O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi pedagogik amaliyotda ta‟lim metodlarining 200dan ortiq turi mavjudligi
Mavzuga oid tayanch tuhunchalarMetod, usul, an‘anaviy metodlar: suhbat, hikoya, til faktlarini analiz qilish, grammatik tahlil, darslik va qo‗llanmalar bilan ishlash, ko‗rgazmali metod; zamonaviy metodlar: (induktiv), ongli, verbal, kognitiv-pragmatik ta‘lim metodi; bilimli shaxs, ijodiy tafakkur sohibi, ta‘lim metodini yangi maqsad va yangi mazmunga muvofiqlashtirish Hozirgi pedagogik amaliyotda ta‟lim metodlarining 200dan ortiq turi mavjudligie‟tirof etiladi. Dars metodlari haqida umumiy tushuncha. Metod yunoncha metodos so„zidan olingan bo„lib, yo‗l, yo‗riq yoki usul demakdir. Ona tili o„qitish metodlari deganda ona tili ta‟limi maqsadiga erishish usullari va bu borada tartibga solingan faoliyat tushuniladi. Shu o„rinda ta‟kidlash lozimki, zamonaviy “Didaktika” fani metod va usulni farqlaydi. Metod maqsadga erishish yo„lidagi faoliyatni ifodalovchi keng tushuncha. U ta‟lim jarayonida ham o„qituvchi, ham o„quvchi faoliyatiga oid jihatlarni ta‟lim maqsadi, ta‟lim mazmuni, o„qitish vositalari, ta‟lim beruvchi hamda ta‟lim oluvchi munosabatlari bilan bog„liq ravishda qamrab oladi. Ta‟lim metodlari to„g„ri tanlangandagina o„rgatish hamda o„rganish faoliyatlari o„zaro muvofiqlashadi va ijtimoiy buyurtma sifatida belgilangan ta‟lim maqsadi voqelanadi. Pedagogik adabiyotlarda ko„p bora tahlil etilgan ta‟lim usuli masalasi ham ta‟lim mazmuni kabi qadimiydir.111 O„qitish usuli ta‟lim 111 Бабанский Ю.К. Оптимизация процесса обучения (общедидактический аспект). – М.: Педагогика, 1977. – 174 стр.; Лернер И.Я. Дидактическая система методов обучения. – М.: Педагогика, 1976. ; Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудовa М., Адизов Б. Дидактика. – Т.: Фан, 1997. – 256 б.; Савин Н.В. Педагогика. – Т.: Ўқитувчи, 1975. – 336 б. 106 metodining tarkibiy qismi bo„lib u faqat o„qituvchi faoliyatiga yoki faqat o„quvchi bagarishi bilan bog„liq faoliyatga tegishli bo„lishi mumkin. Masalan, yangi mavzuni og„zaki bayon etish, o„tilgan mavzuni test yoki tarqatmalar asosida so„rash, mustahkamlash, muayyan bob, bo„limni takrorlash uchun o„ziga xos savol va topshiriqlar tuzish o„qituvchi faoliyatiga tegishli usullar bo„lsa; muayyan mavzuni mustaqil o„zlashtirish, mavzuga oid muhim o„rinlarni konspektlashtirish o„quvchi faoliyatiga doir usullar hisoblanadi. Usul–insonning bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror obyektni amaliy o„zgartirish uskunasi, mexanizmi. Usul aslida insonning amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi. Faoliyat usullarining asosiy mazmunini, avvalo, amaliyotda sinalgan narsalar, masalan, ilmiy tadqiqot, bilish yo„li, nazariya, ta‟limotlar tashkil etadi. Faoliyat usullari orqali amalga oshirilgan maqsad keyingi maqsadni yoki bosh maqsadni yaratuvchi yoxud amaliyot mazmunini, izchilligini belgilovchi usullar vazifasini bajaradi. Xullas, ta‟lim usuli ta‟lim metodiga nisbatan xususiylik xarakteridagi tor tushuncha bo„lib, u ta‟lim metodi tarkibiga kiruvchi ta‟limiy faoliyat turidir. Bilim olishning ham, ta‟lim oluvchiga bilim berishning ham, unga malaka, ko„nikma, odatlarni singdirishning ham, tabiatini shakllantirishning ham xilma-xil vosita, yo„l, metod va usullari mavjud. Faoliyat metodlari to„g„ri bo„lsa, ko„zlangan natijaga komil ishonch bilan erishish mumkin. Bugungi kunga insoniyat tomonidan faoliyat metodlarining nihoyatda boy xazinasi to„plangan. Ammo fan- texnika, madaniyatning to„xtovsiz rivojlanib, murakkablashib borishi, yangi imkoniyatlarning yuzaga kelishi, ularni o„zlashtirish va ta‟lim oluvchiga yetkazish metod va usullarini muttasil yangilab turishni talab etadi. Bular, albatta, ona tili ta‟limi jarayoniga ham bevosita aloqador. Ta‟lim metodlari, avvalo, ilmiy bo„lishi, ta‟lim oluvchini o„qitishning amalga oshirilishi ko„zda tutilgan bosh maqsadi ruhida tarbiyalashga qaratilishi, ta‟lim oluvchi rivojlanishining psixologik- pedagogik imkoniyatlariga muvofiq kelishi, ommabop bo„lishi, o„quv materialini mustahkam egallashga qaratilishi va o„quv predmeti yangiliklari asosida yangilanib, takomillashib borishi zarur. Ta‟lim metodi ta‟lim mazmunining voqelanish shakli bo„lganligi sababli pedagogik (didaktik) adabiyotlarda u ta‟lim mazmuni 107 muhokama etilayotganda ham, ma‟lum bir mavzuni sinfda o„tish jarayonida ham, metodik ishlanma va tavsiyalarda ham keng muhokama etiladi. O„z-o„zidan tushunarliki, didaktik jarayon, bolaga bilim berish, ijodiy faoliyatda malaka va ko„nikma hosil qilish, har bir ishda mustaqillik, tadbirkorlik hamda ijodiy yondashishni uning zotiy xislatiga – odat va tabiatiga aylantirish xilma-xil yo„l, usul, metod hamda vositalardan foydalanishni talab qiladi. Bunda A.S.Makarenkoning: “Men oddiygina «Bu yoqqa kel!» amrini 72 usulda aytishni o„zlashtirganimdan keyingina o„zimni pedagog deb his etdim”, degan fikrini eslash o„rinli. Haqiqatan ham, ta‟lim metodi va usuli hech qachon universal, umumiy, qat‟iy, qotib qolgan va yakka-yu yagona to„g„ri bo„lishi mumkin emas. O„qituvchi sharoitga, muayyan holatga, o„quvchilarning yosh, tajriba, taraqqiyot xususiyatlariga muvofiq ravishda, har bir holatga uyg„un tarzda shu – faqat mavjud sharoit va shu shaxs uchun mos bo„lgan usul tanlay olsagina, ko„zlangan maqsadga yetishi aniq. Shu bois Y.K.Babanskiy va M.M.Potoshniklar “Ma‟lum bir mavzuni o„tish uchun yozilgan metodik tavsiya va ishlanmalarda ta‟limning eng samarali usuli qo„llanilganmi?”, degan savolga qat‟iylik bilan “Yo„q” deb javob beradilar, zeroki bu tavsiya- yu ishlanmalar amaliyotdan, o„qituvchi ish tutayotgan muayyan sharoitdan uzilgan. Shunday ekan u “eng samarali metod, usul” bo„la olmaydi. “Eng samarali metod, usul – bu ijodkor o„qituvchi ma‟lum bir maqsadga erishishning xilma-xil yo„l, usul va metodlaridan (ta‟lim va ta‟sir usullaridan) xuddi mana shu sharoit hamda holatga mos tanlagan turi”dir, chunki ta‟lim metodi va usuli uchun invariantlik xos emas.112 Ta‟lim metodi va usulini bir invariantga keltirish mumkin bo„lmasa-da, didaktlar uning asosiy ko„rinishlarini ma‟lum bir tiplarga, turlarga birlashtiradilar.113 Chunonchi, O.Roziqov, M.Mahmudova, B.Azizov, S.Og„ayevlar ta‟lim metodlarining asosiy ko„rinishlari sifatida og„zaki bayon (hikoya, ma‟ruza, suhbat), ko„rgazmali, muammoli izlanish, mustaqil ishlash, didaktik o„yinlar, 112Бабанский Ю.К., Поташник М.М. Оптимизация педагогического процесса (в вопросах и ответах). – Киев: Радянська школа, 1984. – 288 стр. 113Лернер И.Я., Скаткин М.Н. О методах обучения. – М.: Педагогика, 1979. – стр.115- 121.; Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудова М., Адизов Б. Дидактика. – Т.: Фан, 1997. – 184- 202-б. 108 amaliylik kabi metodlarni ko„rsatsalar, I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o„zlarining ushbu mavzuga bag„ishlangan maxsus tadqiqotlarida ta‟lim metodlarini reproduktiv ko„rgazmali bayon (репродуктивность, объяснительно-иллюстративность), muammoli (проблемный), tadqiqiy (исследовательский) kabi turlarga ajratadilar va ulardan har biri ma‟lum bir maqsadni ko„zlashi, hech qachon barcha holatlar uchun qat‟iy va mutlaq bo„la olmasligini takror va takror uqtiradilar. Demak, ta‟lim metodi hech qachon va hech bir zamonda yagona, mutlaq bo„lishi mumkin emas. U mavzu xususiyati, o„qituvchi va o„quvchi saviyasi, ta‟lim sharoiti hamda juda ko„p holatlar hisobga olingan ravishda ta‟limning (mavzuning) har bir turi, bosqichi, bo„g„ini uchun muayyan ravishda tanlansa-da, ta‟lim maqsadi bilan uzviy bog„liq tarzda ta‟lim turi, ma‟lum o„quv predmeti uchun global (umumiy) ravishda ma‟lum bir yetakchi, asosiy, bosh ko„rinishga ega bo„la oladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling