O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
Evristik suhbat metodi o„quvchini o„ylashga, tafakkur etishga undashi bilan ahamiyatli. Evristik suhbat jarayoni ham o„qituvchi va o„quvchining dialogik nutqi shaklida savol-javobga asoslanadi. Biroq evristik suhbat uchun o„qituvchi tomonidan o„quvchi uchun tayyorlangan savollarga o„quvchi darslikdan yoki boshqa o„quv materialidan tayyor javobni ololmaydi. Evristik suhbat savollari bolani o„ylashga, o„quv mashg„ulotlari davomida olgan bilimlarini bir qadar amaliy tatbiq etishga undaydi. Masalan, 9-sinfda o„qituvchi “Ohang
111 yordamida bog„langan qo„shma gaplar” mavzusi yuzasidan evristik suhbatni quyidagicha tashkil etishi mumkin: Doskaga kuzatish uchun, taxminan, shunday gaplar yoziladi va o„quvchilarga gapning turini aniqlash hamda tinish belgilarini o„rniga qo„yish, ularning ishlatilish sabablarini tushuntirish topshirig„i beriladi:
O„quvchilar topshiriqni quyidagicha bajaradilar: Suv– zar, suvchi–zargar. (gap turi: ohang yordamida bog„langan qo„shma gap; 1-sodda gap 2-sodda gapdan vergul bilan ajratilgan; ot kesimlar bosh kelishikdagi turdosh ot orqali ifodalanganligi uchun har ikkala egadan keyin tire ishlatilgan.) Yurt tinch –sen tinch. (gap turi: ohang yordamida bog„langan qo„shma gap; 1-sodda gap 2-sodda gapdan tire bilan ajratilgan; sababi, gaplar orasida shart ma‟nosi mavjud.) Osmon yiroq –yer qattiq. (gap turi: ohang yordamida bog„langan qo„shma gap; 1-sodda gap 2-sodda gapdan tire bilan ajratilgan; sababi, gaplar orasida zidlik ma‟nosi mavjud.) Havo sovuq; Po‗latjonning yuzlari qiziydi. (gap turi: ohang yordamida bog„langan qo„shma gap; 1-sodda gap 2-sodda gapdan nuqtali vergul bilan ajratilgan; sababi, qo„shma gap qismlari bir-biriga mazmunan unchalik yaqin emas.) Haqiqat shu: o‗qigan yengadi. (gap turi: ohang yordamida bog„langan qo„shma gap; 1-sodda gap 2-sodda gapdan ikki nuqta bilan ajratilgan; sababi, keyingi sodda gap oldingi sodda gapning kesimini izohlagan.) Vaqting ketdi – baxting ketdi. (gap turi: ohang yordamida bog„langan qo„shma gap; 1-sodda gap 2-sodda gapdan tire bilan ajratilgan; sababi, gaplar orasida o„xshatish ma‟nosi mavjud.) Evristik suhbat jarayonida o„quvchilar bir-birlarining javoblarini diqqat bilan tinglashlari, to„ldirishlari, xatolarni tuzatib borishga odatlanishlari zarur. 112 (Dars davomida suhbat uchun V-VI sinflarda 10-12, VII-IX sinflarda 12-15, X-XI sinflarda 15-20 daqiqa, takrorlash darslarida esa 30-35 daqiqa sarflash mumkin.) Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling