O'zbek tilining imlo qoidalari


Hozirgi o’zbek adabiy tilida ba’zi bir qo’shimchalar ham tarixiy -an’anaviy tamoyil asosida yozilishi mumkin


Download 29.95 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi29.95 Kb.
#1595252
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek tilining imlo qoidalari

3. Hozirgi o’zbek adabiy tilida ba’zi bir qo’shimchalar ham tarixiy -an’anaviy tamoyil asosida yozilishi mumkin:

  • 3. Hozirgi o’zbek adabiy tilida ba’zi bir qo’shimchalar ham tarixiy -an’anaviy tamoyil asosida yozilishi mumkin:
  • 1) sifatdosh yasovchi -r (-ar) qo’shimchasining -ur shakli mumtoz adabiyotimizda keng qo’llanilgan. Bu shakl she’riy asarlarda hozir ham uchrab turadi: Jismimiz yo’qolur, o’chmas nomimiz, G’alaba to’yida bo’larmiz biz ham. (H. Olimjon). Agar kuylar esa sho’x dilrabolar, havolardan kelur dilbar navolar (Vosit Sa’dulla).
  • 2) buyruq -istak mayli qo’shimchasi -gin o’tmishdagi an’anaga ko’ra ayrim hollarda -gil shaklida yoziladi: Dilrabo, hijronni mendan so’rmagil, gul o’zing bo’stonni mendan so’rmagil (H. YAhyoev).
  • 3) hozirgi o’zbek tilida chiqish kelishigi qo’shimchasi adabiy me’yorga muvofiq - dan shaklida yoziladi. SHu bilan birga she’riy asarlarda ba’zan o’tmishdagi shakliga muvofiq -din tarzida ham ishlatiladi: Senga baxtdan taxt talarman, Toledin boshingga toj, Mulki husningga omonlik, Toju taxtingga rivoj (E. Vohidov).
  • 4) harakat nomi qo’shimchasi -moqning -mak shaklida yozilishi ham tarixiy an’anaga muvofiqdir: YUzlarimni ko’rmak istasang, Osmondagi oyga boq, Ko’zlarimni ko’rmak istasang, Osmon to’la yulduzga boq, Gar o’zimni ko’rmak istasang, YOvni engib zafar bilan qayt (Uyg’un).
  • Bundan tashqari, -dir qo’shimchasining ayrim hollarda -dur, -ga qo’shimchasining -g’a, -gani qo’shimchasining -gali, -mi affiks yuklamasining -mu shakllarida yozilishi ham tarixiy -an’anaviy tamoyilga ko’radir: boshindadur, ko’rinadur, yoshindadur, qoshindadur; qo’lg’a, yo’lg’a, g’amg’a; ko’rgali, kuydirgali, o’qigali, tergali; sog’indingmu, keldingmu, qoldimu, yozdimu kabi.
  • SHuningdek, u, bu , shu, o’sha olmoshlari eski o’zbek tilida ul, bul, shul, o’shal shakllarida ishlatilgan. Bu shakllar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham uchrab turadi: O’shal kun kelur (qo’shiqdan). Tushda ko’rdim ul parini ey sabo uyg’otmagil (E. Vohidov).

Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling