Bezak ustalari – ganchkorlar
Bezak ustalari hisolangan ganchkorlar har qanday binoni, inshootni bezashda avval uning tuzilishiga mos ganch o‗ymakorligi turini tanlashi muhim amaliy ahamiyatga ega (so‗zlashuvdan).
Ip ustalari – kashtachilar
Kashta choklari, kashta tikish va uslublarining turli-tumanligi oʻzbek kashtadoʻzlarining katta sanʼatidan dalolat beradi. Masalan, Nurota, Buxoro, Samarqanddagi ip ustalari koʻproq yoʻrma chok bilan, Shahrisabzda yoʻrma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa koʻproq bosma chok bilan tikishgan [3].
Naqsh ustasi, bezagul yaratuvchi usta – naqqosh
Naqqosh (arab.) – naqsh ustasi; bezak, gul yaratuvchi usta. Amaliy sanʼatning barcha sohalaridagi ustalarga naqsh nusxalari (axta, andozalar) tayyorlab beradi; gul bosuvchi ustalar uchun naqsh qoliplarini tayyorlab beruvchi ustalarga ham naqsh mujassamotini chizib beradi [4].
Loy ustasi – kulollar
Rishton kulollari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar
oʻzining dizayni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi
bilan ajralib turadi. Arxeologlar tomonidan olib borilgan qazishmalar, Katta Fargʻona kanali qurilishi paytida Rishton shahri va Zohidon qishlogʻi hududlaridan topilgan sopol buyumlar va uy-roʻzgʻor ashyolari, shuningdek, turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Rishton eramizdan avvalgi asrlarda ham madaniyat oʻchoqlaridan biri boʻlgan. Soʻnggi yillarda Rishton kulolchilik maktabi yana-da rivojlandi, loy ustasi yaratgan mahsulotlar barchani hayratga solib kelmoqda (Hunarmandchilik sirlari ko‗rsatuvidan).
To„quv ustasi – gilamdo„z
Qo‗lda gilam to‗qish ancha sermashaqqat ish. 1 kv.m patli gilam to‗qish uchun 20-25 kun vaqt ketadi. Patli gilamlar kalta patli va uzun patli bo‗ladi. To‗quv ustasi 1 kv.m yuzada 600-1030 tacha bog‗ bog‗lashi lozim bo‗ladi (Hunarmandchilik sirlari ko‗rsatuvidan).
Jism ustasi – haykaltarosh
Haykaltaroshlik – tasviriy san‘atning bir turi bo‗lib, tasvirlanadigan narsani hajmli, uch o‗lchovli (uzunlik, kenglik, balandlikka ega) qilib aks ettirish tamoyiliga asoslangan san‘at turi hisolanadi. O‗tmishda ham, bugungi kunda ham jism ustalari bo‗lgan haykaltaroshlar insonparvarlik g‗oyalariga xizmat qilmoqda [5].
Yoki hunarmandlar tomonidan yaratilayotgan mahsulot nomlari ham perifrazalanishini kuzatish mumkin. Masalan: billaklar naqshi – bilakuzuk; bosh bezagi, bezaklar toji, peshona shingili – tillaqosh; quloqlar quyoshi, quloqlar qandili, quloqlar ohi – halqa (isirg‗a); barmoqlar mohi – uzuk kabi perifrastik birliklarni keltirish mumkin.
Perifrastik birliklardan unumli foydalanish nutqni ta‘sirli, maqsadli va aniq yo‗naltirish vazifasini bajarishi bilan bir qatorda perifrazalarga istalgan davrda, imkon qadar sohalarda ham murojaat qilishga ehtiyoj mavjud ekanligini ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |