O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili kafedrasi
Download 434.5 Kb.
|
EGASI ANIQ GAPLAR USLUBIYAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilaman . – Bilsang raykommoldan meni tavsiya qilasan
Saidiy boshini ko‘tarib SHarifga ko‘zi tushdi va go‘yo kelganini bilmaganday:
– e, keling...– dedi va ko‘zini ishqab o‘rnidan turdi. – SHartlari menga to‘g‘ri keladi!– dedi ehson, xuddi shu fakul’tetni bitirib hozir qo‘liga diplom olganday sevinib, – SHarif, hamma sharti to‘g‘ri keladi. – Bilaman. – Bilsang raykommoldan meni tavsiya qilasan! ehson qora tunuka choynakni. ko‘tarib, yugurganicha choyga ketdi (A.Qahhor). Bosh bo‘lagi buyruq maylidagi fe`l bilan ifodalanganda ham egani qo‘llashga hojat qolmaydi. Talabalarga qarata Sizga bir gap aytmoqchiman, e`tibor bering deyilganda e`tibor bering jumlasini, siz e`tibor bering tarzida qo‘llash mumkin. Bu grammatik jihatdan xato bo‘lmaydi, ammo stilistik g‘alizlik paydo bo‘ladi. Ham o‘rinsiz takrorga, ham o‘rinsiz ta`kidga yo‘l qo‘yiladi. Buning ustiga bir tarkibli gapning aytilishidagi shiddat, buyruq ohangi yo‘qoladi va uning o‘rnini iltimos, maslahat mazmuni egallaydi. Binobarin, gapni ikki tarkibli tarzda shakllantirish ko‘zlangan maqsadga olib kelmaydi. Avvalgi gaplarda qo‘llangan ega ortiqchalikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida keyingi gaplarda takrorlanmaydi va bu ham bir tarkibli gaplarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi: – Bu qiz yashnab turgan cho‘g‘, – dedi Saidiy yotar mahalida,– men unga yaqindan tutilgan doka: yopib ham ketmayman, omon ham qolmayman, faqat sarg‘ayaman. Sarg‘aya-sarg‘aya axiri yonmasdan tamom bo‘laman (A.Qahhor). Eganing oldingi gapda qo‘llanganligi keyingi gapda uni takrorlashdan qutqaradi va natijada bilan tarkibli gap hosil bo‘ladi: – Oxunboboev suratlariga hech ham o‘xshamas ekanlar, – dedi Xadicha xola. Obidjon unga qo‘shilmadi: – Nega, o‘xshaydilar-ku, – dedi. – YUzlari o‘xshasa ham o‘zlari o‘xshamas ekanlar. Majlis qiladilar, va`z aytadilar deyishdi. Hammamiz bordik. Majlis ham qilmadilar, va`z ham aytmadilar; kolxozni yaxshi qilish to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib bir soatcha gapirdilar-u, keyin boshqalardan gap so‘radilar. Hamma gapirdi. (A.Qahhor). Bir tarkibli gaplarning shaxsi aniq tipining yana bir xususiyati uning tarkibida undalmalarning ishtirok etishidir. Undalmalar ham gapning bir tarkibli holatga kelishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri hisoblanadi: Download 434.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling