O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili kafedrasi


Download 434.5 Kb.
bet1/8
Sana24.01.2023
Hajmi434.5 Kb.
#1117767
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EGASI ANIQ GAPLAR USLUBIYAT





O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
O`ZBEK TILI KAFEDRASI
___ – “___” GURUH TALABASI
_____________________________________




MAVZU: ________________________________ ____________________________________
Ilmiy rahbar: ___________________
Bajardi ______________________
Navoiy – 2023

EGASI ANIQ GAPLAR USLUBIYAT


Mundareja
Kirish
1.1SHaxsi aniq va shaxsi noaniq gaplarning stilistik xususiyatlari.
1.2Shaxsi aniq va shaxsi noaniq gaplarning stilistik xususiyatlari
1.3Shaxsi aniq gaplarning stilistik xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyodlar
Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Gap qurilishida o‘ziga xos o‘rin va mavqega ega bo‘lgan sodda gaplar ma`lum fikr va maqsadni ifodalovchi, grammatik va ohang jihatdan shakllangan sintaktik birlik sifatida o‘zbek tilshunosligida tadqiqot ob`ekti bo‘lgan va qator monografiya, darslik va qo‘llanmalar yaratilgan. Jumladan, sodda gaplar sirasida qaraladigan bir tarkibli gaplar ham sintaktik yo‘nalishda tadqiqot ob`ekti bo‘lgan. Ammo sodda gaplarning bu turi haligacha o‘zbek tilshunosligida stilistik jihatdan o‘rganilmaganligi magistrlik dissertatsiyasi uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘zbek tilshunosligida gapning stilistik imkoniyatlarini o‘rganish nuqtai nazaridan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Masalan, A.Mamajonov 1990 yilda «Qo‘shma gap stilistikasi» nomli monografiya e`lon qilgan va 1991 yilda «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘shma gaplarning stilistik xususiyatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Ammo o‘zbek tilidagi sodda gaplarning, xususan, bir tarkibli gaplarning semantik-stilistik va funktsional-stilistik xususiyatlari shu paytga qadar tadqiqot ob`ekti bo‘lgan emas.
Ta`kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida bir tarkibli gaplar grammatik yo‘nalishda o‘rganilgan. Jumladan, I.Rasulov «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar» (Toshkent, 1975) nomli monografiya yozgan va shu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yozgan.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi o‘zbek tilidagi bir tarkibli gaplarni o‘rganish ishlarining bevosita davomi bo‘lib hisoblanadi va unda ilk marta egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari tadqiq etiladi.
Ishimizning bir tarkibli gaplarning tasnifi haqida fikr yuritganda mazkur disseratatsiyada I.Rasulov tasnifiga tayanishimizni aytgan edik. «Gaplarni ikki sostavli va bir sostavli gaplarga ajratishda ular struktura asosining sostavi asosga olingan ekan, bir sostavli gaplarni egasiz gap, kesimsiz gap deb ikki guruhga bo‘lishda ularning struktura asosi — bosh bo‘lagining tabiati asosga olingan ekan, egasiz gaplarning ichki klassifikatsiyasida ham izchillik bilan bunga rioya qilish talab qilinadi. SHunday ekan, egasiz gaplarni tiplarga ajratishda unda kesimning tabiati, ya`ni undan egani topib bo‘lish-bo‘lmaslik asosiy kriteriya qilib olinishi kerak. SHu jihatdan qaragan vaqtimizda, egasiz gaplarning ba`zi tiplarida ularning kesimidan egani topish mumkin: kesimga egani aniqlab beradigan so‘roqni berish mumkin; ba`zilarida esa kesimidan egani topib bo‘lmaydi: kesim egani aniqlab beradigan so‘roq talab qilmaydi. U egani ko‘rsata olmaydi», deydi u.31 Olim tasnifining birinchi guruhini egasiz gaplar tashkil etadi va bir tarkibli gaplarning bu turi o‘ziga xos grammatik, shu bilan birga stilistik xususiyatlarga ega. Ayni paytda, egasiz gaplar yana ikki guruhga – egasi topiladigan va egasi topilmaydigan turlarga ajraladi.
Egasiz gaplarning grammatik xususiyatlari nimalardan iborat, degan savolga bu gapning bosh bo‘lagi kesimdan tashkil topganligida, ega grammatik jihatdan ifodalanmasligida, deb javob berish mumkin. Lekin I.Rasulovning ta`kidlashicha, bu ifodalanmaganlikni «yashiringan» yoki «tushirilgan» deyish to‘g‘ri emas: «Bu tip gaplarda eganing ifodalanmasligi shu tip gaplar uchun normal sintaktik holat bo‘lib hisoblanadi».

«Zarafshon» gazetasidan olingan quyidagi misollarga e`tiborimizni qaratamiz: Reklama e`lonlari borasida radio, telekanallarni-ku gapirmay qo‘yaqolaylik. «Avval saylov natijalari qanday bo‘lishini ko‘raylik», – degan Oq uy matbuot kotibi. Gapda ega bo‘lib kelishi lozim bo‘lgan biz ifodalanmagan. Ammo harakatning bajaruvchisi aynan biz ekanligi gaplarning kesimi – qo‘yaqolaylik va ko‘raylik dan angashilib turibdi. Gapning nima uchun bir tarkibli tarzda qo‘llanganligining sababini anglab etishimiz uchun gap tarkibiga egani ham qo‘shib, gaplarni o‘zaro qiyoslaymiz: Reklama e`lonlari borasida radio, telekanallarni-ku gapirmay qo‘yaqolaylik – Biz reklama e`lonlari borasida radio, telekanallarni-ku gapirmay qo‘yaqolaylik. «Avval saylov natijalari qanday bo‘lishini ko‘raylik», – degan Oq uy matbuot kotibi – «Biz avval saylov natijalari qanday bo‘lishini ko‘raylik», – degan Oq uy matbuot kotibi kabi. Aytish mumkinki, gap grammatik jihatdan mukammal holatga keldi. To‘laqonli grammatik ifoda uchun barcha grammatik unsurlar mavjud. Lekin ifoda mantig‘i qanday bo‘ldi, degan savolga qat`iy va asosli javob berib bo‘lmaydi. Gap tarkibiga biz ning aralashishi ifodani matnig‘ini o‘zgartirib yuboradi. Bu o‘zgarishlar nimadan iborat ekanligini aniqlash uchun diqqatni gap muallifning maqsadiga qaratish lozim bo‘ladi. YAna yuqoridagi misollarga qaytamiz: Reklama e`lonlari borasida radio, telekanallarni-ku gapirmay qo‘yaqolaylik. Gapda umuman voqelikka – radio va televidenieda berilayotgan o‘rinsiz reklamalarga salbiy munosabat bildirilgan va bu munosabat ko‘pchilik tomonidan – omma tomonidan bildirilmoqda. Bu munosabatda so‘zlovchi uchun ma`lum bo‘lgan bir necha kishi haqida gap ketayotgani yo‘q. Mana shu ma`noda ham biz ning grammatik jihatdan ifodalanishi joiz emas. Agar u qo‘llanilsa, so‘zning zimmasiga ikkinchi bir vazifa – ta`kidlash ottenkasi yuklatiladi. Gap muallifi uchun esa bu o‘rinda zarurat yo‘q. Aslida bu o‘rinda biz orqali ta`kidlashning o‘zi o‘rinsiz bo‘lib chiqadi.


Ushbu gap olingan «Reklama kerak. Ammo...» maqolasining davomida kishilik olmoshlari ega sifatida qo‘llangan boshqa gaplarni o‘qiymiz: Misol uchun, tijorat bilan shug‘ullanib bir mahsulotni axtarib, topolmadingiz. Tasodifan, radiokanalidan Siz charxpalak bo‘lib axtarib yurgan mahsulot reklamasini eshitib



Download 434.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling