O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o`zbek tili kafedrasi


qoldingiz. Darhol borasiz-u o‘sha manzildan tovarni ko‘tara narxda xarid


Download 434.5 Kb.
bet2/8
Sana24.01.2023
Hajmi434.5 Kb.
#1117767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EGASI ANIQ GAPLAR USLUBIYAT

qoldingiz. Darhol borasiz-u o‘sha manzildan tovarni ko‘tara narxda xarid qilasiz. Mijozlaringizning sizga bergan buyurtmasi ado etildi – Siz yaxshigina foyda oldingiz. Bu gaplardagi siz ning ishtiroki axborot etkazishda yoki ifodaning to‘la reallashuvida muhim rol’ o‘ynayotgan emas. Uning gapda ishtirok etish-etmasligi ma`no mantig‘i uchun katta ahamiyatga ega emas. Mavjud holatda esa tinglovchi yoki o‘quvchining e`tiborini o‘ziga qaratishga xizmat qilmoqda, xolos.
Bir holatda eganing, boshqacha aytganda, ega vazifasini bajarayotgan kishilik olmoshlarining ellipsisga uchrashi maqsadga muvofiq bo‘lsa, ikkinchi bir holatda bu shart qilib qo‘yilmaydi. Ularning ishtiroki ma`lum ma`noda ifodaga tasviriylik ottenkasini beradi.
Mana shu holatlarni biz stilistik jarayon sifatida baholaymiz. Boshqacha aytganda, gapda eganing grammatik jihatdan ifodalanishi yoki ifodalanmasligi garchi gapning grammatik ma`nosi va strukturasiga ta`sir etamagan bo‘lsa ham, uning stilistik ma`nosiga ma`lum darajada ta`sir ko‘rsatishi yuqoridagi tahlildan ma`lum bo‘ladi.
Demak, ilmiy adabiyotlarda ma`nosi va tuzilishiga ko‘ra biri ikkinchisidan farqlanadigan bir tarkibli gaplar o‘zida ifoda qilingan stilistik ottenkalari bilan ikki tarkibli gaplardan ajralib turadi.
YUqorida aytib o‘tganimizdek, ushbu bob va undan keyingi bobda faqat egasi topiladiganlarning stilistik xususiyatlari haqida mulohaza yuritamiz.
Egasiz gaplarning asosiy qismini tashkil etadigan egasi topiladigan gaplar shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarni o‘zida mujassam qiladi.
I.Rasulov bu tipdagi gaplardan egani izlashning o‘zi o‘rinsiz ekanligini aytadi. Ularning aynan shu shaklda qo‘llanishi o‘zbek tili uchun me`yoriy holat hisoblanadi. «Gapda eganing yo‘qligi shu tip gaplarning asosiy belgisi ekanligini yana shundan ham ko‘rish mumkinki, bu tip konstruktsiyalarga bosh bo‘lak — egani kiritish gapning umumiy holatini o‘zgartadi», deydi I.Rasulov va fikrini quyidagi misollar bilan dalillaydi: Keling, keling, Karimboy,deyishdi tengqurlari. («M.») Kutilmaganda eshik taqilladi. Kiring!dedi ota holsiz.
Assalomu alaykum, SHayx aka! Vaalaykum assalom. O‘zlaridan so‘rasak! («O‘zb. mad»). Bu to‘g‘ri fikr.
Bundan yana shunday xulosalar chiqarish mumkinki, bir tarkibli gaplar bilan ikki tarkibli gaplar o‘rtasidagi farqlar shunchaki shakldagina namoyon bo‘lmaydi. Gap tarkibida eganing yoki kesimning ifodalanmayotganligi ularning farqini ko‘rsatuvchi tashqi belgilardan biri bo‘lib qoladi, xolos. Ularning o‘zaro farqidagi eng muhim jihat gaplarning mazmunida bo‘lib qolayapti. Keltirilgan misollardan shu narsa aniq bo‘lmoqdaki, gapning egasi bekordan-bekorga ifodalanmayotgan emas. Gapni aynan shu shaklda qo‘llashda muayyan ifoda maqsadi borki, biz buni stilistik maqsad deb ataymiz. I.Rasulov bu holatni payqagan va to‘g‘ri baho bergan. SHuning uchun ham «egani kiritish gapning umumiy holatini o‘zgartadi», deydi.
Bu fikrni boshqacha qilib izohlaganda, gap tarkibiga egani kiritish stilistik g‘alizlik paydo qiladi. Keling, keling, Karimboy,deyishdi tengqurlari gapi tarkibiga egani kiritib, Karimboy, keling, keling, Karimboy yoki Siz, keling, keling, Karimboy deyish nutqiy ortiqchalikka sabab bo‘ladi. CHunki shunday ham nutqning kimga qaratilganligi undalmadan – Karimboy dan ma`lum bo‘lib turibdi. Uni gap boshida takrorlar g‘alizlikni keltirib chiqaradi. Kutilmaganda eshik taqilladi. Kiring!dedi ota holsiz gapida esa mazmunan anglashilib turgan egani qo‘llash mutlaqo mumkin emas. CHunki otaga kimdir kelayotgani eshikning taqillaganidan ma`lum. O‘quvchiga ham kiring deb da`vat qilinayotganning odam ekanligi aniq. Grammatik jihatdan ham, mantiqiy jihatdan ham ana shu odam harakatning bajaruvchisi, binobarin egasi. Ammo bu odamning kim ekanligining aniq emasligi, shaxsining noaniqligi bu egani grammatik shakllantirishga imkon bermaydi. SHaxs o‘rni olmosh qo‘llab ham bo‘lmaydi. Olmoshning qo‘llanishi gapning ifoda mazmunini butunlay o‘zgartirib yuboradi: Kutilmaganda eshik taqilladi. Siz kiring!dedi ota holsiz deyish to‘g‘ri emas. eshikning taqqilashidagi kutilmaganlikning o‘zi gapning bu tarzda shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi. — Assalomu alaykum, SHayx aka! Vaalaykum assalom. O‘zlaridan so‘rasak! Gapning oxiridagi o‘zlaridan so‘rasak jumlasi tarkibida egani qo‘llab bo‘lmasligi undagi ifoda ottenkasining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Jumladan,
SHayx akaning salom bergan kishidan yoshi kattaligi yoki mavqei balandligi bilinib turadi. O‘zidan kichikka yoki past mavqedagi odamga qarata aytilgan bu gapdan mensimaslik, o‘zini undan baland olish mazmuni angalishiladi. eganing grammatik jihatdan ifodalanishi esa bu stilistik ottenkalarni yo‘qqa chiqaradi. Ana shuning uchun ham bu o‘rinda eganing qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas. Buning sababini I.Rasulov «YUqorida keltirilgan gaplarning barchasida — ega — harakatni bajaruvchi shaxs tushunchasi — logik sub`ektga mos kelgan», deb izohlaydi.
Ilmiy adabiyotlarda shaxsi noaniqlik bir tarkibli gaplarga ham, ikki tarkibli gaplarga ham tegishli bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Masalan, I.Rasulov shu fikrni aytib, Kimdir keldi gapini keltiradi. Darhaqiqat, bu gapda harakatning bajaruvchisi noma`lum. Uning ikki tarkibli ekanligi, so‘zlarning birinchisi ega, ikkinchisi kesim ekanligi ham rost. Gapning grammatik egasi mavjud. Lekin bu erda grammatika qoidalari bilan mantiq qoidalari bir-biriga aralashtirib yuborilayotgani tufayli chalkashlik sodir bo‘lmoqda. Biz gaplarni bir tarkibli va ikki tarkibli guruhlarga ajratishda gapning strukturasini inobatga oldikmi, unga mantiqiy tamoyillarni aralashtirishimiz kerak emas. YUqoridagi kimdir keldi tipidagi gaplardan stilistik ma`no axtarish ham to‘g‘ri emas.
Tilimizdagi ayrim so‘zlar, masalan birov ham kimdir kabi ish-harakatni bajaruvchi shaxsga nisbatan gumon, noaniqlik ma`nolarining ifodalanishiga xizmat qiladi. Kimdir keldi deyilgani kabi birov keldi deyish ham mumkin. Birinchi gapdagi gumon, ikkinchi gapda esa noaniqlik ottenkasi bo‘rtib turadi. Ammo ikkinchi gapdan ham stilistika ma`no axtarib bo‘lmaydi. Agar axtariladigan bo‘lsa, gaplarning tarkibidan emas, balki kimdir-birov elementlari sinonimiyasidan axtarish kerak.
Endi mana bu gapga e`tiborimizni qaratamiz: Birov senga gapirayapti, ey odam! deyilganda birov so‘zida noaniqlik ottenkasi yo‘q. U men o‘rnida qo‘llanilib (Men senga gapirayapman), to‘liq ma`noda stilistik vazifani ado etayapti. SHuning uchun bu gapni shaxsi noaniq gap deb aytish to‘g‘ri emas. Birov so‘zining ishtiroki gapni shaxsi noaniq deyishga asos bo‘lolmaydi. SHuning «Urgut sadosi»
gazetasidan olingan mana bu: Birovdan o‘tganini birov bilmaydi. Qarz olib va`dasini ustidan chiqmaydigan, birovning jonini molini omonatga olib unga xiyonat qilib, odamfurushlik bilan shug‘ullanadigan kimsalar paydo bo‘layapti. SHu ma`noda ham janob payg‘ambarimiz «Sizlardan birortangiz haqiqiy mo‘min bo‘lolmaydi, toki o‘ziga ravo ko‘rgan narsani birovlarga ravo ko‘rmaguncha»,-deya marhamat qilganlar gaplari ham birov shaxsi noaniqlikni ifodalashga xizmat qilayotgan emas.

Download 434.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling