O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili kafedrasi


Download 434.5 Kb.
bet5/8
Sana24.01.2023
Hajmi434.5 Kb.
#1117767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EGASI ANIQ GAPLAR USLUBIYAT

Odamlar, odamlar! Uni olqishlang,
Qarang, u naqadar epchil va o‘ktam (A.Oripov)
RASHID. Amma! SHu esi pastni uydan haydab yuboring! (U.Azim).
Demak, undalmaning ishtiroki olmoshlarning qo‘llanilmasligiga sharoit
yaratadi. Ammo bu degani undalma qo‘llanilgan gapda kishilik olmoshlari ishlatilmaydi, degan gap emas. Ularning har ikkalasi bir gap tarkibida kelaverishi mumkin. Bundan matn zarar ko‘rmaydi, ta`kid kuchaytiriladi, xolos.

SHaxsi aniq gaplarda qo‘llanmagan ega aksariyat hollarda olmosh ekanligi anglashilib turadi. Boshqacha aytganda, ikki tarkibli gaplarning egasi olmoshlar bo‘ladi. Agar ular qo‘llanmasa, bir tarkibli gaplarga aylanadi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, ayrim ilmiy adabiyotlarda olmoshlarga alohida urg‘u berilib, ular gap tarkibidagi fakul’tativ egalar deb atalgan.37


Bu tipdagi gaplarda olmoshlarning qo‘llanishi masalasida gap ketganda kishilik olmoshlari nazarda tutiladi.
SHaxsi aniq gaplarda kishilik olmoshlari ataylab qo‘llanilmaydi. SHunga qaramasdan, gapning mazmunini to‘liq anglab etish mumkin bo‘ladi. Bu olmoshlarning nutq tarkibiga kiritilishi ifoda ottenkasini o‘zgartirib yuborishi mumkinligini yuqorida qayd qilib o‘tdik. A.M.Peshkovskiy esa shaxs olmoshlarining bu tip gaplarda qo‘llanmasligi nutqqa alohida tantana, lirik ko‘tarinkilik tusini berishini aytgan.
Nutqda odatda buyruq gaplar olmoshsiz qo‘llanadi. Masalan, Keling! Keting! Boring! Turing! O‘tiring! kabi so‘z-gaplarning egasi, ya`ni harakat sub`ekti Siz. Ammo uni qo‘llab bo‘lmaydi. Gapning ma`nosi o‘zgarib ketadi. Bir to‘da odamlar orasidan faqat bir kishiga murojaat qilinayotganlik ma`nosi anglashiladi. Agar ushbu olmosh qo‘llanilsa, birinchi gapda go‘yo so‘zlovchi tinglovchi bilan suhbatlashayotganday bo‘ladi, buyruq kuchizlanadi, boshqa emas, tinglovchi shaxs kirishi ta`kidlanadi, keyingi gaplar tarkibiga olmoshini kiritish bilan boshqa emas, u yoki ular kirishi kerakligi ta`kidlanadi va bu erda ham buyruq kuchsizlanadi.
Buning ustiga, olmosh qo‘llanmaganda, asosiy diqqat harakatga — kesimga beriladi: Ketaman! Ta`kid ham, mantiqiy urg‘u ha shu so‘zning o‘zida. Men ketaman! endi boshqa emas, birinchi shaxsning borishi ta`kidlanyapti, ajratib aytilayapti, kesimdagi mantiqiy urg‘u shaxs olmoshiga o‘tayapti. Demak, olmoshlarning bu tarzda gap tarkibida qo‘llanish-qo‘llanmasligi sezilarli darajada ifoda mantig‘iga ta`sir ko‘rsatadi.

I.Rasulov bu tip gaplarda shaxs olmoshlari bilan ifodalangan eganing qo‘llanmasligi stilistik omillar bilangina emasligini, o‘zbek tilining grammatik qurilishi bilan ham bog‘liqligini, o‘zbek tili uchun gapning mana shu holati shu tip gaplar uchun sintaktik me`yor bo‘lib hisoblanishini, shuning uchun bu tip gaplarda shaxs olmoshlari tushirilgan deb qarash to‘g‘ri bo‘lmasligini aytadi.


Ammo gap tarkibida olmoshlar qo‘llanilmasligini hamma vaqt ham me`yoriy holat sifatida qabul qilish to‘g‘ri emas. Masalan, YO siz keling, yo men boray. SHu erda yo sen turasan, yo men turaman tarzidagi gaplarda olmoshlarni qo‘llamaslik maqsadga muvofiq emas: YO keling, yo boray. SHu erda yo turasan, yo turaman kabi.
Aksincha, qo‘llanilishi ifoda mantig‘ining buzilishiga olib keladigan holatlar bor. Bu, ayniqsa, maqollarda ko‘zga tashlanadi: Bildim dedim tutildim, bilmadim dedim qutuldim. YOki: Aytdim, dedimmi, aytdim, nima qilasan boshimni qotirib. Ana, ko‘rdingmi, bu gapni qaerga olib borayapti? O‘lding – o‘chding. Mana, etib ham keldik singari.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, shaxsi aniq gaplar ko‘pincha badiiy adabiyotda, dramatik asarlarda, ayniqsa, nutqning dialog shaklida faol qo‘llaniladi.
RASHID. Amma, miltiqni ko‘tarib nima qiladi?! Otadi-da!
GULISTON. Otdingmi?
RASHID. Otdim! Gumbirlatib otdim!
GULISTON. Voy, esi past!
YAna:
GULISTON. Bu ishga aralashma! Otangning uyiga borib xo‘jayinlik qil!
Bu esi past hammangdan aqlli...
Eganing qo‘llanmasligi, ya`ni bir tarkibli gaplarning egasiz turi poetik nutq
uchun xos xususiyat. Usmon Azimning «Lo‘li qiz qo‘shig‘i» she`rida faqat bir marta ikki tarkibli gap qo‘llangan va u men olmoshi yordamida asarning boshida uchraydi. Qolgan barcha o‘rinlarda bajarilgan ish harakat ana shu olmosh atrofida birlashgan va badiiy tasvir bir tarkibli gaplar vositasida amalga oshirilgan:

Download 434.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling