O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- QIYOSIY-TARIXIY METOD
Фойдаланилган адабиѐтлар:Менглиев Б. Тилшунослик самара берсин//―Soha lingvistikasi: tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasining muammolari, yechimlari hamda istiqbollari‖ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.–Buxoro: Tadqiqot.uz, 2021.B.17 Касимова М.С., Джаббарова Ш.Г. Иқтисодий терминларнинг қўлланилиши: муаммолар ва ечимлар//―Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар‖ илмий электрон журнали. -№ 5, сентябрь-октябрь, 2017 йил. Тарасевич Т.М. Проблемы интеграции экономики и лингвистики на современном этапе // Вестник Тамбовского университета. Серия: Гуманитарные науки. 2008. No 4. –Pp. 246- 250.3, к.247 Qоshg‗аriy Mаhmud. Dеvоnu lug‗оtit turk. III tоmlik. T.: G‗afur G‗ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017-yil. Касимова М.С., Джаббарова Ш.Г., Зияева М.М. Ўзбек тилида иқтисодиѐтга оид атамаларнинг қўлланилиши//―Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар‖ илмий электрон журнали.- № 4, июль-август, 2020 йил QIYOSIY-TARIXIY METODAxmedov Atoullo Rahmatovich, BuxDU dotsenti Annotatsiya:Tillar oilalari va katta guruhlari orasidagi qarindoshlik, o‗xshashlik, farqlarning kelib chiqish sabablarini o‗rganishga ixtisoslashgan tadqiq usullari majmuasi bo‗lib, tillarning qiyosiy-chog‗shtirma usul asosida qo‗lga kiritilgan tavsiflardan yangi maqsad va vazifalarda foydalanishni ko‗zlaydi. Kalit so„zlar: til oilasi, qiyosiy-chog‗shtirma usul Tilshunoslikda F. Gegel obyektiv idealizmi, biologiya taraqqiyoti va Charlz Darvin ta‘limoti, Yevropada bozor iqtisodiyoti rivoji bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan naturalizm va psixologizm ta‘sirida XIX asrning boshlarida shakllangan. Buyuk namoyandalari Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimmdir. R. Raskning ilk tadqiqototidan (1814-yil) XX asrning boshlarigacha qiyosiy-tarixiy metoddan asosiy tahlil usuli sifatida foydalangan tilshunoslik kamida uch taraqqiyot bosqichini bosib o‗tdi va o‗ziga xos yo‗nalishlarni berdi. Bular: ilk komparativistik (F. Bopp, Y. Grimm , Xristofor Vostokov b.), naturalistik (August Shleyher, Morits Rapp, Maks Muller v. b.), yosh grammatik - individual psixologik (Hermann Osthof, Karl Brugmann, Hermann Payl, Aleksandr Potebnya, Vassiliy Radlov v. b.). Bu bosqichlarning har biri o‗z oldiga alohida maqsadlarni qo‗yishi, xususiy tadqiq usullariga hamda tayanch falsafiy- metodologik asoslarga ega bo‗lishiga qaramay (shu asosda ular juda ko‗p hollarda tilshunoslikning alohida maktablari, yo‗nalishlari sifatida berildi. Qar.: Лингвистический энциклопедический словарь. – Б. 233, 405, 414-485), ko‗pgina jihatlardan - metod nuqtayi nazaridan o‗xshashdir va fanimizda odatda qiyosiy-tarixiy tilshunosliknung ichki yo‗nalishlari sifatida baholanadi. Bu metodning asosiy tamoyillari: tilni tabiiy-ryhiy hodisa deb tushunish, tillar orasida oilaviy munosabatlarga o‗xshash qarindoshlik aloqalari mavjud bo‗lib, tillararo o‗xashashlik shu qarindoshlik natijasidir; o‗zaro qarindosh tillar, asosan, bir umumiy tilning (bobo tilning, Ona tilning /prayazikning/) bo‗linishi asosida shakllangan. Shuning uchun tillar Ona til (bobo til) va farzand tillar (bola tillar)ga bo‗linadi; bola tillar mustaqil taraqqiyot natijasida va boshqa tillar ta‘siriga uchrab, bobo tildan va boshqa bola tillardan uzoqlashadi, mustaqillik kashf etadi; o‗zaro qarindosh tillar orasida tovush mos kelish qat‘iy qonunlari mavjud bolib, bu qonundan har bir mustasno, albatta, sharhlashi lozim; tillarning o‗zaro qarindoshligi mana shu tovush mos kelish qonunlari va tillararo umumiy qadimiy o‗zaklar asosida belgilanadi; qarindosh tillar morfologik tipologiya jihatdan o‗xshash bo‗ladi va tillarning flektiv, agglutinativ, amorf, polisintetik kabi morfologik tiplari ajratiladi; til biologik organizm sifatida tushuniladi va biologik organizm qonuniyatlari asosida yashaydi, rivojlanadi deb yondashiladi; o‗lik va jonli tillar farqlanib, tilshunoslar diqqati, asosan, o‗lik tillar tadqiqiga qaratiladi; fanning oliy maqsadi bobo til tazimini tiklash sanaladi. Shuning uchun bu tilshunoslik maxsus rekonstruksiya (hech bir yodgorlikda qayd etilmagan shakl, so‗z va qurilmalarni tiklash) qonuniyatlarini ishlab chiqqan va shu asosda bobo til shakllari va so‗zlarini tiklagan. Shu bilan bog‗liq ravishda bu tilshunoslik so‗z va qo‗simchalarning kelib chiqishi (etimologiyasi) tadqiqiga juda ko‗p e`tibor bergan; tadqiq jarayonida tillarning faktik materiallari hamisha qiyoslab o‗rganiladi; bu usul bilan uzviy bog‗liqlikda tilning har bir fonetik, morflogik, leksik birligi tarixi va o‗zgarishlari alohida-alohida o‗rganiladi. Odatda yosh grammatiklar (Leypsig tilshunoslik maktabi namoyandalari − turkiyshunoslikda Vasiliy Radlov maktabi)ning ta‘limoti ham qiyosiy-tarixiy metodga tayanganligi sababli shu tilshunoslik doirasida ko‗riladi. Lekin yosh grammatiklarda bu metod tamoyillari ilk komparativist va naturalistlardan tamoman farq qiladi. Jumladan, yosh grammatiklar tilga individual-psixik (shaxsiy-ruhiy) hodisa deb qaraydilar va uning rivojlanishida analogiya (o‗xshashlik, ergashish) va tejam, qulaylikni hal quluvchi omil deb sanaydilar. Ular jonli so‗zlashuv tiliga ko‗proq e‘tibor berish, tahlil jarayonida xayoliy rekonstruksiyalarga emas, jonli til hodisalariga tayanish lozimligi, tillararo o‗xshashlik faqat qarindoshlik asosidagina emas, o‗zaro ta‘sir zaminida ham yuzaga kela olishi, tillarning nafaqat bo‗linish, balki qo‗shilish natijasida ham vujudga kelishi kabi g‗oyalarni ilgari surishgan. Yevropa fanida Yevropada haqiqiy ilmiy tilshoslik shu metodning shakllanish va rivojlanishi bilan bog‗liq deb sanaladi. Bu bejiz emas − tilshunoslikning barcha zamonaviy yo‗nalishlari shu metodning u yoki bu ko‗rinishda o‗zgartirish asosida shakllangan va rivojlangan Jumladan, stukturalizm asoschilari deb sanaladigan Ferdinad de Sossur va Ivan Boduen de Kurtene shu yo‗nalishning yosh gramatiklar tarmog‗dan yetishib chiqqanlar. Filipp Fortunatov nomi bilan bog‗liq bo‗lgan formal tahlil yo‗nalishi ham o‗z mansaini shu tilshunoslik namoyandalaridan oladi. Turkiyshunoslikda V.V.Radlov maktabi nomini olgan qiyosiy- tarixiy tilshunoslik bu metodning yosh grammatiklar yo‗nalishi tamoyillari bilan ish ko‗rgan. Qiyosiy (qiyosiy-chog‗ishtirma), tarixiy va qiyosiy-tarixiy metodlar orasida haqiqatan ham o‗zaro o‗xshashlik mavjud – ularda ikki va undan ortiq til yoki lingvistik (lisoniy) hodisa bir-biri bilan qiyoslab tadqiq qilinadi. Bunda qiyosiy bilan tarixiy orasida farq shundan iboratki, tarixiy metodda tadqiq etiladigan, qiyoslanadigan tillar (hodisalar)ning har biri turli tarixiy davrlarga mansub va bunday tadqiqotda, albatta, davr, zamon tushunchasi va parametri (o‗lchov birligi) mavjud. Qiyosiy metodda o‗rganiladigan hodisalar orasida turli davrlarga mansublik belgisi shart emas - bu usul bilan bir davrga mansub tillar (hodisalar) ham, turli davrlarga mansub tillar (hodisalar) ham qiyoslab tadqiq etilishi mumkin. Bundan tashqari qiyosiy metod bilan ham, tarixiy metod bilan ham o‗zaro deyarli hech qanday bog‗lanishga ega bo‗lmagan tillar ham qiyoslanib, qurilish va turli qonuniyatlarning voqelanishi nuqtayi nazaridan o‗rganilishi mumkin. Qiyosiy va tarixiy so‗zlarining birikishidan hosil bo‗lgan qiyosiy- tarixiy qo‗shma (yoki juft) so‗zi metod so‗zi bilan birikkanda tamoman boshqa mohiyat kasb etadi – u G‗arbda, odatda, xususan, ilk taraqqiyot bosqichlarida asosan komparativistika deb ataluvchi va tillararo qarindoshlik – genealogik aloqalarni tillar oilasi ichida tillarning o‗zaro aloqalarini o‗raganishni, qarindoshlik doirasida bir guruh tillarning alohida-alohida hodisalarining boshqa guruh tillarida qanday va nima sababdan shunday o‗zgarishlarga uchrashini qat‗iy qonuniyatlarini, til oilasi ichida konkret tillarning o‗zaro yaqin- uzoqligini (qarindoshlik darajasini) aniqlashni, shu tillar oilasi uchun bir zamonlar yagona, yaxlit sifatida mavjud bo‗lib bo‗linib- parchalanib ketgan eng qadimgi til – bobotil (prayazik)ni, boboshakllarni (praformalarni) tiklashni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. Bundan ko‗rinib turibdiki, qiyosiy-tarixiy metod va qiyosiy tarixiy tilshunoslik ayni bir yoki turli davr tillari hodisalarini o‗zaro qiyoslab, chog‗ishtirib o‗rgansa-da, ularning maqsadi, ish usullari alohida-alohida olingan qiyosiy metod (tilshunoslik) va tarixiy tilshunoslikdan butkul farq qiladi – qiyosiy-tarixiy metod genealogik aloqalar, tarixiy perspektiva, o‗zgarish va mos kelishlarning qat‘iy qonuniyatlari, bobounsurlarni tiklash, uning keyingi davr taraqqoyoti davomida ―buzilish‖larining sabablari va yo‗llanishlarini qat‘iy qonuniyatlar sifatida belgilash bilan ish ko‗radi. Qiyosiy-tarixiy metod va qiyosiy tarixiy tilshunoslikning mana shunday mohiyatini chuqur bilmagan zohirbinlar istagan turdagi qiyoslashni qiyosiy-tarixiy metod deb baholayveradilar. Katta-katta olimlar tomonidan qiyosiy-tarixiy metod va qiyosiy tarixiy tilshunoslikning asoschisi Frans Bopp (1791- 1867), Rasmus Rask-u (1787-1837) Yakob Grimm(1785-1863)lar emas, balki Mahmud Koshg‗ariy (X1 asr) yoki arab tilshunosligi poydevorini V11-V111 asrlrda barpo qilgan Xalil ibn Ahmad va Sibovayh Basriy sanashlari mana shunday – qiyosiy-tarixiy metod mohiyatini uqmaslik, uzoqni ko‗ra biulmaslik bilan bog‗liq Qiyosiy-tarixiy metodning eng asosiy tushunchalaridan biri tovushlarning mos kelish qonunidir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, ma‘lum holat va mavqeda bir tilning (yoki oila ichidagi bir guruhlarning) biror tovushiga (tovushlar birikmasiga) ikkinchi tilda boshqa bir tovush to‗g‗ri keladi. Chunonchi, o‗zbek tilidagi so‗z boshidagi sirg‗aluvchi /y/ undoshiga qozoq tilida portlovchi affrikat /j/ mos keladi: o‗zb. yo‗q ~ qoz..joq. Bu qonunda holat deganda tovushning urg‗uli~urg‗usiz, so‗zning nechanchi bo‗g‗inida qo‗llanilishi anglashilsa, mavqe (pozotsiya) deganda tovushning so‗zning boshida (anslautda), oxirida (auslautda), o‗rtasida (inlautda), ikki unli orasida (intervokalda), qanday unli yoki undosh bilan yonma- yon kelishi tushuniladi va bularning barchasi, shuningdek so‗zning (o‗zak va qo‗shimchalarning) tarixiy-etimologik mansubiyati ham ahamiyatlidir. Jumladan, yuqoridagi o‗zbekcha~qozoqcha tovush mos kelish qonuni turkiy so‗zlargagina taalluqlidir. Tovush mos kelish Qiyosiy tarixiy tilshunoslikda qonun kuchiga, ya‘ni mutlaqlik, qat‘iylik, doimiylik, hamisha amalda bo‗lishlik kuchiga ega. Agar qonun tilning ma‘lum bir taraqqiyot davri uchungina xos bo‗lsa, qonun ichida u o‗z aksini topishi kerak: chunonchi, IX-XIII asrlarda qoraxoniylar davlati adabiy tilida – turkiy xoqoniyda (eski turkiy adabiy tilda) inlaut va auslautdagi interdental Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling