O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
- Bu sahifa navigatsiya:
- BADIIY NUTQ – TILNING OBRAZLI IFODASI SIFATIDA
Foydalanilgan adabiyotlar:Alefirenko N.F. Linguocultural nature of mentality // Язык. Словесность. Культура. 1/2010. -224. Alefirenko N.F. The cognitive base of lingvosemiotics. Praesens Verlag, Wien (Austria). 2005. – P. 395. Alefirenko, N.F. The synergetics of lingvoculturology as a methodical problem. Bratislava.2005. – P. 310. Бабаева Е.В.Культурно-языковыехарактеристики отношения к собственности (на материале немецкого и русского языков) Волгоград, Ленина,1997.‒125б. Багдасарова Н.А. Соотношение вербализованных эмоций в русском и английском языках: Дисс. канд. филол. наук. ‒М.:Теория языка, 2004.‒ 182 c. Бабкина Т.И. Структурно-семантический анализ лингвокультуриого концепт а «путешествие‖(на материале русских и французских текстов по туризму)‖. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата филологических наук. Ижевск – 2009. - 24с. BADIIY NUTQ – TILNING OBRAZLI IFODASI SIFATIDAJo„rayeva Laylo Jiyanqulovna, BuxDU magistranti Annotatsiya: Mazkur maqolada badiiy nutq, uning tildagi o‗rni, obrazlilik, badiiy nutqning estetik ta‘sir etish masalalari hamda uning boshqa nutq uslublaridan farqli tomonlari yoritilgan. Kalit so„zlar: til, badiiy nutq, kommunikatsiya, ekspressivlik Biz insonlar kishilik jamiyatida yashar ekanmiz, har doim bir- birimiz bilan o‗zaro muloqotda bo‗lamiz. Mana shu muloqot jarayonida axborot uzatamiz va ma‘lum bir axborotni qabul qilamiz. Biz amalga oshiradigan mana shu kommunikatsiya jarayonida til, albatta bosh, asosiy vosita sanaladi. Bu borada tilning roli beqiyosdir. Uni hech nimaga tenglashtirib bo‗lmaydi. Til jamiyatning aloqa quroli sifatida nutq tovushlaridan, ularning o‗zaro bog‗lanishidan hosil bo‗ladigan so‗zlardan, grammatik vositalardan va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish qoidalaridan tashkil topgan ijtimoiy -tarixiy, madaniy va mantiqiy sistemadir, ma‘naviyat belgisidir. Kishilar har qanday sharoitda va faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan ma‘lum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil ko‗rinishlarining paydo bo‗lishiga olib keladi. Nutqning bu xilma-xil ko‗rinishlari nutq stillari deb yuritiladi. Nutq stillari – ifoda vositalari sistemasining muayyan aloqa doirasida maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko‗rinishlaridir. T il masalalariga katta e‘tibor qaratgan Alisher Navoiy hazratlari tilning kishilar orasida aloqa ehtiyoji sifatida paydo bo‗lganini, so‗zlash qobiliyati insonga Olloh tomonidan berilganini, ammo so‗zlarni insonning o‗zi yaratganini, nutqning quroli til ekanligini qayd etadi. Qiyoslang: ―Til muncha Sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‗lsa, tilning ofatidur.‖ Bunda Alisher Navoiy hazratlari til – jamiyatga, xalqqa aloqa quroli sifatida xizmat qilishini ta‘kidlaydi. Bunday qarash esa qadim-qadim davrlarda ham bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan. Nutq uslublarining har bir turi ijtimoy hayotning u yoki bu sohasi uchun xizmat qilishi va inson amaliy faoliyatining muayyan doirasiga mansubligi bilan farqlanadi. Shu sababli ular nutq faoliyatining ma‘lum sohasiga taalluqli bo‗ladi. Shu stillarning bir turi bo‗lgan badiiy nutq uslubi esa aksincha, inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umumga taalluqliligi, barchaga barobarligi bilan ajralib turadi. Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi. Badiiy nutq uslubi muallifga asarning estetik ta‘sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi ifoda vositalarini yaratish imkonini beradi. Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Badiiy nutq o‗zining obrazliligi bilan adabiy tilning boshqa nutq uslublaridan ajralib turadi. Obrazlilik – umuman san‘atning, shu jumladan adabiyotning ham o‗ziga xos xususiyati, turmushni aks ettirishning maxsus shaklidir. Adabiyot o‗zining bu xususiyati bilan ilm-fandan farqlanadi. Badiiy nutqda hayot voqelarining , kishilar faoliyati, xatti- harakati, fikr-o‗yi va his-tuyg‗ularining obrazlar, manzaralar orqali aks ettirilishi yozuvchining umumxalq tilidagi so‗z va ifoda vositalarini tanlash va ishlatish prinsipiga ham ta‘sir etadi. Asarning g‗oyaviy mazmunini ochishda jonli so‗zlashuv nutqi elementlaridan, shevaga oid so‗zlardan, arxaizmlardan, kasb-hunarga oid so‗zlardan ham foydalaniladi. Masalan, Abdulla Qahhorning ―O‗tmishdan ertaklar‖ asaridan keltirilgan quyidagi parchada o‗zbek tilining xilma- xil leksik qatlamiga oid so‗zlarni uchratish mumkin. Hutning o‗rtalarida kimdir Qo‗qondan: ―Oqqposhsho taxtdan tushibdi, Hurriyat bo‗libdi‖, degan gapni topib keldi. Butun qishloq va bor qimirlagan jonning podshoga katta -katta da‘volari , hurriyatdan behisob umid va orzulari borday, garchi da‘vo va umid orzulari nimadan iborat ekanini hech kim aniq ayta olmasa ham, Buvayda arafa tusini oldi. Hammaning nazarida hurriyatning chashmasi – mardikorlikka ketganlarning beto‗xtov shu kuni, shu soatda qaytib kelishi, shu voqea bo‗lsa hurriyatning boshqa ne‘matlari kelaveradiganga o‗xshadi. Bir hafta o‗tdi, ikki hafta o‗tdi, mardikorlardan darak bo‗lmadi: aksincha allaqayerda yana mardikor olinayotgani haqida ovoza tarqaldi. Junbushga kelgan asalarining uyasiday g‗uvillagan qishloq yana jim-jit bo‗ldi-qoldi. Hut o‗tdi. Hamalning oxirlarida ―Mardikorlarga javob bo‗libdi‖, degan xabar tarqaldi… Oradan ko‗p o‗tmay , mardikorlardan oldinroq sovuq bir xabar yetib keldi. Qo‗qondagi katta to‗ralardan biri ― poshsholik o‗z izzati bilan poezdga solib yuborgan‖ mardikorlar mezonga qolamay batamom etib kelishdi, ―izzatini bilmay qochib ketganlar‖ ga aza ochildi. Uzoq yurtlardan kuzga yaqin yetib kelgan mardikorlar ―Lenin‖, ―bolishbek‖ degan so‗zlarni olib kelishdi. Bu so‗zlarning ma‘nosini shu kunlari Jarbuloqdan kelgan katta ammamning o‗gay o‗g‗li Saidakbarxon eshondan bildik. Adabiy asarlarda individual xususiyatlar asarning badiiylik qimmatini belgilovchi asosiy o‗lchovlardan biridir. Agar asar uslubida individuallik sezilmasa, bunday asar badiiy sayoz asar sifatida tasavvur qilinadi. Yozuvchining adabiy asarda voqelikni badiiy idrok etishi, obraz yaratishi, asar kompozitsiyasi bilan bog‗liq bo‗lgan individual xususiyatlarning hammasi asar tilida yorqin namoyon bo‗ladi. Yozuvchi qanday voqea va hodisalarni tasvirlashga harakat qilsa, uning asarlarida ham xuddi ana shu voqea va hodisalarni ifodalovchi so‗zlar, til elementlarining ko‗proq qo‗llanilishi tabiiydir. Yozuvchilar individual so‗z ijod etishda tilning morfologik elementlaridan ham foydalanadilar. Chunonchi, -zor affiksi o‗zbek tilida jonsiz predmetlarga nisbatan qo‗llanilib, o‗zakdan anglashilgan predmetning bo‗lish o‗rnini bildiradi. Masalan, paxtazor, daraxtzor kabi. Lekin shoir Muqimiy bu affiksni shaxsga nisbatan qo‗llab, yangi individual so‗z yaratadi: ―Do‗rmoncha‖ga ketdim o‗tib Yoqamni har soat tutib, Yotdim ul oqshom g‗am yutib, Dashti qaroqchizor ekan. Badiiy nutq haqida gapirar ekanmiz, u davrning ijtimoiy-siyosiy muammolarini badiiy bo‗yoqlar va obrazli vositalar yordamida ifodalaydi. Biz har birimiz nutqimizda badiiy tasvir ifodalari va obrazli vositalardan foydalanamiz. Masalan, biz kundalik hayotda ko‗p duch keladigan: Q izim uyni chinnidek tozalab qo‗y. Qizim uyni yog‗ tushsa yalagudek tozalab qo‗y... kabi gaplarda ekspressivlikni ko‗ramiz. Bu yerda badiiy ta‘sirchanlik 1-gapda o‗xshatish qo‗shimchasi orqali, 2- gapda esa ibora orqali yuzaga chiqqan. Badiiy nutq avvalo bizning hissiyotimizga ta‘sir qilib, uni junbushga keltiradi. Shuning uchun ham badiiy nutq estetik vazifa bajaradi, deyiladi. Badiiy nutq uslubi boshqa uslublardan dastlab o‗zining obrazliligi, va estetik ta‘sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til leksikasining barcha qatlamlari ishtirok etadi. Chunki, ilmiy va publitsistik uslublar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini ifodalasa , badiiy uslub inson faoliyatining turli qirralarini o‗zida aks ettiradi, barchaga taalluqli bo‗ladi. Badiiy asar kishiga ma‘lumot berish bilan birga, timsollar(obrazlar) vositasida estetik ta‘sir ham ko‗rsatadi: O‗lkamizda fasllar kelinchagi bo‗lmish bahor o‗z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‗zlari sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Shuning uchun ham badiiy nutq uslubiga aralash uslub sifatida ham qaraladi, chunki bu uslubda so‗zlashuv va kitobiy uslublarga xos o‗rinlar ham uchraydi. Unda turli kasb-hunar, fan-texnika, xalqning maishiy hayotiga tegishli rang- barang so‗zlar qo‗llaniladi. Shu tufayli shoir va adiblar hammaga ma‘lum til vositalaridan o‗zigagina xos usulda foydalanishga harakat qiladilar. Shaxsiy obrazlilik publitsistik uslubga ham xosdir. Obrazlilik so‗zlashuv uslubida ham bo‗ladi. Badiiy nutq uslubining adabiy tilning boshqa nutq uslublaridan farqlanuvchi asosiy xususiyatlari quyidagilar: o‗quvchi yoki tinglovchiga estetik ta‘sir etishni maqsad qilib qo‗yadi; badiiy obraz yaratish vositasi bo‗lib xizmat qiladi; unda adabiy tilning barcha nutq uslublarining elementlari birga qo‗shilib, aralash qo‗llanilishi mumkin; til vositalaridan individual-ijodiy foydalanish, ularni tanlab ishlatish ham bu uslubning o‗ziga xos xususiyatlaridan sanaladi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling