O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Download 5.53 Mb.
bet58/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.А.Shomaqsudov, I.Rasulov, R.Qo‗ng‗urov, H.Rustamov. O‗zbek tili stilistikasi.‒Toshkent: O‗qituvchi,1983.‒30-35-b.
2.Xudoyberdiyeva Z.N, Mamarajabov M.M. Til va madaniyat: o‗zaro munosabat va o‗zaro ta‘sir masalasi//Zamonaviy ta‘lim.‒Toshkent,2016.‒№1.‒30-34 b.

BADIIY ASARLARDA DIALEKTIK BIRLIKLARNING


QO„LLANILISHI (“Shum bola” qissasi misolida)

Raxmonova Fotima,


Buxoro 3-bosqich talabasi


Annotatsiya: Ushbu maqolada o‗zbek xalqining o‗chmas siymosi bo‗lmish adibimiz G‗afur G‗ulomning barchaga ma‘lum va mashhur bo‗lgan ,,Shum bola‖ qissasi misolida sheva va lahjaga oid so‗zlarning ma‘nosi izohlangan.
Kalit so„zlar: Sheva, lahja, qarluq-chigil-yag‗mo, qipchoq, o‗g‗uz, fonetik, morfologik, jarangli-jarangsizlik, ohangdoshlik, adabiy til.

Badiiy asarlarni o‗qir ekanmiz, beixtiyor unda tasvirlangan muhit, hayotga kirib qolgandek bo‗lamiz. Asar qahramonlari bilan birga yashaymiz, ularning olamiga xayolan bo‗lsa-da, sayohat qilamiz. Badiiy asarlarda qahramonlar nutqida turlicha nutq shakllari, xususan, shevaga oid so‗zlar, iboralar juda ko‗p uchraydi. Muallif tomonidan muayyan qahramonning qaysi hududga mansubligi yoxud uning haqida turlicha ma‘lumotlar-u taassurotlarni singdirish uchun ham aksariyat hollarda dialektik birliklar qo‗llaniladi. G‗afur G‗ulomning


,,Shum bola‖ qissasida ham buning guvohi bo‗lishimiz mumkin. Asarda mavjud shevaga oid so‗zlarni tahlil qilishdan oldin sheva va lahjalar haqida qisqacha ma‘lumot berib o‗tishni joiz bildik.
,,Sheva‖ atamasi forscha so‗z bo‗lib, ovoz, til, so‗zlashish, odat, yo‗sin, ravish kabi ma‘nolarni ifodalab, biror tilning o‗ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo‗lgan kichik qismi. Lahja atamasi arabcha so‗z bo‗lib, ifoda, so‗z, sheva, ovoz kabi ma‘nolarni ifodalaydi. Mazkur xususiyatlarni o‗zida birlashtiruvchi shevalar yig‗indisi demakdir. O‗zbek milliy tilini tashkil tashkil etuvchi turli tuman shevalarni uch lahjaga birlashtirish mumkin. Bular: 1) qarluq-chigil-uyg‗ur lahjasi;

      1. qipchoq lahjasi;

      2. o‗g‗uz lahjasi.

O‗zbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil- uyg‗ur lahjasi hozirgi o‗zbek milliy adabiy tilining me‘yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan deb, alohida ajraladi. Buning
boisi shundaki, o‗zbek xalqining shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida mavqega ega. Farg‗ona, Toshkent, Namangan, Qarshi viloyatlari bu lahjada ko‗proq so‗zlashishadi.
Lahjaning fonetik xususiyatiga keladigan bo‗lsak, y lashgan shevalardan. Unli tovush uyg‗unligi yoki ohangdoshlik hodisasi uchramaydi. Morfologik xususiyati ayrim hollarda tushum kelishigi - di,-ti qo‗shimchasi bilan qo‗llaniladi. Masalan: Kitobti oldi. Ayrim hollarda o‗rin payt kelishigi o‗rnida –ta qo‗shimchasi qo‗llaniladi. Masalan: Toshkentta yashaydi. Bu lahjaning e‘tiborli jihati shundaki, jarangsizlashish holati kuchli. Yuqoridagi misollarda buni yaqol ko‗rishimiz mumkin.
Qipchoq shevalarining adabiy til lug‗ati, xususan, adabiy tilning uslubiy imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor. Masalan: [qirqim], [o‗tov], [to‗l], [sarimoy], [chakki], [chalop], [bovur], [uloq], [sovliq] kabi chorvachilik; [quyruq],[patir],[tovoq],[kulchatoy],[lochira] singari pazandachilik atamalari qipchoq shevalaridan kirib kelgan. Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxandaryo, Shimoliy Xorazm bu lahjada so‗zlashadi. Fonetik xususiyati haqida gapiradigan bo‗lsak, adabiy tildagi y undoshi o‗rnida j undoshi keladi. Masalan: yozdi-jazdi, yurdi-jurdi, yulduz-julduz. So‗z o‗rnida q undoshi g‗ ga o‗tadi. Masalan: oqar- og‗ar,yoqar-yog‗ar. Morfologik xususiyati jo‗nalish kelishigidagi kelishik olmoshlari quyidagicha qo‗llaniladi. Masalan: mag‗an(menga), sag‗an(senga), ug‗an(unga). -di va -ti qo‗shimchalari jarangli va jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‗zlarga qo‗shiladi: Peshakti qivip ketti, Karimdi bazara jigar.Yuqoridagi misolda qarluq lahjasidagidek –ni tushum kelishigi orasida –di shakli qo‗llanilgan. Yubor so‗zi esa jigar tarzda qo‗llanilgan. Unlilarda uchraydigan singarmonizm hodisasi ham shu lahjada yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Adabiy tilning rivojlanishida o‗g‗uz lahjasi ham ma‘lum darajada hissa qo‗shgan. Buning uchun adabiy tildagi [Yoshulli], [o‗g‗lon], [buyon], [qaydin], [qarago‗z] kabi qator so‗zlarni keltirishimiz kifoya. Xiva, Xonqa, Urganch, To‗rtko‗l, Toshovuz kabi hududlar shu shevada so‗zlashadi. O‗g‗uz lahjasining fonetik xuxusiyatida jarangsiz tovushlarning jarangli bo‗lish hodisasi mavjud. Masalan: til-dil, tilak- dilak, tuz-duz, keldi-geldi tarzda so‗zlar qo‗llaniladi.
Endi G‗afur G‗ulomning ―Shum bola‖ qissasida qo‗llanilgan sheva va lahjalarga e‘tiborimizni qaratsak:

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling