatganda, ish, faoliyat anglatuvchi otni yoki harakat nomini o`rin kelishigi formasida boshqaradi, to`g`ri ob`ekt ma`noli birikma hosil qiladi. Muhofaza bo`limi — oxranko (oxrannoe Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling