O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Download 5.53 Mb.
bet55/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

yor qomatining niholga o„xshatilishi: Ushshoq ohi elidin osiyb tegmasun Qaddingki, husn bog‗ida nozik niholdur.

[1:11]

[3:119]


Mazmuni: ―Qading husn bog‗ida nozik nihol, shu tufayli oshiqlar elidan unga zarar tegmasin". ―Osiyb‖ so‗zi ―zarar‖, ―ofat‖, ―ziyon‖ ma‘nolarini anglatadi (5:216). Ma‘shuqa qomati niholga o‗xshatilgan. Bu kabi o‗xshatish ko‗plab ijodkorlar ijodida kuzatiladi. Alisher Navoiy ham undan o‗z g‗azalida foydalangan.
Yuzing guliga koʻngil ravzasin yasa gulshan, Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
[4:179]
  1. yor qomatining gul shohiga o„xshatilishi:


Qadi shohi guldek nigorim qani? Labi g‗unchadek guluzorim qani?
[4:64]
Mazmuni: ―Qadi gul shohidek nigorim qani, labi g‗unchadek gulzorim qani?‖. Baytda ikki o‗xshatish qo‗llanilgan. Ma‘shuqa qomati gul shohiga, labi g‗unchaga o‗xshatilgan. Sharq adabiyotida yor yuzi gulga o‗xshatilishini yaxshi bilamiz. Ammo yor qomatini gul shohiga o‗xshatish Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyatiga tegishli bo‗lib, muallifning o‗ziga xos individual o‗xshatishidir. Kuzatishlar natijasida boshqa ijodkorlar lirikasida bu o‗xshatishni uchratmadik.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyatida yor qomati sarv, shamshod, nihol, ra‘no, alif kabi an'anaviy o‗xshatishlar, gul shohi kabi individual o‗xshatishlarni ko‗rishimiz mumkin. Muallif ona tilining beqiyos imkoniyatlaridan unumli foydalanib, ajib tashbehlar hosil qilgan va o‗z she'riyati bo‗stonini bezagan. O‗xshatishlar Bobur badiiy mahoratini namoyon etuvchi eng muhim vositalar bo‗lib shakllangan. Adib lirik asarlaridagi ifodalangan badiiy, lug‗aviy va madaniy birliklar nafaqat o‗zbek, balki jahon adabiyoti gulshanini gulgun chechaklar bilan bezab turadi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling