O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Hozirlik. 1.Adabiy o‗qish va so‗zlash. 2.Yozuv ishlari. 3. Nahv. Hozirlik
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asos, ya‟ni kurs
- Ona tili o„qitish metodikasi” fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari.
Hozirlik. 1.Adabiy o‗qish va so‗zlash. 2.Yozuv ishlari. 3. Nahv.
Hozirlik. 1. Adabiy o‗qish va so‗zlash. 2. Tahrir. 3. Sarf, nahv. Dasturda materiallar kurslar bo„yicha quyidagicha taqsimlandi: Asos, ya‟ni kurs. 1. Adabiy tekshirish. 2. Tahrir. Asos. 1.San‘at asarlari. 2.Umuman, san‘at asarlariga va xususan, she‘riy asarlarga tarixiy jihatdan qarash. 3.Asl adabiyot tarixiga hozirlik ma‘lumoti. 4.Yozuv, alifbo, yozuvning qanday tug‗ilishi. Ayniqsa, 1924-1929-yillar oralig„i xalq maorifi sohasida, o„zbek (ona) tili, adabiyot va o„zbek adabiyotshunosligida erishilgan yutuqlar maktab ta‟lim-tarbiya ishlariga, maktab ta‟limi mazmuniga o„zbek (ona) tili va adabiyot o„qitish ishlariga jiddiy ta‟sir etdi, metodik ishlarning yuzaga kelishini ta‟minladi.87 To„g„rirog„i, O„rta Osiyo mutafakkirlarining turkiy til, uning ta‟limi, turkiy tilning ta‟lim-tarbiya tizimidagi o„rni xususidagi O„rxun-Enasoy yodgorliklari davridan toki XX asr boshlarigacha 86Ғуломов А., Расулов И., Рустамов Ҳ., Мирзааҳмедов Б. Ўзбек тили ўқитиш методикаси.– Т.:Ўқитувчи, 1975. –280 b.; Ғуломов А., Қодиров М. Она тили ўқитиш методикаси. –Т.:Университет, 2001.– 220 b.; Ғуломов А., Қосимова Н. Она тили методикаси. – Бухоро: Университет, 2004. 87 Ғуломов А., Қосимова Н. Она тили методикаси. – Бухоро: Университет, 2004. 72 bo„lgan, badiiy88 hamda ilmiy89 asarlari sirasidagi qarashlari muayyan fan tusini ola boshladi. (Demoqchimizki, hech qachon sababsiz oqibat bo„lmaganidek, “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fani ham o„z- o„zidan paydo bo„lgani yo„q. Sovet tuzumi davrida davr taqozosiga ko„ra o„zbek (ona) tilini ta‟lim o„choqlarida maxsus o„quv predmeti sifatida o„qitilishining yo„lga qo„yilishi “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fanining ta‟sis etilishiga turtki bo„ldi.) Demak, XX asrning 30-yillaridan boshlab pedtexnikum hamda oliy o„quv yurtlarida “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fani maxsus o„qitila boshladi. Mazkur fanga tegishli qo„llanma hamda darsliklarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish ishlari esa XX asrning 40-yillaridan boshlandi. “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” bo„yicha yaratilgan ilk qo„llanma va darsliklar quyidagilar bo„ldi: Fessalonitskiy S.A. Ona tili metodikasi (o„quv qo„llanma).– Toshkent: Toshkent Davlat O„quv-pedagogika nashriyoti, 1940. Mazkur o„quv qo„llanmada ona tili ta‟limiga doir dastur, dars mazmunnomasi namunalari berildi. Yozma nutq o„stirish masalasiga keng e‟tibor qaratildi. Til fanining bo„limlari(morfologiya va sintaksisdan tashqari)ni o„qitish metodikasiga oid qimmatli ma‟lumotlar tavsiya etildi. Shams M. O„zbek tili o„qituv metodikasi (metodik tavsiyalar).– Toshkent, 1950. Mazkur metodik tavsiyalarda ona tili darslarini tashkillashtirish, o„tkazish metodlari ko„rsatib berildi. Til fanining bo„limlari(orfografiya va punktuatsiyadan tashqari)ni o„qitish metodikasiga oid chizmalar tavsiya etildi. O„zbek tili o„qitush metodikasi. I qism. (O„quv qo„llanma. Faxri Kamol tahriri ostida.).– Toshkent, 1952. Mazkur o„quv qo„llanmada grammatika o„qitish masalasiga ko„proq e‟tibor qaratildi. Rustamov H. Sintaksis va punktuatsiya o„qitish metodikasi (o„quv qo„llanma).–Toshkent, 1960. 88Навоий А. Лисонут тайр. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриѐт матбаа бирлашмаси, 1991. – 465 б.; Айний С. Эски мактаб. – Т.: Ўздавнашр, 1979. – 56 б.vab. 89Навоий А. Муҳокаматул луғатайн. 15 томлик. 14-том. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги бадиий адабий нашриѐт, 1967.; Абдуллаев Й. Эски мактабда хат-савод ўргатиш. – Т.: Ўрта ва олий мактаб, 1960. – 152 б.; Дониѐров Х. Алишер Навоий ва ўзбек адабий тили. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1972. – 76 б. va b. 73 Mazkur o„quv qo„llanmada ham grammatika o„qitish masalasiga ko„proq e‟tibor qaratildi. Ammo nutq o„stirish masalasi e‟tibordan chetda qoldi. Abdurahmonov N. O„zbek tili o„qitish metodikasi (o„quv qo„llanma).–Toshkent, 1969. Mazkur o„quv qo„llanma yuqorida sanab o„tilgan adabiyotlarga qaraganda til fanining bo„limlarini o„qitish metodikasini bir qadar batafsil yoritdi-yu, nutq o„stirish masalasiga yetarlicha etibor bermadi. Bizningcha, buning o„ziga xos sabablari bor edi: nutq – tafakkur mahsuli. Shuning uchun ona tili ta‟limi oldiga qo„yilgan muhim talab– o„quvchilar tafakkurini rivojlantirish. Fikrni bayon qilish tafakkur va til orqali amalga oshadi. Ularning o„zaro munosabati juda murakkab jarayondir. Tafakkur tashqi olamning kishi miyasida aks etishining oliy shakli bo„lsa, til tafakkurni ma‟lum shaklga solib, so„zlar, so„z birikmalari va gaplar bilan ifodalash vositasi hisoblanadi. Tafakkur qancha rivojlantirilsa, o„quvchining fikr bayon qilish mahorati ham shuncha yuqori bo„ladi. Zero, tafakkur ildizlari hamisha milliy o„zlikdan ozuqa oladi. Ya‟ni har bir millat bolasining tafakkuri o„sha millatning o„ziga xos milliy qadriyatlari, an‟analari, urf-odatlari, udumlari, turmush tarzi orqali shakllanadi va rivojlanadi. Sovet tuzumi esa SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalarda millat bolalariga milliy tarbiya berilishiga yo„l qo„ymas edi. Sovet davrida butun ittifoqda ta‟lim tizimi yagonaligi niqobi ostida rus va milliy maktab darsliklarining mazmunan bir xilligi talab qilinar edi. Shuning uchun nafaqat aniq va tabiiy fanlar bo„yicha, hattо tarix-u geografiya darsliklarini ham rus tilidan tarjima qilib, milliy maktablarda qo„llash va ommalashtirish keng amalda edi. Oliy va o„rta maxsus ta‟lim tizimi uchun Moskva har bir o„quv fanidan barcha respublikalar uchun majburiy namunaviy dasturlar ishlab chiqar, shu usul bilan ta‟lim maqsadi, mazmuni va usulidagi yagonalikni ta‟minlar edi. Bu tazyiq o„sha paytlarda shu darajaga yetdiki, namunaviy dasturlardan milliy ruh hamda sharoitni berish uchun har qanday chetga chiqish millatchilik va ittifoq birligini buzishga qaratilgan davlat jinoyati sifatida bahonalanar, qattiq ta‟qib qilinar edi. Pirovard oqibatda, hatto ona tili darsliklarida milliy tilning qurilishi talqinlari ham rus tili qurilishiga mumkin qadar “yaqin”lashtirildi. Xo„sh, bunday sharoitda nutq o„stirish haqida nima deyish mumkin edi?! 74 (1970-yilda maktab ta‟limini hayot bilan bog„lashni mustahkamlash shiori ostida o„quv predmetlari mazmuni qayta ko„rib chiqildi va bir qadar yangilandi. Natijada ona tili ta‟limi oldiga o„quvchilarning uslubiy-imloviy savodxonligini ta‟minlash, adabiy til me‟yorlarini ommalashtirish bilan bir qatorda yozma va og„zaki nutqni rivojlantirish maqsadlari ilgari surilgan bo„lsa-da, bu ona tili dasturida “bog„lanishli yozma va og„zaki nutqni o„stirish” bo„limini qo„shish unga har bir sinfda yozma ishlar uchun ma‟lum miqdorda o„quv soati ajratish bilan cheklanildi. Ona tili dastur va darsliklarining asosiy mazmuni o„zbek tili grammatik qurilishi S.Barxudarov darsliklarida o„z aksini topgan rus tili qurilishi talqiniga mos tizim sharhi bilan cheklangan edi. Asosiy o„quv materiali va darslarning mazmuni yangi maqsad – o„quvchilarning uslubiy-imloviy savodxonligini rivojlantirish bilan har tomonlama uzviy bog„lanmagan edi. Ona tili ta‟limi mazmuni hamda ta‟limiy topshiriqlar orasida nomutanosiblik vujudga keldi. Ona tili materiallari asosida tilshunoslik asoslarini o„rganish va yozma ishlar uchun ajratilgan o„quv soatlarida yozma nutq o„stirish mashg„ulotlari bir-biridan ajralgan, o„zaro uzviy bog„lanmagan edi.) To„g„ri, 1970-yillardan keyin yuzaga kelgan qator metodik tavsiyalar-u tadqiqotlarning aksariyati nutq o„stirish masalasiga qaratilgan bo„lsa-da, ular ham sovet davrining “qizil ip”i orasida ish ko„rishga majbur bo„ldilar. G„ulomov A., Rasulov I., Rustamov H., Mirzaahmedov B. O„zbek tili o„qitish metodikasi (o„quv qo„llanma).–Toshkent: O„qituvchi, 1975. Ushbu o„quv qollanma o„z davri uchun yaratilgan eng maqbul adabiyot bo„lib, undan oliy ta‟lim tizimida qariyb 1990-yillargacha foydalanildi. Bu ishlarda garchand so„zlarni turkumlarga ajratish, orfografiya va punktuatsiyani o„qitishni til bilimlari bilan uzviy aloqadorlikda amalga oshirish borasida ijobiy fikr-mulohazalar bayon etilgan bo„lsa- da, ammo orfografik va punktuatsion malakalarni takomillashtirish maqsadida qanday mashqlar tizimidan foydalanish, ayniqsa, o„quvchilarning nutqiy malakalarini rivojlantirishda qo„l keladigan ijodiy-amaliy ishlar borasida aniq yo„nalish belgilanmagan. Sababki, XX asrning 90-yillariga kelib ona tili ta‟limi maqsadi va mazmuni bir- birini inkor etadigan holga kelib qolganligi yaqqol sezildi, sababki 75 ta‟lim mazmuni til qurilishi bo„yicha nazariy bilimlardan iborat bo„lib qoldi. Ona tili darsliklari tilshunoslik faniga aylantirib qo„yilgach, tabiiyki, nutq o„stirish grammatizm soyasida qolib ketdi. Ayniqsa, lingvistik tahlillarga katta e‟tibor qaratilib, pirovardida, tilshunoslik asoslari o„quvchining til qurilishi bo„yicha nazariy bilimini baholash parametriga aylantirib qo„yildi. 1940-yillardan boshlab o„zbek tili o„qitish metodikasi bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlarini M.Shams, F.Kamol kabi olimlarning o„quvchilarning yozma nutqini o„stirishga qaratilgan tadqiqotlari boshlab berdi. 1960-1980-yillar oralig„ida o„zbek tili o„qitish metodikasi bo„yicha o„ttizga yaqin nomzodlik dissertatsiyasi90 himoya qilindi. Respublikamiz o„z mustaqilligini qo„lga kiritgach, ona tili o„qitish metodikasiga oid ilmiy tadqiqotlar ko„lami ancha kengaydi. O„tgan qisqa davr ichida ona tili o„qitishning o„ta muhim muammolariga oid bitta doktorlik va 20dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Askar G„ulomov, Muhammadjon Qodirov, Nazira Qosimova, Boqijon To„xliyev, Muyassar Shamsiyeva, Tursunoy Ziyodovalar muallifligida ona tili o„qitish metodikasi o„quv qo„llanmalari91 amaliyotga tatbiq etildi. 90 Хайруллаев К. Бухоро вилояти мактабларининг 5-6-синфларида она тилидан ўқувчиларнинг типик орфографик хатолари ҳамда унинг олдини олиш ва бартараф этиш йўллари:п.ф.н. дисс. автореф.–Т.,1957.–24 б.; Турсунов С. Ўзбек мактабларининг 4-синфларида грамматикани ўқитиш методикаси: п.ф.н. дисс. автореф.–Т., 1957.–32 б.; Абдуллаев Й. Эски ўзбек мактабларида (1865-1917 йиллар) савод чиқариш: п.ф.н. дисс. автореф.– Т., 1961.–21 б.; Абдураззоқова Қ. Она тилидан 5-синфларда ўқувчилар фаоллигини ошириш. п.ф.н. дисс. автореф.–Т., 1964.–25 б.; Мирзааҳмедов Б. Ўзбек мактабларининг 6-синфларида қўшма сўзларни ўқитиш методикаси: п.ф.н. дисс. автореф.–Т., 1965.–32 б.; Қосимова К. 5-синфларда она тили дарсларида луғат устида ишлаш: п.ф.н. дисс. автореф.–Т., 1966.–25 б.; Омилхонова М. 8 йиллик ўзбек мактабларида ўқувчилар нутқини синонимлар билан бойитиш: п.ф.н. дисс. автореф.–Т., 1967.–16б.; Розиқов О.Ўзбек мактабларининг бошланғич синфларида ўқувчиларнинг мустақил ишлари: п.ф.н. дисс. автореф. –Т., 1967.– 32 б.; Коэнов Ш. Ўзбек мактабларининг бошланғич синфларида ўқувчиларни баѐн ѐзишга ўргатиш: п.ф.н. дисс. автореф.–Т., 1973.–29 б.; Иноғомова Р. Феъл замонларини ўрганишда ўқувчиларнинг нутқи устида ишлаш: п.ф.н. дисс. автореф. –Т., 1974.–29 б.; Шукруллаев Н. Ўзбек мактабларининг 8-синфларида қўшма гап синтаксисини ўқитишда ўқувчилар нутқини ривожлантириш: п.ф.н. дисс. автореф. – Т., 1975.–32 б.; Ғуломов А. Ўзбек мактабларининг 4-синфларида она тили дарсларида ўқувчиларнинг мустақил ишлари: п.ф.н. дисс. автореф. – Т., 1975.– 24 б. vab. 91Ғуломов А., Қодиров М. Она тили ўқитиш методикаси. –Т.: Университет, 2001.; Ғуломов А., Қосимова Н. Она тили методикаси. – Бухоро: Университет, 2004.; Тўхлиев 76 “Ona tili o„qitish metodikasi” fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari. Ma‟lumki, pedagogika institutlari va universitetlarning filologiya fakultetlari bakalavriyatini bitirib chiqadigan mutaxassislarning asosiy qismi o„zbek tili va adabiyoti fani o„qituvchisi sifatida umumiy o„rta maktabga boradi. Shu bois, bo„lajak mutaxassislar uchun “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fani yetakchi fanlardan biri bo„lib, uning oliy o„quv yurtlarida o„qitilishi muhim zaruratdir. “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fanining oliy o„quv yurtlarida o„qitilishi maktabda ona tili fanining tutgan o„rni bilan ham belgilanadi. “Ona tili” maktab ta‟limi tizimida yetakchi fanlardan biri bo„lib, jamiyat a‟zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og„zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o„rgatadi. Shuningdek, ona tili ta‟lim tizimidagi barcha o„quv predmetlari va fanlarni o„rganish hamda o„rgatish vositasi hamdir. “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fanining ilmiy tadqiqot obyekti ona tili ta‟limining umumiy va xususiy maqsadlari, mazmuni, vositalari, usul va metodlari mutanosibligini ta‟minlash asosida tashkil etilgan o„quv jarayoni hisoblanadi. “O„zbek (ona) tili o„qitish metodikasi” fanining predmeti esa maktabda ona tili o„qitish jarayonidir. Bu jarayon: ona tilidan o„quvchilarga beriladigan zaruriy bilimlar silsilasi; shu bilimlarga muvofiq keladigan malaka va ko„nikmalar tizimi; ijodiy faoliyat usullari; o„qituvchi va o„quvchi faoliyatini o„z ichiga qamrab oladi. Ona tilidan zaruriy bilimlar silsilasi bu bir-biriga uzviy bog„liq bo„lgan va o„quvchilar egallashi zarur bo„lgan til materiallari– tushunchalar, qoidalar, ta‟riflar, o„quv topshiriqlarini o„z ichiga qamrab oladi. Xo„sh, bilim nima? Bilim insonning kundalik hayotida orttirgan tajribalari, umumlashmalari, takrorlanib turuvchi hodisalarda ochgan qonuniyatlari bo„lib, avloddan avlodga yetkaziladi. “Bilim – moddiy borliqning inson ongidagi in‟ikosi, tajribada sinalgan aniq natijalaridir.”92 Bilimlar asoslar, tamoyillar, qonunlar tarzida mavjud. Б., Шамсиева М., Зиѐдова Т. Ўзбек тили ўқитиш методикаси. –Т.: Янги аср авлоди, 2006. 92Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудова М., Адизов Б. Дидактика. – Т.: Фан, 1997. – 85-б. 77 Insonnining faol va bunyodkor ongi va tafakkurining mahsuli bo„lgan bilim insonni hayvondan farqladi. Lekin ta‟lim tizimi ta‟lim mazmuni tarkibiga kiritiladigan bilimlar silsilasiga o„zgacha yondashadi – u ta‟lim oluvchiga berilishi, singdirilishi zarur bo„lgan bilimlarni ta‟lim maqsadi “elagi”dan o„tkazadi va, albatta, beriladigan bilimlarni pragmatik ahamiyati, ya‟ni olingan bilimlarni amaliy qo„llash – tatbiq va ijodliylik imkoniyatlari nuqtayi nazaridan baholaydi. Shuning uchun bilim/ilm umuman va ta‟lim mazmuni tarkibiy qismi sifatida belgilangan bilimlar/ilmiy talqin va tahlil asoslari ayni bir narsa emas – ta‟lim mazmuni tarkibiga kiritilgan bilimlar silsilasi umumiy bilim/ilmning ta‟lim maqsadi nuqtayi nazaridan tanlangan, ta‟lim oluvchininig yoshi, aqliy, jismoniy, kasbiy (faoliyat) xususiyatlari va ijtimoiy (jumladan, kasbiy) ehtiyojlariga muvofiqlashtirilgan bo„lagi, parchasidir. U, albatta, pragmatik ahamiyatli – tatbiq etiladigan va uning asosida ijod qilish mumkin bo„lgan xususiyatlarga ega bo„lmog„i zarur. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling