O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
Payt ma`nosini anglatuvchi chog` so`zining o`rin kelishigida
qo`llanish hollari ko`p uchraydi. Bunday konstruktsiyada chog` so`zini uning sinonimi payt yoki vaqt so`zlari bilan oddiy almashtirib bo`lmaydi, bunga stilistik g`alizlik monelik qiladi. Qiyoslang: ...o`z so`zini tamomlay olmog`on bir choqda/ ...tamomlay olmog`on bir paytda kabi. O`rin kelishigini boshqaruvchi fe`llarning daraja formalarida qo`llanish normalari xam ba`zi o`zgarishlarga uchradi. Hozirgi norma bo`yicha bunday birikma majhul daraja formasidagi fe`l vositasida hosil qilishmaydi, orttirma va majhul darajada affikslari ishtirokida yasalgan forma vositasida hosil qilinadi: ...turkiy oylar...xalq tilida ishlatilib keladi kabi. O`rin kelishikli birikmalar taraqqiyotidagi o`zgarishlardan biri grammatik vositalarning ortiqcha qo`llanishi hodisasi bilan bog`lanadi. Hozirgi adabiy | til normasi bo`yicha o`rin kelishigi formasi qo`llanishi ortiqcha hisoblangan holatlar 20—30-yillarda ancha uchraydi. Bu konstruktsiyalarda o`rin kelishigi formasidagi so`zlar payt munosabatini ifodalovchi konstruktsiyalar hosil qilishda ishtirok etgan. Ular aslda, tarixan payt ma`nosini anglatuvchi payt, vaqt, zamon, kun 57 kabi so`zlar bilan «aniqlovchi + anmqlanmish» modelida birikib, atributiv birikma hosil qilganlar. Bu so`zlar sifat yasovchi - g i affiksi bilan shakllangan holda qo`llangan bo`lishi haqiqatga ancha yaqin: ilgarigi vaqt (payt), endigi vaqt (payt), hozirgi kun, dastlabki payt, kabi. Payt munosabatini ifodalovchi konstruktsiyalarda o`rin kelishigi affiksi atributiv birikmaga yaxlitligicha qo`shilib, endigi kunda + fe`l, ilgarigigi zamonda + fe`l, dastlabki vaqtda + fe`l modelida ishlatilgan. Til taraqqiyotining keyingi etaplarida sintaktik soddalashishga uchrash natijasida bu til birliklarida aniqlanmish komponent — kun, zamon, vaqt, payt so`zlari tushirib qoldira boshlandi, ularga qo`shiladigan o`rin kelishigi formasi aniqlovchi komponentga qo`shiladigan bo`ldi. Bunda aniqlanmish komponent vazifasidagi endigi, hozirgi so`zlarida -gi yasovchisining tushirib qoldirilishi yana o`sha til vositalarining tejalishi qoidasiga muvofiq qisqarib, -da affiksi bevosita birlamchi formadagi - endi, hozir, ilgari kabi) so`zlarga qo`shilib ishlatila boshlagan. 20—30- yillarda kuzatiladigan endi, hozir, dastlab so`zlarining o`rin kelishigi formasida qo`llanishi mana shu protsessni aks ettiradi. Atributiv modelida bo`lgan ba`zi so`z birikmalarining sintaktik soddalashuvi leksikalizatsiya jarayoni bilan bogliq bo`lgan, ya`ni birikma mustaqil leksik birlik xususiyatini kasb etgan. Bunga bunda, hozirda so`zlari yaxshi misol bo`la oladi. Bunda ravishi aslida bu o`rinda, hozirda ravishi hozirgi vaqtda (paytda) atributiv birikmalarining soddalashuvi va leksikalizatsiyalashuvi oqibatida paydo bo`lgan. .Til taraqqiyotining keyingi etaplarida, ilgarida, dastlabda kabi so`zlarning payt ma`nosini ifodalashda o`rin kelishigi formasida qo`llanishiga chek qo`yildi, chunki grammatik formalarni qo`llash normalarining silliqlashib, takomillashib borishi ortiqcha ekanligi aniq sezilib qolgan o`rin kelishigining qo`llanilmasligini taqozo etardi. 58 Shu bilan birga, 20—30-yillarda hozirgi adabiy norma nuqtai nazaridan qo`llanilishi zaruriy bo`lgan hollarda o`rin kelishigi formasining tushib qolishi — n o o ` r i n ellipsisga uchrashi kuzatiladi: O`tgan kunlar davlat nashriyotidan kimlar xafa bo`lmadi, markazdagina emas, mahallalarda ham so`kuvchilar ko`p bo`ldi. Payt munosabati ifodalanuvchi bunday birikma hozirgi kunda albatta o`rin kelishigi formasini olgan holda shakllanadi: O`tgan kunlarda kimlar xafa bo`lmadi kabi. Hozirgi adabiy til normasi bo`yicha tarz ma`nosini ifodalovchi bo`lak albatta o`rin kelishigi formasida shakllanadi. Shunday qilib, o`rin kelishikli konstruktsiyalar taraqqiyotida ortiqchalik (izbitochnost`) va noo`rin ellipsislardan qutulib bordi, bu hol o`zbek tili sintaktik qurilishi takomillashishi, normalashuvi protsessining tarkibiy qismini tashkil etadi. O`rin kelishikli konstruktsiyalarda hol munosabati ham ifodalanadi. 20—30-yillar materiallarida tarz holining ifodalanishi hozirgi kundagidan farqlanishi kuzatiladi. Bu yillarda tarz ma`nosiniig «aniqlovchi so`z + ravishda + fe`l» modelida ifodalanishi ayniqsa keng tarqalgan. Hozirgi adabiy tilda bu xil qo`llanishlar deyarli barham topdi. O`rin kelishigi formasi maqsad munosabatini ifodalashga ham xizmat qiladi. Bu munosabat shu formada maqsad, niyat, qasd, so`zlari qo`llanganda ayniqsa yaqqol ifodalanadi. O`rin kelishigi maqsad so`ziga qo`shilganda «birgalik» ob`ekti ma`nosi ifodalanadi degan fikrga qo`shilib bo`lmaydi. Maqsad so`zi ishtirokida tuzilgan birikmalar ayniqsa 20— 30-yillar tiliga xos edi. Davrining keyingi taraqqiyotida maqsadida formasi stilistik chegaralanishga uchraydi. U hozirgi davrda asosan rasmiy ish, publitsistik stillarda yoki personaj nutqida tarixiy davr koloritini berish uchun qo`llanadi: B i r vaqt bu idorada bir islohot bo`lurmikan maqsadida nashriyot mudirining muovinlig`ig`o 59 mahmadanalarning koruli bo`lg`on Salohitdin jikkak (muftizoda) degan bir kishinikiritildi. G`amanduhli keng sahroda torqotmoq va shu bahona bilan murid ovlamoqsdida sayohatga chiqdi. Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling