O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishi O‘ta 04 (D) guruh talabasi Abduhakimova Madinaning " O‘zbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tasnifi" mavzusidagi kurs ishi
Download 241.1 Kb.
|
Dilbar
Korrelyatsiya - ikki va undan ortiq oppozitsiyaning bir farqlanish belgisi asosida uyushib kelishidan tarkib toptan sistema (mikrosistema). Masalan, o‘zbek tili undoshlari "labial-til oldi" farqlanish belgisi asosida (p-t) + (b-d) + (t-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + (v-l) + (v-r) korrelyatsiyasiga, "labial-til orqa" farqlanish belgisi asosida (p-k) + (b-g) + (f-x) + (v-t) korrelyatsiyasiga, "til oldi - til orqa" farqlanish belgisi asosida (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g) + (n-ng) korrelyatsiyasiga, "portlovchi-sirg‘aluvchi" farqlanish belgisi asosida (p-f) + (b-v) + (t-s) + (d-z) + (t- sh) + (d-j) + (k-x) + (g-g‘) + (q-x) + (k-h) + (g-h) korrelyatsiyasiga uyushadi (korrelyatsiyalar miqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmaydi).
Odatda, oppozitsiyadagi differensial (farqlanadigan) belgi korrelyatsiyada integral (birlashtiruvchi) belgiga, oppozitsiyadagi integral belgi esa korrelyatsiyada differensial belgiga aylanadi. Masalan, (p-b) oppozitsiyasidagi jarangsizlik (p) va jaranglilik (b) farqlanish belgisi (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch- dj) + (x-g‘) oppozitsiyalarining barchasini bir korrelyatsiyaga birlashtirmoqda, demak, integral belgi vazifasini bajarmoqda, ayni paytda (p-b) oppozitsiyasidagi integral belgilar (lab-lab, portlovchi) bu oppozitsiyani korrelyatsiyadagi boshqa oppozitsiyalardan farqlaydi (demak, differensial belgi vazifasini bajaradi). Qiyos qiling: p-b (lab-lab) + t-d (til oldi-tish) + k-g (sayoz til orqa) + p-b (portlovchi) + f- v (sirg‘aluvchi) kabi. Tilshunoslikda fonologik oppozitsiyalar tasnifining yana bir necha turi bor. Shulardan biri professor N.S. Trubetskoyga mansubdir. U fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko‘ra tasnif qiladi: Birinchi asos oppozitsiya bilan sistema o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra belgilanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi: Bir o‘lchovli oppozitsiyalar (oppozitsii odnomernыe). Bunda bir oppozitsiya a‘zolariga xos bo‘lgan belgilar yig‘indisi shu sistema tarkibidagi boshqa oppozitsiyalarning a‘zolarida uchramaydi. Masalan: (p-b) dagi "lab-lab, portlovchi" belgilari yig‘indisi (t-d) da yo‘q, (t-d) dagi "til oldi, portlovchi" belgilari yig‘indisi (k-g) da yo‘q, (k-g) dagi "til orqa - portlovchi" belgilari yig‘indisi (s-z) da yo‘q, (s-z) dagi "til oldi-dental, sirg‘aluvchi" belgilari yig‘indisi (sh-j) da yo‘q, (sh-j) dagi "til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi" belgilari yig‘indisi (ch-dj) da yo‘q. Shuning uchun (p-b) oppozitsiyasi tarkibida uchinchi a‘zo uchramaydi. Bu xususiyat "jarangli-jarangsiz" lik farqlanish belgisi asosida uyushib kelgan korrelyatsiya tarkibiga kirgan barcha juftliklarga xos. Bir o‘lchovli oppozitsiyalar ba‘zan "bilateral oppozitsiyalar" deb ham nomlanadi. Download 241.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling