O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
b o r m o q fe`li ekanligi, konstruktsiya esa to`liq holda i n t e n s i v l a s h
y o ` l i d a n b o r i l y a p t i ko`riiishida bo`lishi kerakligi aniqlanadi. Xuddi shuningdek, T A S S t e l e t a y p l e n t a s i d a n s a r l a v h a s i ostida berilgan material « T A S S t e l e t a y p l e n t a s i d a n o l i n g a n x a b a r l a r » dan iborat ekani, ya`ni hokim fe`l vazifasida o l m o q fe`li qo`llanishi zarurligi ma`lum bo`ladi. Shunday qilib, sarlavha vazifasida kelgan sintaktik birlikning asl struktur-semantik xususiyati berilgan tekst mazmuni asosida aniqlanadi. Mana shu usulda chiqish kelishikli konstruktsiyalarning xokim komponenti vazifasidagi fe`l tiklangach, tekst mazmunan atributiv birikmalarga, ravishdosh oborotli gaplarga, shuningdek, boshqa tipdagi gaplarga mos kelishi aniqlanadi. Bunday bo`lishi bejiz emas, albatta. Bu konstruktsiyalar aslda o`zbek tilining sintaktik qurilishi qoidalariga asosan yuqorida aytilgan tilda shakllanishi kerak edi. Gazeta 46 sarlavhalarida ixchamlikka intilish, ortiqcha leksik elementlardan qochish yuqoridagi kabi leksik elementlari tejalgan, siqiq formadagi konstruktsiyalardan foydalanishga olib keldiki, bu xol o`zbek tilining sintaktik rivojlanishida yangi tendentsiyani aks ettiradi. To`plangan materialni o`rganish sarlavha funktsiyasidagi konstruktsiyalar leksik jihatdan to`la shakllanishi kerak bo`lgan konstruktsiyalarning qisqartirib ishlatilishi mahsuli ekanligini ko`rsatadi. Ular osonlikcha barcha konstruktiv elementlari mavjud bo`lgan holda tiklanishi mumkin. Sarlavha vazifasidagi konstruktsiyalar quyidagicha tipdagi birikma va gaplarning qisqaruvi, soddalashuvi natijasida hosil bo`lgan 1 . 1. Atributiv birikmalarning soddalashuvi natijasida hosil bo`lgan konstruktsiyalar: mamlakatlaridan yangiliklar, qit`alardan daraklar, xon atlasdan zamonaviy libos, teletayp lentasidan daraklar kabilar. Bu konstruktsiyalarning -gan formali sifatdosh bilan ifodalangan xokim komponenti tiklansa, ular tipik atributiv birikmalar ekanligi ma`lum bo`ladi: qit`alardan olingan daraklar, xonatlasdan tikilgan zamonaviy libos, teletayp lentasidan olingan xabarlar, mamlakatlaridan olingan yangiliklar kabi. 2. Ravishdosh oborotli gaplarning qisqarishidan horis bo`lgan konstruktsiyalar: eaqtdan o`zib, mukofotdan ruhlanib, ilg`orlardan o`rnak olib, Vatandan ayrilib kabilar. Bu tipdagi ravishdoshli birikmalar leksik grammatik jihatdan to`la-to`kis shakllangan gapda ifodalangan harakatning qay tarzda sodir bo`lganiki anglatadi, ya`ni tarz holi funktsiyasini bajaradi: Mukofotdan ruhlanib, kollektiv a`zolari mehnat unumdorligini yanada oishrdilar. Vaqtdan o`zib, tsex ishchilari yillik planni 8 oyda bajardilar kabi. 1 Akimova G.I. Novie yavleniya v sintaksicheskom stroe sovremennogo russkogo yazika. L., 1982. 47 3.Ba`zan chiqish kelishigidagi so`zni boshqaruvchi ravishdoshning tushib qolish hollari ham kuzatiladi: Otalar jasorati izidan, Ota izidan. Bu sarlavhalarning birinchisi ostida berilgan materialda otalar jasorati izidan borib Toshkentning 4-maktabida muzey tashkil qilishgani haqida, ikkinchisida esa ota izidan borib, u jang qilgan joylarda xizmat qilgan o`g`il haqida hikoya qilinadi. Har ikki holda borib ravishdoshi vositasida hosil qilinuvchi ravishdosh oborotda ravishdosh qisqarib, konstruktsiya soddalashib qo`llangani ko`rinadi. Bunday tipli konstruktsiyalarda qisqargan ravishdoshning qanday leksik ma`noli ekanini aniqlashda, uni tiklashda kontekst mazmuniga suyanish, undan kelib chiqish ayniqsa kuchli bo`ladi. Kontekst yordamisiz ota i z i d a n birikmasi mavhumlik kasb etadi, qanday ma`noli fe`l bilan birikishi kerakligi unga aniq bo`lmay qoladi. 4. To`laqonli gaplarning ega va kesimi tushirilishi natijasida hosil bo`lgan chiqish kelishikli birikmalar: texnika taraqqiyoti yo`lidan, muddatidan oldin, uch o`yindan nol` ochko, bunyodkorlik yo`lidan, poligrafiya chiqindilaridan kabi bunday sarlavhalar ostida berilgan material mazmunidan osonlikcha shu birikmalar ishtirok etuvchi gaplar tiklanishi mumkin: Zavod ishchilari texnika taraqqiyoti yo`lidan bormoqdalar; Planlar muddatidan oldin bajarildi; «Avtomobilist» komandasi uch o`yindan nol` ochko oldi, poligrafiya chiqindilaridan universal ximiyaviy birikmalarning dastlabki turkumi olindi kabi. Yuqoridagi misollar tahlilidan ko`rinadiki, gazeta sarlavhalari vazifasida qo`llangan konstruktsiyalar turli xil qisqartishlar hisobiga hosil qilinadi. Bunday qisqartishlar ba`zan maksimum darajada bo`lgani kuzatidadi: Redaktsiyadan: yuqoridagi fikr mulohaza- lardan ko`rinib turibdiki, o`nlab ming so`m sarflab tiklangan sport inshootlaridan foydalanilmayotganiga hech qanday ob`ektiv sabab yo`q. Chiqish formasidagi r e d a k t s i y a d a n so`zidan so`ng keltirilgan tekstdan ma`lum bo`ladiki, bu so`zdan oldin biz, undan so`ng izoh beramiz 48 bo`laklarini keltirish mumkin: Biz redaktsiyad a n izsh beramiz kabi. Bu holda gap to`la grammatik shakllangan bo`lardi. Bu misolda soddalashish shu darajada kuchli bo`lganki, bittagina chiqish formasidagy bo`lak — redaktsiyadan so`zining o`zi kontekst mazmuniga suyangan holda o`rin holi ma`nosini ifodalamoqda. Ma`lum bo`ladiki, soddalashgan konstruktsiyalarnnng tushirib qoldirilgan bo`laklari faqat kontekst vositasida tiklanadi. Bu tip konstruktsiyalar struktur-semantik xususiyatlarining kontekst bilan nihoyatda zich aloqa asosida namoyoi bo`lishi ularning faqat shunday koktekstual sharoit yaratilishi mumkin bo`lgan gazeta tilidagina yashay olishini, boshqacha aytganda, gazeta tiliga xoslanganini ko`rsatadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, sarlavha vazifasida qo`llanuvchi konstrukdiyalar bevosita rus tili publitsistik stilining ta`sirida shakllandi. Bunga rad etib bo`lmaydigan ko`plab mnsollar keltirish mumkin. Bu ta`sir, shubhasiz, ijobiy xarakterda bo`lib, o`zbek tili sintaktik qurilishining mukammallashishiga, siqiq formalarda keng mazmun ifodalanishiga olib keldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling