O'zbek tilining imlo qoidalari


Download 29.95 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi29.95 Kb.
#1595252
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek tilining imlo qoidalari

5. Ayrim so’zlarning birinchi bug’inida u unlisi kelsa, ikkinchi bo’g’inida i tovushi eshitiladi, ammo yozuvda asliga ko’ra u tovushi saqlanadi va yoziladi: uchqun, uzun, unum, turmush, tuzum, butun, turg’un, mushkul, uzuk, uchqur, quzg’un, surgun, bulut, bugun, guruh, kumush, uzuk, usul, sukut, chuqur kabilar.

  • 5. Ayrim so’zlarning birinchi bug’inida u unlisi kelsa, ikkinchi bo’g’inida i tovushi eshitiladi, ammo yozuvda asliga ko’ra u tovushi saqlanadi va yoziladi: uchqun, uzun, unum, turmush, tuzum, butun, turg’un, mushkul, uzuk, uchqur, quzg’un, surgun, bulut, bugun, guruh, kumush, uzuk, usul, sukut, chuqur kabilar.
  • 6. So’z o’rtasida kelgan n undoshi o’zidan keyingi b, m undoshlari ta’sirida m bo’lib eshitiladi, ammo asli bo’yicha doimo n bilan yoziladi: shamba, sumbula, tambal, mamba, aylamma, jomboz, yombosh, tambeh, yomma-yon (talaffuzda) –shanba, sunbula, tanbal, manba, aylanma, jonboz, yonbosh, tanbeh, yonma -yon (yozuvda) va boshqalar.
  • Tarixiy--an’anaviy tamoyil. So’z va morfemalarning yozuvda qadimdan odat bo’lib qolgan shaklda yozilishi imloning tarixiy-an’anaviy tamoyili deb ataladi. Bu tamoyilda so’zlarning yagona shakli va talaffuzi e’tiborga olinmaydi. So’zlar hozirgi holatiga qarab emas, balki qadimdan an’ana tusiga kirib qolgan qoidalar asosida yoziladi. Masalan fikr, qadr, aql, ilm so’zlari talaffuzda i tovushi orttirilgan holda fikir, qadir, aqil, ilim tarzida aytiladi. Ammo tarixiy -an’anaviy tamoyil bo’yicha bu so’zlar i tovushisiz yoziladi.
  • Tarixiy-an’anaviy tamoyilga ko’ra yoziladigan so’zlarga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
  • 1. O’zbek tilidagi o’zlashma so’zlarda ko’pincha ikki undosh tovush yonma-yon keladi. Bular talaffuz qilinganda ikki undosh orasida qisqa i unlisi paydo bo’ladi. Ammo bu imloda hisobga olinmaydi. So’zlar an’anaga muvofiq avvalgi shakllari bo’yicha yozila beradi: fahm, sharm, fasl, lahm, hatm, nasl, muhr, jabr, vazn, mehr, zulm, ayb, kibr, vasl, vazn, husn, sinf, jahl, naqsh, rasm kabilar.
  • 2. So’z o’zaklarida ikki unlining qator kelishi aslida o’zbek tiliga xos xususiyatlardan emas. SHuning uchun og’zaki nutqda doim, oila, rais, oid, doira, maishat, qoida, doir, shoir, suiqasd, Noila, Naima, Raisa, Said, Saida kabi so’zlarda ikki unli orasiga bir y undoshi orttirib talaffuz qilinadi. Ammo bu xil so’zlar imloda tarixiy an’anaga muvofiq – y tovushisiz yozila beradi.

Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling