O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Ongli, verbal, kognitiv-pragmatik ta‟lim metodi
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona tili ta‟limida dars metodini tanlash muammosi.
Ongli, verbal, kognitiv-pragmatik ta‟lim metodi. Kognitiv (ingl.: cognition – bilishga oid, idrokiy) ta‟lim o„quvchini izlanishga, qiyoslashga, xulosa chiqarishga va zarurini tanlashga yo„naltiradi. Demak, reproduktiv ta‟lim bilim bersa, kognitiv ta‟lim bilim olishga undaydi, bilim olish yo„llarini o„rgatadi, usullarini tavsiya etadi – o„quvchi qo„liga bilim kalitini tutqazadi. Chunki bilim cheksiz, uning barchasini o„quvchiga o„rgatib bo„lmaydi.
Kognitiv ta‟limda sistemaviy izchillikka ega topshiriqlar tizimidan foydalaniladi. Mazkur topshiriqlar tizimi hodisalarni kuzatish, ularni umumlashtirish, narsa-buyum, holat, tushunchalarni o„zaro qiyoslash, ular orasidagi o„xshashlik va farqlarni aniqlashga; o„quvchilarni o„ylash, fikrlash izlash, topish va umumlashtirishga; dars jarayonida muammoli vaziyatlar yaratishga qaratilgan bo„lishi zarur. Va yana ta‟kidlash joizki, algoritmik topshiriqlar tizimini kimdir tayyorlab berishini kutish o„qituvchi uchun o„z kasbiga e‟tiborsizlikdir. Davr esa tanlagan kasbimizga fidoyi bo„lishni talab etadi. Ijodiy tafakkur sohibini shakllantirish maqsadini ko„zlagan kognitiv-pragmatik ta‟lim metodi o„qituvchi ta‟lim jarayonida mumkin qadar darslikdan ko„proq uzilishi hamda darslik o„quv materiali, dasturda rejalashtirilgan mavzularga monand, yondosh mavzular va o„quv topshiriqlari tizimidan foydalanishi zarurligini taqozo etadi. Ya‟ni mohiyat e‟tibori bilan mustaqillik davrida yangilangan ta‟lim maqsadi, mazmuni va metodi butun diqqatni o„quv topshiriqlari tizimini yangilashga qaratish lozimligini ko„rsatmoqda. Ona tili ta‟limida dars metodini tanlash muammosi. Induktiv metodning o„z afzalliklari bo„lsa-da, mushohada, muhokama va muammoli ta‟lim metodi hisoblangan induktiv metodlar deduktiv metodlarni rad etmaydi, aksincha, induksiya doimo deduksiya bilan mustahkam aloqada bo„ladi. Induktiv metodlarda ta‟lim jarayonini 118 Баркамол авлод орзуси. – Т.: Шарқ, 1999. – 16-б. 121 tashkil eta olish ta‟lim beruvchidan yuksak darajadagi bilim va mahoratni talab etadi. Bundan tashqari ta‟limning har xil tur va bosqichlarida, muayyan o„quv predmetining turli o„rganilish bosqichlarida ta‟limning bir xil yetakchi metodi hukmronlik qilishi mumkin emas. Masalan, ona tili o„quv predmeti ta‟limining boshlang„ich bosqichida, tayanch o„rta ta‟limda va o„rta maxsus ta‟lim bosqichida yetakchi ta‟lim metodi bir xil bo„lishi mumkin emas. Alifbo, xat-savod, imlo va talaffuz me‟yorlarini o„quvchilarga muammoli, muhokama yoki tanqidiy metodlar bilan singdirish, ularda amalda ravon va to„g„ri o„qish hamda yozish, adabiy nutq me‟yorlariga rioya qilish odatini tabiatga aylantirishi mumkin emas. O„rta umumiy talimning boshlang„ich ta‟lim bo„g„iniga to„g„ri keladigan 7-10 yosh bolalarda o„ta rivojlangan xotira, reproduksiya, psixologik-stereotip shakllarni tez va abadiy o„zlashtirish davri. Bu davr ta‟limida deduktiv-reproduktiv ta‟lim metodi yetakchilik qilishi lozim. Bu yosh – hadisda qayd etilganidek: “Yoshlikda o„zlashgan ilm toshga o„yilgan naqshdir” – reproduktiv bilimlar, qat‟iy va mutlaq qonun-qoidalarning bir umrga xotirada naqsh qildirish (toshga o„ydirish) davridir. Shuning uchun bu tur ta‟limida, shubhasiz, reproduktiv ta‟lim metodlari yetakchilik qilishi lozim. Faqat bolaga beriladigan bilimlar hajmi va sifati, amaliyotga munosabatiga nisbatan, aytib o„tganimizdek, o„ta talabchanlik lozim; butun umri va jamiyatda kundalik faoliyati uchun zarur bo„lgan odatlarni shakllantirish uchun asos bo„la oladigan bilimlar va axborot bolaga shu yoshda singdirilishi lozim. O„rta umumiy (tayanch) ta‟lim bosqichida 11-16 yoshli o„smirlarning psixo-fiziologik holatlari tamoman o„zgacha bo„lib, ularda ijodiylik–olgan bilim, hosil qilgan ko„nikmalari asosida ijod, ya‟ni yaratish, bunyod qilish, yangilik yaratish, g„ayrioddiylikka qiziqish kuchayadi. Bu yoshda ularning ongini retroskopik ta‟lim bilan band qilish ta‟lim oluvchida ijodiylik kurtaklarini so„ndirishga olib kelishi mumkin. Shunga ko„ra o„rta umumiy (tayanch) ta‟lim bosqichida ona tili ta‟limi metodi ham tubdan yangilanishi, til va tafakkurning birligi hamda ajralmasliligiga tayangan holda ta‟lim 122 oluvchiga ijodiy tafakkur malakalarini shakllantirishga qaratilgan, ya‟ni ko„proq induksiyaga tayangan bo„lishi lozim.119 Ona tili ta‟limi o„smirlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga, ijodiy tafakkur mahsulini yozma va og„zaki shakllarda to„g„ri hamda ravon bayon qilishni o„rgatishga xizmat qilmog„i lozim. Bu maqsad esa o„quvchilarga tayyor qoidalarni berish emas, balki hodisalarni kuzatib, ularni umumlashtirish, aqliy umumlashmalarni o„zaro qiyoslab, ular orasidagi o„xshashlik va farqlarni aniqlashga qaratilgan – bolalarni o„ylash, fikrlash, izlash, topish va umumlashtirishga undovchi – ta‟lim metodini, muammoli vaziyatlarini, mashq va topshiriqlarni talab etadi. (Xalqimiz topib aytganidek: “Qalovini topsang, qor ham yonadi”.) Ona tili ta‟limini o„rta umumiy ta‟limning tayanch bo„g„ini(V-XI sinflar)da kognitiv-pragmatik metodda yo„lga qo„yishning afzalligi nimada? Bu, birinchidan, o„quvchilarning boshlang„ich ta‟limda xat- savodning asosiy qoidalari, o„zbek adabiy tilining imlo va talaffuz me‟yorlari bilan, asosan, retroskopik ta‟lim metodida tanishganlari, ikkinchidan – o„quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olgan holda- endigi navbat ularda izlanish va topish, yaratish, ijod malakalarini shakllantirish maqsadi bilan bog„liq. Bu yoshdagi o„quvchining ongida kundalik hayotida ishlatadigan har bir narsa-buyum, voqea- hodisa, harakat-holatni o„nlab metod-u turlarda atash va ifodalash imkoniyatlari mujassamlangan. U axborot manbalari – lug„at, ma‟lumotnoma, o„rganayotgan boshqa o„quv predmetlari bo„yicha olgan qo„shimcha ma‟lumotlar bilan ularning sirasini muttasil boyitib borishi, ona tili imoniyatlaridan maqsadga muvofiq to„g„ri va go„zal foydalana olish malakalarini o„zida o„qituvchi rahbarligida shakllantirishi lozim. Nazariy-lingvistik qoidalarni emas, balki mustaqil izlanish asosida ma‟lum bir masala (narsa, belgi-xususiyat, hodisa, harakat – umuman voqelik) ustida fikr yuritishi, o„z kuzatish va topilmalarini, fikr-u mushohadasini ona tilining ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanib yozma va og„zaki shakllarda, ayni bir fikr-ma‟lumotni (masalan, dam olish kunini qanday o„tkazgani haqida) turli shakllarda (yozma va og„zaki, rasmiy yoki 119Ne`matov H., Shirinova N. Tilshunoslikning falsafiy masalalari.–Buxoro: Universitet, 2006.–82 b.; Понфилов В.З. Философские проблемы языкознание. – М.: Наука, 1977.; Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. Мантиқ. – Т.:Ўқитувчи, 1993.; Язык и мышление. Взаимоотнашение языка и мышления. – М.: Наука, 1971. 123 do„stona suhbat, badiiy tasvir….) va har xil kishilarga (masalan, tanishiga, yaqin sirdosh o„rtog„iga, uzoqdagi akasi yoki boshqa katta qarindoshiga, sinf rahbariga) bayon etishi uchun ona tili mashg„ulotlari juda qulay va ulkan imkoniyatlarga ega. Ona tili ta‟limi jarayonida bu imkoniyatlardan samarali foydalanish mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashda mustahkam zamindir. Ona tili ta‟limining ham an‟anaviy, ham zamonaviy metodlaridan yaxshigina xabardor o„qituvchigina dars jarayoniga ijodiy yondashadi va o„ziga xos usullarni yarata oladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling