O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

xonimadon barbod bo`lib yuribmiz-u, bir ko`rishga etisholmagan przu-
armonimizni beshta so`m olib, sen jodugar Rustam- vokdek bir iflosga 
to`g`ri qilasan. 
Barbod bo`lmoq fe`lining «ayrilmoq» ma`nosi «yo`q bo`lmoq» 
ma`nosi asosida paydo bo`lgani ko`rinib turibdi. Hozirgi adabiy tilda 
barbod bo`lmoq fe`li bu ma`noda chiqish kelishigidagi so`zni 
boshqarmaydi. 
1
Karimov G`. Sovet davri o`zbek adabiy tili taraqqiyoti. Toshkent. Fan. 1985. 


42 
Bosh ko`tarmoq fe`li ham ma`no o`zgarishi asosida chiqish kelishikli 
birikma hosil qilgan. Quyida u «yetilib chiqqan» ma`nosida qo`llangan.
O`zbek tili taraqqiyotning dastlabki etaplarida chiqish kelishikli 
birikmalarning tobe komponenti vazifasida kelgan so`zlar ham leksik va 
morfologik jihatdan hozirgi normativ holatdan birmuncha farqli bo`lgani 
ko`zga tashlanadi. Masalan, sabab munosabatining chiqish formasida 
shakllangan -gan formali sifatdosh bilan ifodalanishi ma`lum. Bu davrda 
-gan o`rnida turkiy tillarning o`g`uz gruppasiga xos -diq formasi 
ishlatilgani uchraydi: 1912 yildan ilgari Turkistonda tatar qarindoshlar 
tarafidan teatru o`yinlar bo`lib tursa ham, tabiiy bizim Turkistonimizdan 
chetdaroq bir ruhda asarlar o`lduqdan yerli yoshlarni u darajada o`ziga 
jalb eta olmagan. Majbur o`ldig`indan ...dushmanning qoydo ekanini ham 
shunga o`xishash masofalarni bilishga uzunlikni o`lchashdi. Fe`l 
formasidagi bunday o`zgarish turk tilining ta`siri sifatida qaralishi 
mumkin, chunki o`sha davr maorifi sistemasi va matbuotida turk 
millatiga mansub bo`lgan kishilarning ishlagani ma`lum. 
Leksik vositalarda ham tanlanish davom etdi. Masalan, bu davrda 
qo`llangan qator, ich so`zlari o`rnida keyingi taraqqiyot davomida saf, 
ora so`zlari qo`llana boshladi: Ichlaridan birisi sekingina «o`z uyining 
xaritasini chizar ekan deya gapirib qo`yar. 
Chiqish kelishigi formasida shakllangan payt ma`nosini anglatuvchi 
har narsadan ilgari, har narsadan burun kabi birikmalar hozirgi paytda 
avvalo, birinchi navbatda kabi so`zlar bilan almashdi. Ular hammasidan 
oldin birikmasi bilan ham almashib qo`llanadi, lekin bu kamroq 
uchraydi: Har narsadan ilgari bolalarning qancho ko`z tikguchi, har ish 
va narsaga beriluchi ekanligini har kim biladir. Binobarin murabbiylar 
shu holni ko`z oldida tutsalar,har narsadan ilgari bir qonun va bir talay 
qoidalar chiqoro oladirlar. Buning uchun muallimlarning bu asosni hech 


43 
nazarlaridan uzoqlashtirmasdan har narsadan burun darsni yodlotish 
emas onglotish choralarini topishlari kerakdir. 
Nuqtai nazar izofasining birinchi so`zi ellipsisga uchrab, ikkinchi 
so`zi chiqish kelishigi formasida qo`llanishi kuzatiladi: Hindiston qonun 
asosini isloh qilish va buning uchun yolg`iz inglizlardan iborat komissiya 
tuzishka ham mana nazardan qorosh kerak. Bu tipdagi tarz ma`nosini 
ifodalovchi birikmalar hozirgi adabiy tilda leksik jihatdan to`liq 
shakllangan holda qo`llanadi: ...shu nuqtai nazardan qarash kerak kabi. 
Tobe komponentlari chiqish va jo`nalish kelishiklari formasida 
fakul`tativ holda shakllanuvchi «kundan kunga + fe`l (yoki sifat)» 
modelida reallashuvchi birikma hokim komponent anglatgan harakat
holat yoki belgining tobe komponent anglatgan vaqt ichida o`zgarganlik 
ma`nosini ifodalaydi. Aslda tojikcha ro`z ba, ro`z birikmasi modelida 
yasalib, o`zbek tilining o`z ichki boshqaruv qonuniyati asosida hozirgi 
kunda chiqish va jo`nalish formasida qo`llanuvchi kundan-kunga 
qo`shilmasi o`z taraqqiyot bosqichida turli qiyofada qo`llangani 
aniqlandi. Dastlab u ro`z ba ro`z qo`shilmasidagi grammatik vosita ba 
saqlangani holda ro`z ro`z so`z tarjima qilib qo`llangan: ...madaniyat 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling