O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi O‘ta 04 (D) guruh talabasi Abduhakimova Madinaning " O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi" mavzusidagi kurs ishi


Kurs ishining o‘rganilish darajasi


Download 241.1 Kb.
bet2/10
Sana02.06.2024
Hajmi241.1 Kb.
#1840300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dilbar

Kurs ishining o‘rganilish darajasi. Mavzu bo‘yicha ko‘plab olimlar tadqiq olib borgan.
O‘zbek tilshunosligida M.Ismailov, O.Umarxo‘jayeva, N.Sayidiraximova, I.Azimova, O.Saidahmedova, G.Iskandarova hamda M.Qurbonovalar tomonidan amalga oshirilgan qator tadqiqotlarda o‘zbek tili ona tili sifatida tadqiq etilgan3.
Bundan tashqari, L.Mirjalolova, R.Yo‘ldoshev, F.Umarova, G.Muxamedjanova, G.Аhmedova, M.Karaxodjayeva, S.Аdilova, X.Muhitdinova, D.Fattaxova, G.Аsilova kabi tadqiqotchilarning monografiya va dissertatsiyalarida ta’lim tizimining turli bosqichlarida o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tilini o‘qitish masalasi turli aspektlarda o‘rganilgan4.
Kurs ishining obyekti va predmeti. O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi tadqiqotning asosiy obyekti sanaladi. Ishimizning predmeti esa mavzu bo‘yicha adabiyotlar, maqolalar, tezislar va tadqiqot ishlari tashkil etadi.
Kurs ishining asosiy maqsad va vazifalari. Mazkur kurs ishining maqsadi
o‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
Bunda quyidagi vazifalar hal etiladi:

  • Nutq tovushlarining biologik tabiatini o‘rganish;

  • Nutq tovushlarining fizik-akustik tabiatini o‘rganish;

  • Fonema va tovushlarning integral belgilarini o‘rganish;

  • Fonologik oppozitsiya va korrelyatsiyani o‘rganish;

  • Mavzu yuzasidan xulosa bildirish.

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur kurs ishi materiallaridan qo‘llanma yaratishda, oliy o‘quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar texnikumlarida maxsus kurs va seminar mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.
Kurs ishining metodologik asosi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”qonunlari, “Davlat ta’lim standartlari”, oliy ta’limi to‘g‘risidagi nizomlar va me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev asarlari, qarorlari, Oliy ta’lim vazirligining buyruqlari darsliklar, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlar va metodikalar tashkil etadi.

Download 241.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling