Boshlang„ich bo„g„in(I-IV sinflar)da ona tili ta‟limi maqsadi nimadan iborat?
Tayanch bo„g„inda (V-XI sinflar)da ona tili ona tili ta‟limi maqsadi qanday belgilangan?
O„rta maxsus ta‟limda tahsil olayotgan o„quvchi nima sababdan ona tili o„quv predmetini o„qiydi? Mazkur o„quv predmetini o„rganish bolaning ijtimoiy hayoti uchun nima beradi?
“Maqsad unga erishish yo„l va choralarni belgilaydi”, degan hikmatning ma‟nosini izohlang.
Sizningcha, hamma zamonlarda ham ta‟limning maqsadini belgilash davlat siyosatining ustuvor sohasi hisoblanganmi? Fikringizni dalillang.
Ona tili ta‟limining umumiy maqsadi deganda nima nazarda tutiladi?
Ona tili ta‟limining xususiy maqsadi deganda nimalar nazarda tutiladi?
Ta‟limning umumiy va xususiy maqsadi kimlar tomonidan, qanday tartibda belgilanadi?
“Ta‟lim turlari va bosqichlari maqsadi” deganda nimani tushunasiz?
Ta‟lim mazmuni deganda nima nazarda tutiladi?
Ta‟lim turlari maqsadi va ta‟lim bosqichlari maqsadi o„zaro qanday farqlanadi? Misollar asosida tushuntiring.
Bilimli shaxs va ijodiy tafakkur sohibi orasida qanday farq bor? 13.Ona tili ta‟limi materiali, usuli va vositalari, ta‟lim jarayoni ishtirokchilari o„zaro munosabatlarining oldindan loyihalashtirilgan modeli deganda nima nazarda tutiladi?