O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Fanning o„zbek tilshunosligi bilan aloqadorligi


Download 1.17 Mb.
bet32/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Fanning o„zbek tilshunosligi bilan aloqadorligi. “O„zbek(ona) tili o„qitish metodikasi” garchand pedagogik sikldagi fan sanalsa-da, uning ilmiy asosini o„zbek tilshunosligi hozirgacha qo„lga kiritgan yutuqlar tashkil etadi. Til ilmi sohasida erishilgan ilmiy yutuqlarning aksariyati maktab ona tili kursining mazmuniga ta‟sir ko„rsatadi: zarurat tug„ilganda uni yangilash ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ta‟kidlash lozimki, o„zbek tilshunosligi erishgan barcha yutuqlarni o„rta umumta‟lim maktablari o„quvchisiga o„rgatishning iloji ham, zarurati ham yo„q. Demak, “O„zbek(ona) tili o„qitish metodikasi” til ilmi sohasida qo„lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o„quvchiga o„qitish lozimligini ham hal qiladi.
O„rta umumta‟lim maktablarida ona tili kursi bolalarga ona tilimizning keng va rang-barang imkoniyatlaridan o„rinli hamda samarali foydalanish yo„llarini o„zbek tili grammatikasidan zaruriy ma‟lumotlarni o„qitish orqali o„rgatadi. Albatta, bunda o„quvchilarning yoshi, taraqqiyot darajasi, nutqiy me‟yor kabilar hisobga olinadi. Til bir butun tizim bo„lganligi sababli maktab ona tili kursining har bir bo„limi ikkinchisi bilan bog„lanaveradi. Masalan, Insoniyat taraqqiyotini kitobsiz tasavvur etib bo‗lmaydi jumlasini olsak. Jumla tarkibidagi birliklarning tovush tizimini fonetika; so„z va uning ma‟nolarini leksikologiya; gapdagi nutdiy birliklarning tarkibiy qismini morfemika; gapda so„zlarning sintaktik aloqaga kirishuvini sintaksis va h.lar o„rganadi. Demak, bitta voqelikka turli jihatdan yondashiladiki, bu ayni paytda mohiyatning serqirraligi bilan xarakterlanadi.
Unutmaslik kerakki, “har qanday ta‟lim va tarbiyada eng asosiy omil –muallim, uning tafakkur dunyosidir.”(A.Disterveg)
O„rta umumta‟lim maktablarida ona tili ta‟limi nafaqat “Hozirgi o„zbek tili” kursi, balki “Tilshunoslik nazariyasi”, “Til tarixi”, “Shevashunoslik”, “O„zbek tilshunosligi tarixi”, “Pragmalingvistika” singari fanlar bilan ham, asosiysi, milliy tarbiya bilan aloqador.
Fanning nutq madaniyati bilan aloqadorligi. “O„zbek(ona) tili o„qitish metodikasi” nutq madaniyati bilan ham uzviy bog„liq. Zero, nutq madaniyati asoslarini puxta bilgan o„qituvchilar o„quvchi nutqi ustida samarali ishlay oladi. Ma‟lumki, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida o„rtaga qo„yib
84
kelingan. U ta‟limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan, keyinchalik Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda notiqlik san‟at darajasiga ko„tarilgan. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro„-e‟tibori va yuqori lavozimlarga ko„tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog„liq bo„lgan. Grek notig„i Demosfen (eramizdan oldingi 384-322) va Rim notig„i Sitseron (eramizgacha 106-43) larning hayoti fikrimizni dalillaydi.
O„rta Osiyo tarixida ham nutq madaniyatiga erishish o„ziga xos tizimga ega bo„lgan. Masalan, Mahmud Qoshg„ariyning “Devonu lug„otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilig” asarlari bu masalaning juda qadimdan o„qimishlilar uchun muhimligidan dalolat beradi. U paytlar “nutq odobi” deb yuritilgan sodda va o„rinli gapirish, qisqa va mazmundor so„zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, keksalar va ustozlar oldida gapirganda odob saqlash, to„g„ri, rost va dadil gapirish, yolg„onchilik va tilyog„lamalikni qoralash singari bir qator qoida va ko„rsatmalar bugun biz “nutq madaniyati” deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o„zidir.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilig” dostonida ham “Til fazilatlari, foyda va zararlari haqida”, “Til ardami” deb nomlangan maxsus boblari borki, ular so„zlash madaniyatiga bag„ishlangan. Asardagi

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling