O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili kafedrasi
Download 434.5 Kb.
|
EGASI ANIQ GAPLAR USLUBIYAT
Men yo‘llarda tug‘ilganman, Ayrilmasman yo‘llardan.
Umrim o‘tar yo‘llar bilan, Kezib-kezib o‘larman. Bugun bo‘lsa yuragimga Hamdam begona tuyg‘u. Bu tuyg‘ular o‘tkinchidir, Faqat shu yo‘llar mangu. O‘tar edim bir qishloqdan, Aqlim oldi bir o‘g‘lon. Qololsaydim shu qishloqda, YAshar edim bearmon. Ul yigitga yor bo‘lishni, Orzu qilaman, orzu. Ammo orzu o‘tkinchidir Faqat shu yo‘llar mangu. Lovullaydi jajji gulxan, Unga boqib o‘ylayman. Qo‘lga olib childirmani, G‘amlarimni kuylayman. Muhabbatim dovul misol, Qalbimga solar g‘ulu. Ammo sevgi o‘tkinchidir, Faqat shu yo‘llar mangu, Ketmas bo‘lsa muhabbatim, Qalbimda qolsa turib, Uni sira ayamasman, O‘ldiradurman bo‘g‘ib — Har narsani engadurman, Muhabbat oddiy g‘am-ku! U o‘tkinchi... o‘tib ketar... Faqat shu yo‘llar mangu. Bunday gaplar, - deydi I.Rasulov. - nutqqa ekspressiv-emotsional ottenka beradi, nutqni silliqlashtiradi, uni yana ham ta`sirchan — ifodali qiladi, fikrning yo‘nalish markazini kesimga ko‘chiradi.38 SHaxsi aniq gaplarning stilistik xususiyatga ega ekanligi o‘z davrida M.V.Lomonosov ham payqagan va bu tipdagi gaplarda kishilik olmoshlarini qo‘llamay o‘tib ketish nutqning bezagi va muhimligi uchun xizmat qilishini qayd etgan. Ifodalanmagan egani bildiruvchi fe`lning 2- va 3- shaxs ko‘rsatkichlaridan keyin ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichi -lar ning qo‘shilishi bir tarkibli gaplar shakllanishi va ma`nolariga ma`lum darajada ta`sir ko‘rsatadi. Masalan, 3-shaxsga -lar qo‘shilganda keldilar, bordilar tarzida shakllangan fe`l garchi ifodalanmagan bo‘lsa-da, o‘ziga mos egani talab qiladi. Agar u bo‘lsa, kesimning tarkibi o‘zgarishi mumkin: Sobir keldi, Sobir aka keldi, Sobir aka keldilar. Ega gap tarkibida qo‘llanish-qo‘llanmasligidan qat`iy nazar, uning ishtirokida turli xil semantik-stilistik ma`nolarning yuzaga kelishi ham eganing strukturasiga ta`sir qiladi. Masalan, aksariyat hollarda kesim tarkibiga qo‘shilgan -lar ko‘plikdan ko‘ra hurmat ottekasini beradi: Sobir aka Download 434.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling