O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi O‘ta 04 (D) guruh talabasi Abduhakimova Madinaning " O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi" mavzusidagi kurs ishi
Download 241.1 Kb.
|
Dilbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonologik oppozitsiya va korrelyatsiya
Fonemalarning differensial belgilari ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan alomatlaridir. Masalan, "k" undoshi o‘zining jarangsizligi bilan jarangli "g"dan ajralib turadi, demak, "k"ning jarang-sizligi va "g"ning esa jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi. Differensial belgilar fonemalarning xususiyatini belgilaydi - so‘zlarning fonetik qobig‘ini va ma‘nolarini farqlash uchun xizmat qiladi: kul va gul so‘zlarining ma‘nolari ayni shu ikki fonemaning ("k" va "g"larning) differensial belgilari - birining jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi tufayli farqlanmoqda6.
Differensial belgilar fonemalar artikulyatsiyasiga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin: "b" - lab-lab undosh, "d" - til-tish (til oldi - dental) undoshi. Artikulyatsiya o‘rnidagi bu tafovutlar bor va dor so‘zlarining fonetik tarkibini va ma‘nolarini farqlamoqda: "q" - portlovchi undosh, "x"-sirg‘aluvchi undosh. Artikulyatsiya usulidagi bu tafovutlar qol va xol so‘zlarining tovush tarkibi va ma‘nolarini farqlash uchun xizmat qilmokda. Shuning uchun differensial belgilar fonologik relevant yoki semiologik relevant belgilar sanaladi. Fonemalarning integral belgilari ularning o‘zaro farqlanmaydigan alomatlaridir. Masalan, yuqorida keltirilgan "k" va "g" undoshlarining har ikkalasi portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulyatsiya usuli va artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra farqlanmaydi. Shunga ko‘ra, integral belgilar fonologik norelevant yoki semiologik norelevant belgilar hisoblanadi. Fonologik oppozitsiya va korrelyatsiya Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta (yoki bir necha) farqlanish belgisi asosida o‘zaro zidlanishidir. Masalan, "p" (jarangsiz) va "b" (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: p - b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) -b (lab-lab), p (portlovchi) -b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonemalarga xos bo‘lgan uchta fonologik belgidan (artikulyatsiya o‘rni, artikulyatsiya usuli va jaranglilik - jaraigsizlik belgilaridan) faqat bittasi (so‘nggisi) p - b oppozitsiyasiga asos bo‘lgan. Shuning uchun u "birlik oppozitsiya" sanaladi7. Prof. A. Abduazizovning ta‘kidlashicha hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bor: Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a‘zosi va tovushning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra: : p-t, b-d (portlovchilar), m-n (burun sonantlari), f-s, v-z, f-sh, v-l (sirg‘aluvchilar), v-l, v-r (labial sirg‘aluvchi - til oldi sonant. Bunda v, l, r fonemalari sonorlar sifatida qaralgan, aks holda ular ikkitalik oppozitsiya tashkil etishi mumkin); lab-til o‘rta farqlanish elementlari bo‘yicha faqat ikkita birlik oppozitsiyasi mavjud: f-y, v- y; v) labial-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: p-k, b-g (portlovchilar), f-x, v-g‘ (sirg‘aluvchilar); g) labial-bo‘g‘iz undoshlari oppozitsiyalari: f-h, v-h. Bunda "h" ning jarangli yoki jarangsiz ekanligi e‘tiborga olinmagan, chunki bu xususiyat eksperimental jihatdan aniqlanmagan... d) til oldi-til orqa undoshlari oppozitsshlari: t-k, t-q, d-g (portlovchilar), s-x, z-g‘ (sirg‘aluvchilar), n-ng (burun sonantlari). Bunda ng faqat so‘z oxirida kelganda sonantlik elementi bo‘lib, so‘z o‘rtasida kelganda, bo‘g‘in chegarasi uning elementini ikkiga bo‘lib, n-g, ya‘ni ikki fonema birikmasiga aylantirishi nazarga olinadi; e) til oldi-bo‘g‘iz undoshlari oppozitsiyalari: s-x, z-h, sh-h, j-h (sirg‘aluv- chilar), ch-h, dj-h (til oldi affrikata va bo‘g‘iz sirg‘aluvchisi). Bunda ch-h va dj-x zidlanishlari "ikkilik oppozitsiyalar bo‘ladi", chunki ularda "til oldi-bo‘g‘iz undoshi" belgisidan tashqari, ikkinchi differensial belgi ham bor: ch (qorishiq portlovchi) -h (sirg‘aluvchi) , dj (qorishiq portlovchi)- h (sirg‘aluvchi) kabi. Artikulyatsiya usuli va to‘siqning qanday hosil bo‘lishiga ko‘ra: portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar oppozitsiyalari: p-f, b-v (labial undoshlar), t-s, d-z, t-sh, d-j (til oldi undoshlari), k-x, g-g‘, q-x (til orqa undoshlari), k-h, g-h (til orqa va bo‘g‘iz undoshlari); portlovchi-affrikatalar oppozitsiyalari: t-ch, d-dj (til oldi undoshlar); v) sirg‘aluvchi-affrikatalar oppozitsiyalari: sh-ch, j-dj (til oldi undoshlari); g) portlovchi-burun sonanti oppozitsiyalari: b-m (labial undoshlar), d-n (til oldi undoshlari), g-ng (til orqa undoshlari); d) sirg‘aluvchi-sonantlar oppozitsiyalari: z-l, j-r; ye) shovqinli sonant-burun sonanti oppozitsiyalari: v-m, l-n, r-n; j) yon sonant-titroq sonant oppozitsiyasi: l-r(yakkalangan oppozitsiya). Jarangsizlik-jaranglilik belgilariga ko‘ra: (p-b), (t-d), (s-z), (f-v), (k-g), (sh- j), (ch-dj), (x-g‘). Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmi tizimi quyidagi oppozitsiyalarni o‘z ichiga oladi: Tilning uch darajali ko‘tarilish belgisiga ko‘ra: i (yuqori tor unli) - e (o‘rta keng unli) = i - e oppozitsiyasi; e (o‘rta keng unli) - a (quyi keng unli) = e - a oppozitsiyasi; v) i (yuqori tor unli) - a (quyi keng unli) = i - a oppozitsiyasi; g) u (yuqori tor unli) - o‘ (o‘rta keng unli) = u - o‘ oppozitsiyasi; d) o‘ (o‘rta keng unli) - o (quyi keng unli) = o‘ - o oppozitsiyasi; ye) u (yuqori tor unli) - o (quyi keng unli) = u - o oppozitsiyasi; Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko‘ra: i (lablanmagan) - u (lablangan) = i - u oppozitsiyasi; e (lablanmagan) - o‘ (lablangan) = e - o‘ oppozitsiyasi; v) a (lablanmagan) - o (lablangan) = a - o oppozitsiyasi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, fonologik oppozitsiya turli til tovush larini qarama-qarshi qo‘yishga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning strukturaviy birligidir va shu tilning o‘zigagina xizmat qiladi. Boshqa til tovushlari muayyan til, masalan, o‘zbek tili tarkibida oppozitsiya hosil qilishi uchun u shu til tizimidagi kvaziomonimlar tarkibida qo‘llanadigan darajaga ko‘tarilgan bo‘lishi shart. Masalan, arab tilining "f" undoshi o‘zbek tilining "p" undoshi bilan zidlanish hosil qilish darajasiga ko‘tarilgan deyish mumkin, chunki shu ikki undoshdagi farklovchi belgi (sirgalish-portdash belgisi) o‘zbek tilidagi sof va sop minimal juftligida fonologik vazifa bajarmokda. Bunday holatni x-h oppozitsiyasi misolida ham ko‘rish mumkin: o‘zbek tilida xol va hol, shox va shoh kabi minimal juftliklarning (kvaziomonimlarning) mavjudligi arab tilidan o‘zlashgan "h" undoshini o‘zbek tilidagi x-h opozitsiyasi vakili deb qarashga asos bo‘ladi. Fonologik oppozitsiyalar fonologik sistemaning eng kichik (minimal) strukturaviy birliklari sanaladi, ular tarixan o‘zgarib turishi ham mumkin. Masalan, qadimgi turkiy va eski turkiy tillarda unli fonemalar tilning yotiq (gorizontal) harakatiga ko‘ra old qator va orqa qator zidlanishiga ega bo‘lgan: (i-ы)+(γ-u)+(ө- o)+(ə-a) kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa bunday zidlanish o‘zining fonologik xususiyatini yo‘qotgan - fonemalar konvergensiyasi natijasida (i - ы) unlilari bitta (i) ga, (γ - u) unlilari bitta (u) ga, (ө -o) unlilari bitta (o) ga, (ə -a) unlilari esa bitta (a) ga birlashgan. Demak, fonologik oppozitsiyalar til taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan belgilanadi, ayni shu bosqichda bir fonema boshqa fonemaga bir xil pozitsiyada qarama-qarshi qo‘yiladi: hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi (i) va (u) unlilari so‘z boshida (ich va uch) yoki bir xil fonetik qurshovda (bir va bur, qish va qush) bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgani kabi. Demak, "oppozitsiya" tushunchasi "fonema" va "pozitsiya" tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir: fonemaning bo‘lishi oppozitsiyaning bo‘lishini, oppozitsiyaning bo‘lishi esa pozitsiyaning bo‘lishini taqozo qiladi,1 o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilmagan, binobarin zidlanishdan tashqarida qolgan fonemaning o‘zi yo‘q8. "Pozitsiya" kategoriyasini birinchi bo‘lib hamyurtimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850) kashf etgan. U o‘zining "Hind arifmetikasi haqida kitob" (Hisob al-hind") asarida o‘nlik sistemasi raqamlaridan (0,1, 2,3,4,5,6,7,8,9) foydalanib, katta sonlarni yozish tizimini ishlab chiqqan. Bu tizimga ko‘ra raqam birinchi pozitsiyada birlikni, ikkinchi pozitsiyada o‘nlikni, uchinchi pozitsiyada yuzlikni (to‘rtinchi, beshinchi... pozitsiyalarda yanada kattarok sonlarni) ifodalaydi: 0 (nol), 1(bir), 10 (o‘n), 100 (yuz), 1000 (ming); 2 (ikki), 20 (yigirma), 200 (ikki yuz), 2000 (ikki ming) kabi. Keyinchalik "pozitsiya" tushunchasi til tizimiga ham tatbiq etilgan va fonologik oppozitsiya tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Fonologik oppozitsiyalar dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlariga tayanadi, ularning strukturaviy birlik sifatidagi mohiyati ham shu qonunlarga asoslanadi. Download 241.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling