O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.53 Mb.
bet42/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Qilichev E. O‗zbek tilining praktik stilistikasi. Toshkent:

O‗qituvchi-1985. B. 36.

  1. Mengliyev B. Hozirgi o‗zbek tili. Toshkent: Tafakkur bo‗stoni. 2008,

B. 167.

  1. Jahonov J. Mumtoz she‘riyat latofati. Buxoro: Durdona-2014. B.60.

  2. Qurbonova M. Mustaqillik davri dostonlari lingvopoetikasi. Farg‗ona. Fil. fanlari nomzodi: dis. 2019, B. 40

  3. Abdurahmonov X., Mahmudov N. So‗z estetikasi. Toshkent: Fan. 1981, B.13

  4. Adizova N. I. Erkin Vohidov dostonlarining fonetik-fonologik xususiyatlari //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 859-867.



HUNARMANDCHILIK SOHASIDA PERIFRAZALAR


Ahmadova Umidaxon Shavkat qizi,
BuxDU o‗qituvchisi

Latipova Dildora Komiljon qizi,


BuxDU magistranti

Annotatsiya: Maqolada hunarmandchilik sohasining milliy an‘ana va qadriyatlarimizni shakllantirishdagi o‗rni va amaliy ahamiyati xususida so‗z borishi bilan birgalikda, shu sohada qo‗llanuvchi perifrazalar ham tahlilga tortilgan bo‗lib, perifrazalar


nutqning ta‘sirchanligi, badiiyligini ta‘minlovchi uslubiy vositalardan biri ekanligi asoslanilgan.


Kalit so„zlar: hunarmandchilik, lingvistika, til, tilshunoslik, tafakkur, perifraza, an‘ana, qadriyat.
Til – imkoniyatlar eshigi. Til inson tafakkuri bilan bog‗liq jarayon. Vaholanki, aniqlashtirilgan va tartibga solingan, tizimlashtirilgan tushunchalar majmuidir. Tilning bunyodkorlik qudratidan jamiyatdagi har bir shaxs o‗z shaxsi, salohiyati va qobiliyatidan kelib chiqqan holda foydalanadi. Shu jumladan, hunarmandchilik sohasida ham perifrazalarning paydo bo‗lishi hamda qo‗llanishi ham inson tafakkuriga borib taqaladi. Bilamizki, har bir mamlakatning milliyligi, an‘ana va urf-odatlari uning har bir sohasida o‗z aksini topadi. Milliy hunarmandchiligimizni, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, boyitish maqsadida ko‗plab festivallar o‗tkazilib kelinmoqda. Bugungi kunda hunarmandchilikning uch yuzdan ortiq turi mavjud bo‗lib, bularga kulollik, misgarlik, temirchilik, binokorlik, duradgorlik, toshtaroshlik, o‗ymakorlik, kashtado‗zlik, tikuvchilik, to‗quvchilik, zargarlik, zardo‗zlik, rixtagarlik, bo‗yoqchilik, tunukasozlik, yog‗ochsozlik kabi sohalarini kiritish va bu turlarni uzoq davom ettirish mumkin.
Hunarmandchilik mahsulotlari uchta yo‗nalishda shakllantirilgan bo‗lib, bular quyidagicha guruhlanadi. Jumladan:

Qadimdan ma‘lumki, shahar va qishloqlardagi mahallalarda hunarmandlarning shug‗ullangan kasb-korlariga qarab ular istiqomat qilgan ko‗chalar, guzarlar, mahallalar beshikchilar, bo‗zchilar,


kosiblar, egarchilar, kulollar kabi nomlar bilan yuritilgan. O‗z- o‗zidan anglashiladiki, hunarmandchilik an‘analari uzoq tarixiy taraqqiyotga borib tutashadi. Shunday ekan, jamiyatda qaysi soha vakili bo‗lmasin barchasining nutqi tilda, tilshunoslik ilmida o‗rganiladi va tahlilga tortiladi. Hunarmandchilik sohasida, tayyorangan mahsulot nomlarini atashda, soha vakillari nutqida perifrazalarning qo‗llanilishi milliy mahsulotlarimizni chiroyli nomlash, uning qiymatini oshirish, diqqatni tortish, xaridorgir qilish natijasida tilimizda perifrazalab gapirish va ta‘sir qilish ehtiyojini vujudga keltirdi. Jumladan: ganchkorlar bezak ustalari, kashtachilar – ip ustalari, naqqosh – bezak ustalari, kulol – buyum ustasi, me‘mor bino ustasi, gilamdo‗z to‗quv ustasi, haykaltarosh


jism ustasi tarzida ishlatiladi hamda nazarda tutiladi.
А.Hojiyevning «Lingvistik terminlarning izohli lug‗ati»da
«Narsa, hodisani o‗z nomi bilan emas, tasviriy usul bilan maʼlum kontekst, situatsiyadagi xarakterli belgi-xususiyati orqali ifodalaydigan stilistik priyom» [2, 67] tarzidagi fikrlari perifrastik birliklar tog‗risida keltirilgan izohi quyida tahlilga tortiladigan misollar bilan mutanosiblik hosil qiladi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling