O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
O`rin kelishikli birikmalar
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
1.4 O`rin kelishikli birikmalar.
O`rin kelishikli birikmalar ilmiy adabiyotlarda o`rin kelishigi chiqish va jo`nalish kelishigiga zid ravishda harakatni emas, uning mavjud emasligini ifodalashi, harakat sodir bo`ladigan ob`ektni yoki shaxs, predmetning o`rnini ko`rsatishga xizmat qilishi, o`rin kelishigi affiksi qo`shiladigan so`zning ma`nosiga bog`liq ravishda turli xil boshqa munosabatlar ham ifodalashi mumkinligi ,aytiladi 1 . Biz to`plam gap material analizi bu kelishikli birikmalar vositasida sabab, maqsad, tarz, vosita ma`nolari ham ifodalanishi mumkinligini ko`rsatdi. 2 O`zbek tilining taraqqiyoti jarayonida bu kelishikning ko`rsatilgan ma`nolarni ifodalashida jiddiy o`zgarishlar bo`lmadi. Asosiy o`zgarishlar fe`l boshqaruvi, tobe so`zning leksik tanlanishi, ba`zi xokim komponent vazifasidagi fe`lning boshqz\a sinonim fe`l bilan almashuvi, o`rin kelishigi affiksining ortiqcha qo`llanishi yoki noo`rin tushirilib qoldirilishi kabi hodisalar bilan bog`lanadi. O`rin kelishikli birikmaning jo`nalish kelishikli birikmaga funktsiyadosh qo`llanishi. O`rin kelishigining jo`nalish kelishigi funktsiyasida kelishi 20—30-yillarda ancha keng tarqalgan xodisadir. Hozirgi adabiy til nuqtai nazaridan jo`nalish kelishigini boshqarib, harakatning qayerga yo`nalganligini anglatuvchi o`rin holi ma`noli birikma yasovchi ba`zi fe`llar ko`rsatilgan davrda o`rin kelishikli birikmalar hosil qilgan. Bular qatoriga kelmoq, qo`ymoq, aralashmoq, yotqizmoq, o`rnash.tirmoq, yozmoq kabi harakat fe`llari, jalb qilmoq, e`tibor qilmoq kabi abstrakt ma`noli fe`llar kiradi. Misollar: Yo`lda 1 Kononov A.N. Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika. M. L., 1960 2 Amirova A. Obstoyatel`stva prichini i tseli v sovremennom uzbekskom literaturnom yazike. Samarkand. 1967. 50 begona kishilar uchrab bir shi bo`lmasa, xuddi bunda keladila A. Avloniy asarlarida bu fe`lning o`rin kelishigini boshqarishi ko`p uchraydi: M u n d a k e l m o q d a n maqsadingiz nima? (Advokatlik osonmu?) Emdi m u n d a k e l i b , bu xurofotga botg`on, churig`on turmushi ichida o`ralib qoldim. (Advokatlik asonmu?) Emdi munda kelib, bu xurofotga bog`on, turmushi ichida o`ralib qoldim. Munda nimaga keldingiz? (Advokotlik osonmu?). Shuni aytish kerakki, munda, bunda formalari aslda «aniqlovchi- aniqlanmish» modelida yasalgan bu yerda birikmasining qisqarishi natijasida hosil bo`lgan. Hozirgi adabiy tilda kelmoq fe`li bu yer birikmasini qisqargan variantda emas, asl, to`liq holda boshqaradi: Bu yerga nega kelding kabi. Kelmoq fe`li aslda harakatning biror nuqtadan boshlanib, boshqa nuqtaga yo`lanishi ma`nosini anglatadi. Shu ma`noda u sub`ekt va ikki o`rin holi valentligiga ega bo`ladi. Fe`lga qo`yiladigan kim? qayerdan? qayerga? so`roqlari uning qanday bo`laklar bilan yoyilishi kerakligini, grammatik jihatdan qanday ma`noli bo`lishini ko`rsatib turadi. Biroq ko`p hollarda nutqiy vaziyat taqozosi bilan harakatning boshlanish o`rnini ko`rsatishga zarurat tug`ilmaydi. Shuning uchun uni ifodalovchi chiqish kelishigidagi so`z o`z ifodasini topmaydi. Aks holda bu bo`lak reallashadi. Qiyoslang: Qani, sho pochcha, gapur! M u n d a nima uchun kelding (A. Avloniy. Advokatlik osonmu?). Shahardan bu yerga qanday etib kelganimni bilmayman (Q. q.). Old so`zini jo`nalish formasida boshqarishi kerak bo`lgan qo`ymoq fe`li bu so`zni o`rin kelishigi formasida boshqargan: Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling