O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi O‘ta 04 (D) guruh talabasi Abduhakimova Madinaning " O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi" mavzusidagi kurs ishi
Ko‘p o‘lchovli oppozitsiyalar (oppozitsii mnogomernыe)
Download 241.1 Kb.
|
Dilbar
Ko‘p o‘lchovli oppozitsiyalar (oppozitsii mnogomernыe). Bunda oppozitsiya a‘zolaridagi belgilar shu sistemadagi boshqa oppozitsiya tarkibiga kirgan fonemaga ham xos bo‘ladi. Masalan, (b-d) oppozitsiyasi a‘zolaridagi "portlovchi, jarangli" lik belgilari (d-g) oppozitsiyasidagi (g) fonemasida ham bor (b-d-g kabi), (p-t) oppozitsiyasi a‘zolaridagi "portlovchi, jarangsiz" lik belgilari esa (t-k) oppozitsiyasi tarkibidagi (k) undoshida ham mavjud (p-t-k kabi).
Proporsional oppozitsiyalar. Bunda bir oppozitsiya a‘zolaridagi farqlanish belgilari shu sistemadagi barcha oppozitsiyalarga xos bo‘ladi. Masalan: (p-b) dagi "jarangsiz-jarangli" lik farqlanish belgisi shu belgi asosida tarkib topgan korrelyatsiya a‘zolarining barchasida bor: (p-b), (t-d), (k-g), (s-z), (sh-j), (ch-dj), (f-v), (x-g‘) kabi. Yakkalangan oppozitsiya (oppozitsiya izolirovannaya). Bunday oppozitsiya a‘zolari o‘rtasidagi aloqa boshqa oppozitsiyalarda takrorlanmaydi. Masalan: o‘zbek tilidagi (l-r) oppozitsiyasiga xos "yon sonant" va "titroq sonant" farqlanish belgisi boshqa biror oppozitsiyada yo‘q. Ikkinchi asos oppozitsiya a‘zolari o‘rtasidagi munosabatga tayanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi9: Privativ oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a‘zolaridan birida bor bo‘lgan belgi shu oppozitsiyaning ikkinchi a‘zosida bo‘lmaydi. Mas., (b-p) oppozitsiyasining birinchi a‘zosidagi "jaranglilik " belgisi shu oppozitsiyaning ikkinchi a‘zosida yo‘q: b (jarangli) - p (jarangsiz) kabi. Bu xususiyat "portlash- sirg‘alish" differensial belgisiga asoslangan (t-s) oppozitsiyasiga ham xos: t (portlovchi) - s (sirg‘aluvchi) kabi. Demak, bunday oppozitsiya a‘zolaridagi belgilar bir-birini inkor etishiga (inkorni inkor qonuniga) asoslanadi: b-p (jarangli- jarangsiz), d-t (jarangli-jarangsiz), t-s (portlovchi-sirg‘aluvchi) kabi. Gradual (pog‘onali) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya fonemalardagi farqlanish belgisining darajalanishiga asoslanadi. Masalan, (i-e-a), (u-o‘-o) unlilarida ana shunday darajalanish bor: i (tor) - e (o‘rta keng) – a quyi keng), u (tor) - o‘ (o‘rta keng) - o (quyi keng) kabi. Bularning barchasida til bilan tanglay orasidagi masofa "tor" dan "keng" ga qarab darajalanib bormoqda. Darajalanish xususiyati undoshlar oppozitsiyasida ham kuzatiladi: (portlovchi) - ch (qorishiq) - sh (sirg‘aluvchi). Bunda qorishiq (ch) dagi "portlash- sirg‘alish" belgisi uning portlovchi (t) bilan sirg‘aluvchi (sh) o‘rtasida qo‘yilishini taqozo qiladi (t-ch-sh kabi). Gradual xarakterdagi zidlanish (b-d-g), (p-t-k) oppozitsiyalarida ham mavjud: b (lab - lab) - d (til oldi-dental) - g (sayoz til orqa), p (lab-lab) - t (til oldi-dental) - k (til orqa). Bundagi gradatsiya artikulyatsiya o‘rnining labdan tilning orqa qismiga qarab ko‘chib borish darajasi bilan belgilanadi. Ekvipolent oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a‘zolarida asosiy farqlovchi belgidan tashqari, yana bitta qo‘shimcha farqlanish belgisi ham mavjud bo‘ladi.1 Masalan, o‘zbek tilidagi (i) va (u) unlilari "lablanmagan va lablangan" farqlanish belgisi asosida (i-u) oppozitsiyasini hosil qiladi, ammo bu oppozitsiya a‘zolarida qo‘shimcha farqlanish belgisi ham bor: i (lablanmagan, old qator) - u (lablangan, orqa qator) kabi. Bulardagi "lablanmagan, old qator" belgilari "lablangan, orqa qator" belgilariga teng qiymatli belgilar sifatida qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunday holat (e-o‘), (a-o) oppozitsiyalarida ham kuzatiladi. O‘zbek tili undoshlari tizimidagi (t-sh) zidlanishi ham ekvipolent oppozitsiyadir, chunki unda ham zidlanish ikki belgiga asoslanadi: t (til oldi-tish, portlovchi ) + sh (til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi) = t-sh oppozitsiyasi kabi. Download 241.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling