O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet57/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Mavzuga oid tayanch tuhunchalar



Didaktik ta‘minot, ta‘lim vositalari: darslik, topshiriqlar tizimi, axborot banklari, ta‘lim maqsadi va vositalarining o‗zaro mutanosibligi, algoritmik darslik, dars mazmunnomasi

Ish quroling soz bo„lsa, mashaqqating oz bo„ladi.



Maqol Darsning didaktik ta‟minoti deganda har bir soat o„quv
mashg„ulotini o„tkazish uchun zarur bo„lgan barcha birliklar kiradi. Bular quyidagilar:
        1. Darsning didaktik ta‟minotini ta‟minlovchi hujjatlar:

  1. muayyan o„quv predmeti yoki fani bo„yicha davlat tomonidan belgilangan o„quv reja (O„quv reja bajarilishi shart bo„lgan hujjat bo„lib, unda o„rta umumta‟lim maktablarida, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida, umuman, ta‟lim muassasalarida o„qitilishi rejalashtirilgan barcha o„quv predmetlari, fanlarning nomi, ularga ajratilgan o„quv soatlari, ta‟tillar va b.lar qayd etiladi);


  2. o„quv reja asosida tuzilgan (namunaviy) o„quv dasturi (O„quv dasturi tayanch ta‟lim dargohlari mutasaddilari tomonidan, masalan, Xalq ta‟limi vazirligi nazoratida yoki Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tuziladi va amaliyotga tatbiq etiladi. O„quv dasturi, odatda, uch qismdan iborat bo„lib, uning “Uqtirish xati” qismida metodik maslahatlar, “Asosiy qism”ida to„rt chorak yoki ikki semestr davomida o„tiladigan mavzular va ularga ajratilgan soatlar miqdori, “Mavzular bo„yicha shakllantiriladigan malakalar” qismida ta‟limdan kutilayotgan natijalar qayd etiladi);


125

    1. o„quv dasturi asosida tuzilgan ishchi dastur (Ishchi dastur fan o„qituvchilari tomonidan (namunaviy) o„quv dasturi asosida tuziladi va unda o„quv dasturida bo„limlar, boblar yoki mavzular bo„yicha ko„rsatilgan yaxlit soatlar har bir soat dars mavzusi uchun bo„lib chiqiladi. Maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari o„qituvchilari bu ishni, odatda, fan sho„balarida amalga oshiradilar);



    2. kalendar reja (o„qituvchi tomonidan tuziladi va unda o„qituvchining qaysi sinfda, qachon, qancha o„quv mashg„uloti o„tishi oldindan rejalashtiriladi, rejaning bajarilishi muntazam qayd etib boriladi. Kalendar reja vaziyatga qarab haftalik yoki oylik, ba‟zan choraklik tuzilishi ham mumkin);
    3. amaldagi tizim (reyting yoki “besh” baholi sistema) asosida o„quvchilar bilimini baholash mezonlari (Baholash mezonlarida ta‟lim oluvchining qaysi faoliyati uchun qanday baholanayotgani aniq ko„rsatib beriladi. Shu o„rinda ta‟kidlash zarurki, umumiy o„rta ta‟limda onа tili tа‟limi nаtijаsidа o„quvchilаr egаllаgаn bilim, ko„nikmа vа mаlаkаlаr DTSda belgilangan uch pаrаmеtrli stаndаrt ko„rsаtkichlаr аsоsidа tеkshirilаdi vа аniqlаnаdi.


Bular quyidagilar:





  1. Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling