O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili kafedrasi


Download 434.5 Kb.
bet3/8
Sana24.01.2023
Hajmi434.5 Kb.
#1117767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EGASI ANIQ GAPLAR USLUBIYAT

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Sobir
CHoy ichildi, ovqat eyildi gaplari esa shaxsi noaniq gap, ammo ular bir tarkibli. Aslida bu erda gap CHoy odamlar tomonidan ichildi, ovqat odamlar tomonidan eyildi tarzida tuzilishi kerak edi. Ammo o‘zbek tilida hech kim bunday deb gapirmaydi. Bu nutqiy madaniyat me`yorining buzilishi sifatida qaraladi. Bu erda nutqiy madaniyat talab qiladigan fikrni ixcham ifoda etish zarurati gapning qisqaruviga sabab bo‘lgan. CHoy odamlar tomonidan ichildi – choy ichildi ga, ovqat odamlar tomonidan eyildi esa ovqat eyildi ga aylangan.
I.Rasulov harakatni bajaruvchi shaxsning noaniq bo‘lishi sodda gaplarning har ikki turi – bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ham taalluqli ekanligi hamda gap mazmunidagi shaxs noaniqligi egasiz gaplar tasnifiga o‘lchov bo‘lolmasligini aytadi.
SHaxsning aniq-noaniq hamda umumlashgan bo‘lishi faqat bir sostavli gaplar uchun xarakterli bo‘lmay, ikki sostavli gaplar uchun ham xarakterli ekanligi, bajaruvchi shaxs-sub`ektning logik kategoriya ekanligi hisobga olinsa, bir sostavli gaplarning struktura asosi ega yoki kesim ekanligi tan olinsa, struktura asosi kesim bo‘lgan bir sostavli gaplarda kesimlik tabiati, ya`ni unda egani topish mumkin yoki mumkin emasligi bu tip gaplarning xarakterli belgisi deb qayd qilinsa, umuman, shaxs termini o‘rnida ega terminini qo‘llash o‘zbek tili sintaktik qurilishining tabiatiga xos keladi deb hisoblanadi.
Bir sostavli gaplarning klassifikatsiyasi uchun asos bo‘lgan aniqlik, noaniqlik, shaxs umumiyligi kabi belgilar ikki sostavli gaplar uchun ham, bir sostavli gaplar uchun ham umumiy ekanligi, shaxs terminining ko‘p ma`noda qo‘llanayotganligi, sub`ekt bilan ega tushunchasining teng emasligi, turkiy tillar
uchun, jumladan o‘zbek tili uchun rus tilidagidek shaxssiz fe`l, shaxssiz gap xos emasligi hisobga olinsa, o‘zbek tilida shaxs tasavvuri bu tip gaplar uchun asosiy belgi bo‘lmay, qo‘shimcha belgilardan bo‘lib qoladi.33 (98)
Masalan, shaxssiz deb nomlanayotgan gaplarda ifoda qilingan harakatning bajaruvchisi haqida gap borganda, umuman, inson ko‘zda tutiladi. Nominativ gaplarda esa predmet yoki belgining mavjudligi qayd qilinadi. Predmet mavjudligining mana shu maksimal umumlashgan xarakteri ikkinchi komponentining ifodalanmasligi uchun sharoit tug‘diradi. Bunda ifoda qilingan fikr komponentlarining aniq ajralmaganligi bir tarkibli gaplarning boshqa tiplariga qaraganda kuchli bo‘ladi.
O‘zida ifoda qilingan fikrning xarakteri bilan shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan deb ataluvchi gaplar ikki tarkibli gaplarning boshqa tiplariga qaraganda yaqinroq turadi. Bularda hukm predmetining ifodalanmay qolishi ularda ifoda qilingan fikrning o‘ziga xos tomonini tashkil qiladi.
«Bir sostavli gaplar nutqda qo‘llanish jihatidan ham o‘ziga xos belgilarga ega. Bu ko‘proq bir sostavli gaplarning shaxsi aniq tipining kesimi buyruq maylining ikkinchi shaxs formasi bilan ifodalangan turi uchun aloqadordir. Bunda ega qonuniy qo‘llanmaydi. SHaxsi aniq gaplarning bu tipida sub`ekt konkret situatsiya bilan bog‘liq holda doimo mavjud bo‘ladi. Buni, ayniqsa, undalmali gaplarda tez payqash mumkin. Nominativ gaplarning bir sostavliligi ham kontekstga xos maxsus sharoit bilan bog‘liq».34
SHaxsi aniq gaplar nazariyasiga oid o‘zbek tilshunosligidagi ayrim
qarashlarni o‘rganib chiqqanimizda shu narsa ma`lum bo‘ldiki, bir tarkibli gaplarning ushbu turi nutq jarayonida eng faol qo‘llaniladigan sodda gap turlaridan biridir. Uni o‘zbek tili funktsional uslublarining barchasida uchratishimiz mumkin, ammo asosan so‘zlashuv, badiiy-publitsistik uslublarda faolligi bilan ajralib turadi.
Bu esa uning o‘ziga xos bo‘lgan ifoda imkoniyatlari, qulay va afzal tomonlari, nutqiy muloqot jarayonda anglatishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma`no ottenkalari bilan bog‘liq.
Bir tarkibli gaplarni ikki tarkibli gaplardan farqlash tamoyili shaxsi aniq gaplarga nisbatan ham amal qiladi. egasiz gaplar, egasiz gaplarning egasi topiladigan gaplar guruhiga kiradigan shaxsi aniq gaplarning farqlanishida ham gaplarning struktural asosi o‘lchov vazifasini o‘taydi. Gaplarning bu tipida ham, boshqa egasiz gaplardagi singari gapning egasi ifodalanmaydi. Predikativlik vazifasini gapning kesim tarkibi o‘z zimmasiga oladi. Ilmiy til bilan aytganda, gapning bosh bo‘lagi faqat kesimdan iborat bo‘ladi.
SHaxsi aniq gaplar bosh bo‘lagining ifodalanish yo‘llarini I.Rasulov o‘zining «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar» asarida quyidagicha tarzda ko‘rsatib o‘tgan edi: 1.Aniqlik mayli shaklidagi fe`llar bilan: aniq o‘tgan zamon shakli (1- va 2-shaxs birlik, 1-, 2- va 3-shaxs ko‘plik); o‘tgan zamon hikoya fe`li shakllari (1-shaxs birlik, 1-, 2- va 3-shaxs ko‘plik); uzoq o‘tgan zamon shakllari, o‘tgan zamon davom fe`li shakli; hozirgi zamon shakllari; hozirgi-kelasi zamon fe`l shakllari (1-, 2- va 3- shaxs birlik, 1-, 2- va 3-shaxs ko‘plik); kelasi zamon fe`l shakllari (maqsad, gumon); 2.Buyruq-istak mayl shakllari bilan (1-, 2-shaxs birlik va ko‘plik); 3.SHart-istak mayli shakllari (1-, 2-shaxs birlik va ko‘plik, 3-shaxs ko‘plik); 4. Fe`l bo‘lmagan so‘zlarning kesimlik qo‘shimchasini olib kesim bo‘lib kelishi bilan. Masalan, kesimni ifodalaydigan birlik sifatida fe`lning o‘tgan zamon shakli (boribman, kelibman, debman), 1-shaxs ko‘plik yoki birlik shakli (faqat ro‘zg‘orni debmiz, bir yoqqa chiqishni ham bilmabmiz - faqat ro‘zg‘orni debman, bir yoqqa chiqishni ham bilmabman), 2-shaxs ko‘plik shakli (O‘zbekning palovini emabsiz, bu dunyoga kelmabsiz) va boshqa bir qator fe`l shakllari qo‘llaniladi.
SHaxsi aniq gaplarning bu ko‘rinishlari gapning nafaqat muayyan bir shakllari sifatida namoyon bo‘ladi, ayni paytda, ifoda usullariga ko‘ra ma`lum stilistik ottenkalarini ham namoyon etadi.

Mana shuning uchun ham tilshunoslikda ularning grammatik xususiyatlariniga emas, balki stilistik jihatlarini ham o‘rganish bir tarkibli gaplar haqidagi tasavvurimizni kengaytirishga xizmat qiladi.


Buning muayyan sabalari bor, albatta. Nutqda biron bir til elementi bekorga qo‘llanilmagani kabi, uning katta birligi sanaladigan biron bir gap ham ma`lum ko‘rinishda shakllantirilmaydi. Bu mulohazalar bevosita sodda gaplarning bir tarkibli va ikki tarkibli ko‘rinishlariga ham tegishlidir.
Boshqacha aytganda, sodda gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra bir, ammo shaklan bir-biridan farq qiladigan ko‘rinishlari nutqda bekordan bekorda ikki xil tarzda namoyon bo‘lmaydi. Sodda gaplarning bu turlarini stilistik aspektda tahlil qilish ulardagi ifoda farqlari nimalardan iborat ekanligini aniqlashimizga yordam beradi.
Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, shaxsning aniqligi sodda gapning har ikki turi – bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ham tegishli. Masalan, Sen nimalar deyapsan, bolam – Nimalar deyapsan, bolam gaplarining har ikkalasi ham shaxsi, ya`ni grammatik egasi aniq gaplar sanaladi. Ammo grammatik egasi mavjud bo‘lgan gaplarga nisbatan bu atama qo‘llanilmaydi. CHunki bu narsa o‘z-o‘zidan ma`lum. U faqat grammatik jihatdan qo‘llanmagan holatlarga nisbatan, ya`ni ega grammatik jihatdan shakllanmagan gaplarga nisbatan qo‘llaniladi va shu bilan u bir tarkibli gaplarning alohida turini bildirib turadi.
SHaxsi aniq gaplar ega qo‘llanilmayotgan ekan, uning ma`lum sabablari bo‘lishi kerak. Ushbu savolga javob izlash davomida shu narsani angladikki, eganing gapda ifodalanmaslik sabablari bor va bu sabablar faqatgina grammatik ma`no doirasi bilan chegaralanmaydi, balki insonlar muloqotining murakkab jarayonlarini o‘zida aks ettiradigan stilistik ottenkalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Ana shu sabablardan biri tildagi tejamkorlik tamoyilining nutqiy jarayonga bo‘lgan ta`siridir. Kishilarning muloqot jarayonida oz so‘zlardan foydalanishga, fikrini qisqa tarzda ifodalashga intilishi tabiiy jarayondir. Tilning iste`molichisi nutqiy ifodani yuzaga chiqarishda tilda mavjud bo‘lgan birliklarning to‘g‘ri kelganini emas, balki nutqiy vaziyat taqozo etadigan eng zarur birliklarni, fikr-
mulohazani aniq, qisqa, lo‘nda qilib suhbatdoshiga yoki tinglovchisiga etkazib beradigan birliklardangina foydalanadi. Tildagi tejamkorlik tamoyili ana shuni taqozo etadi va mumkin qadar nutqda ortiqchalikka o‘rin qoldirmaydi. «Qisqaruv natijasida, - deb yozadi J.Eltazarov. – til birliklarining tarkibidagi komponentlar tushib qoladi, vujudga kelgan shakl boshlang‘ich formaga struktura jihatdan mos kelmaydi, uning qisqargan muqobiliga aylanadi. Qisqargan shakl boshlang‘ich shaklning funktsiyasini to‘la bajarishi mumkin (to‘la ekvivalentlik), ba`zi hollarda u bu funktsiyani bajara olmaydi va ekvivalentlik buzilishi mumkin. Bunday hollarda qisqaruvga uchragan so‘zshakl yoki so‘zda yuz bergan struktural o‘zgarishlar uning semantik-stilistik ma`nosiga ta`sir o‘tkazganidan dalolat beradi».35

Darhaqiqat, ikki tarkibli gaplarning struktural jihatdan bir tarkibli gaplarga aylanishining sabablaridan biri tejamkorlik va nutqdagi qisqaruv tamoyilidir. Men kitobni zo‘r qiziqish bilan o‘qidim degan gapdagi fikr Kitobni zo‘r qiziqish bilan o‘qidim gapidan ham anglashilaveradi. Bu gaplarning ma`nosida ma`lum bir stilistik farqlar bo‘lishidan qat`iy nazar, ularning mazmuni bir xil.


Ammo bu o‘rin almashishlarga hamma vaqt ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. YUqoridagi gapni biroz o‘zgargan holda keltiramiz: Sobir kitobni zo‘r qiziqish bilan o‘qidi - U kitobni zo‘r qiziqish bilan o‘qidi - Kitobni zo‘r qiziqish bilan o‘qidi. Har uch holatda ham ifodada mantiqsizlik ro‘y bergan emas. Birinchi ikki tarkibli gapda su`bekt grammatik jihatdan aniq ifoda etilgan, ish-harakatni bajargan shaxs aniq ma`lum bo‘lib turibdi. Ikkinchi gap ham ikki tarkibli. Lekin unda grammatik ega aniq, ammo harakatni bajarayotgan sub`ekt aniq emas, u faqat so‘zlovchigagina ma`lum bo‘lishi mumkin. Uchinchi gapda grammatik ega ham, grammatik sub`ekt ham ifodalanmaganligi gapning ifoda planini o‘zgartirib yuborgan. Garchi gapdagi harakat bajarilgan bo‘lsa ham, uning bajaruvchisi noaniqdir. Ma`lum bo‘ladiki, eganing ifodalanmasligi gapning ifoda tarziga jiddiy ta`sir ko‘rsatib, har uch holatda uch xil mazmunni anglash mumkin bo‘layapti.
Demak, har qanday ikki tarkibli gapni bir tarkibli gaplarga aylantirish ifoda mazmuni planida maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. YAna boshqacha aytadigan bo‘lsak, bu gaplarning biri ikkinchisining o‘rnini hamma vaqt ham bosavermaydi.
Ikki tarkibli gaplarning bir tarkibli gaplar tarzida ifoda etilishining navbatdagi sababi gapdagi eganing bajarayotgan vazifasini kesimdagi shaxs-son ko‘rsatkichi o‘z zimmasiga oladi: Men ertalab yo‘lga chiqdim - ertalab yo‘lga chiqdim. Bu kabi gaplarda shaxs olmoshlarining qo‘llanilmasligi ilmiy adabiyotlarda shaxsi aniq gaplarning asosiy belgilaridan biri sifatida qaraladi.
Birinchi va ikkinchi sabablar o‘rtasida jiddiy farqlar ko‘rinmaydi. Aslida kesimdagi shaxs-son ko‘rsatkichi egani anglatish vazifasini o‘z zimmasiga olgani uchun ham ega qisqaruvga yuz tutadi.
Ammo bu o‘rinda bir stilistik holatni e`tibordan chetda qoldira olmaymiz. Mazmunan bir xil bo‘lgan Men ertalab yo‘lga chiqdim - ertalab yo‘lga chiqdim gaplari tasviriylik nuqtai nazaridan bir xil qiymatda emas. Ikki tarkibli gapning tasviriylik imkoniyati bir tarkibli gapdagiga qaraganda kuchli. Unda ifodalangan ega – men faqat grammatik vazifani ado etayotgani yo‘q, ayni paytda, u harakatning bajaruvchisini ta`kidlab ko‘rsatayotgan vosita hamdir.
Bir tarkibli gaplar yuzaga kelishining navbatdagi sababi tildagi tejamkorlik talabi bilan emas, balki nutqiy ortiqchalik tamoyili bilan bog‘liq. Tilshunoslikda ortiqchalik tamoyilining tavsifi biz bu o‘rinda nazarda tutayotgan ortiqchalikdan boshqacharoq tarzda izohlanadi: «Kishilarning kommunikatsiya jarayonida tejamkorlikka intilishi tabiiy, til birliklarini ortiqcha qo‘llashda ham ma`lum bir maqsad ko‘zda tutiladi. Ortiqchalik nutq jarayonida turli sabablar tufayli yuzaga keladi. Tilshunoslikda ortiqchalik hodisasi tejamkorlikka erishilmagan, unga qarshi turuvchi harakat sifatida baholanadi. Lisoniy ortiqchalik tildagi ortiqcha yuk emas, balki til taraqqiyoti, til evolyutsiyasi uchun xizmat qiladigan zaruriy omillardan hisoblanadi. Bu tamoyil axborotni aniq va to‘liq ifodalash, uning yanglish
tushunilishiga imkon bermaslik natijalaridan tashqari tasviriylik va ifodalilik uchun xizmat qiladi».
F.Ibragimovaning ushbu mulohazalarida ortiqchalik nutqdagi alohida tamoyil, nutqning muhim bir unsuri sifatida talqin qilingan. Ammo biz e`tiborimizni bu o‘rinda ortiqchalik tamoyilining boshqa bir jihatiga qaratmoqchimiz. Agar F.Ibragimova «Badiiy matnda ellipsis va antiellipsis» nomli nomzodlik dissertatsiyasida ortiqchalikni nutqiy jarayonning zaruriy belgisi sifatida talqin etgan bo‘lsa, biz buning aksini – gap tarkibidagi ayrim bo‘laklarning qo‘llanishi nutqda ortiqchalikka olib kelishi va bu holat nutqiy g‘alizlikka sabab bo‘lishi haqida gapirmoqchimiz.
Mana shu holat ikki tarkibli va bir tarkibli gaplar munosabatida ham ko‘zga tashlanadi. Ikki tarkibli gaplarning shaxsi aniq turidagi eganing qo‘llanishi ba`zan nutqiy ortiqchalik yoki g‘alizlikka sabab bo‘lganligi bois, ularni ifodalamaslik zarurati tug‘iladi va gap o‘z-o‘zidan bir tarkibli gapga aylanadi:

Download 434.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling