Har bir ulug‘ adib va san’atkorning hayot yo‘li faqat uning shaxsiy faoliyati, umri va taqdirinigina emas, balki u mansub bo‘lgan millat, yashagan zamonni ham aks ettiradi. Abdulhamid Cho‘lponning hayoti va ijodi bunga yorqin misoldir. - Har bir ulug‘ adib va san’atkorning hayot yo‘li faqat uning shaxsiy faoliyati, umri va taqdirinigina emas, balki u mansub bo‘lgan millat, yashagan zamonni ham aks ettiradi. Abdulhamid Cho‘lponning hayoti va ijodi bunga yorqin misoldir.
- Ma’lumki, Cho‘lpon «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» kabi taxalluslar bilan ijod qilgan.
- O‘tgan asrning 20-yillarida Cho‘lpon sermahsul shoir sifatida e’tiborga tushadi va she’riy to‘plamlari ketma-ket nashr etiladi. Ayniqsa, «Uyg‘onish» (1922), «Buloqlar» (1922), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) majmualarini o‘quvchilar sevib mutolaa qilishgani haqida manbalarda ta’kidlanadi. Bundan tashqari, nasriy asarlari orasida «Do‘xtur Muhammadiyor», «Qor qo‘yinida lola» hikoyalari, «Yov» qissasi, «Kecha va kunduz» romanining «Kecha» qismi diqqatga sazovordir.
- Andijon davlat tibbiyot instituti
- 1955 yilda asos solingan
- Uz | Ru | En
- «Adabiyot yashasa- millat yashaydi. »
- 10:57 27.03.2021
- Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqimizning ma’naviy yuksalish yo‘lidagi imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatda ma’rifatparvar ziyolilarning, xususan, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon ijodini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning qarashlaridagi ozodlik, istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi yuksak g‘oyalarni o‘rganish Cho‘lponning ma’naviy olamini to‘laqonli yoritish imkonini beradi.
- Cho‘lpon o‘tgan asrning boshlarida o‘zbek sovet adabiyotida birinchilardan bo‘lib, barmoq vaznida jozibali she’rlar, qo‘shiqlar yaratgan badiiy so‘z ustasi hisoblanadi. Biroq, uning ijodini faqat poeziya bilan chegaralash mumkin emas. U bir vaqtning o‘zida ham shoir, ham dramaturg, ham yozuvchi, ham san’atshunos, ham adabiyotshunos hamda zukko tanqidchi sifatida ham ijod qildi. Shu ma’noda bugungi ma’naviy yangilanish jarayoni Abdulhamid Cho‘lponning g‘oyaviy-badiiy ijodini o‘rganishni taqazo etmoqda.
- Abdulhamid Cho‘lponning badiiy ijodi xalqni ma’rifatli qilish, badiiy dunyoqarashini boyitish, go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, milliy o‘zligini anglashni ifoda etadi va bularni inson kamoloti, xalq hayoti va jamiyat ma’naviy yuksalishida dolzarbdir.
- Har bir ulug‘ adib va san’atkorning hayot yo‘li faqat uning shaxsiy faoliyati, umri va taqdirinigina emas, balki u mansub bo‘lgan millat, yashagan zamonni ham aks ettiradi. Abdulhamid Cho‘lponning hayoti va ijodi bunga yorqin misoldir.
- Ma’lumki, Cho‘lpon «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» kabi taxalluslar bilan ijod qilgan.
- O‘tgan asrning 20-yillarida Cho‘lpon sermahsul shoir sifatida e’tiborga tushadi va she’riy to‘plamlari ketma-ket nashr etiladi. Ayniqsa, «Uyg‘onish» (1922), «Buloqlar» (1922), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) majmualarini o‘quvchilar sevib mutolaa qilishgani haqida manbalarda ta’kidlanadi. Bundan tashqari, nasriy asarlari orasida «Do‘xtur Muhammadiyor», «Qor qo‘yinida lola» hikoyalari, «Yov» qissasi, «Kecha va kunduz» romanining «Kecha» qismi diqqatga sazovordir.
- Cho‘lpon ilk ijodiy pillapoyalarida yer va el (vatan va millat)ning abadiy aloqadorligi, birligi masalasini tarannum etdi. Buning uchun u qanday va qaysi yo‘l bilan Vatan va millat uyg‘unligini ko‘tarish va kuylash mumkin, degan savol ichida fikrladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |