O'zbek tilining imlo qoidalari


Download 29.95 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi29.95 Kb.
#1595252
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek tilining imlo qoidalari

5. Imloda fonetik tamoyilga amal qilish oxiri jarangsiz q va k undoshlari bilan tugagan so’zlar imlosini qoidalashtirishda ham kuzatiladi: 1) oxiri q bilan bitgan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda q tovushi g’ tovushiga o’tadi va so’z shunday shaklda yoziladi: qiyiq+im= qiyig’im, qiyiq +ing= qiyig’ing, qiyiq +i = qiyig’i, oyoq +im = oyog’im, oyoq +ing= oyog’ing, oyoq +i = oyog’i. Bularga yana bayrog’i (bayroq +i ), ayig’i (ayiq +i ), qozig’i (qoziq+i ), qayig’i (qayiq+i ), balig’i (baliq+i ), qishlog’i (qishloq+i ) so’zlari misol bo’la oladi. Ba’zan q bilan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda q tovushi o’zgarishsiz qoladi. Bunday so’zlar ham fonetik prinsipga binoan o’sha shaklda yoziladi: axloq - axloqi, ittifoq-ittifoqi, mashq-mashqi, nutq - nutqi, huquq-huquqi, haq-haqi, xulq-xulqi, ishq-ishqi kabilar. 2) k undoshi bilan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda k undoshi jarangli g tovushiga o’tadi. Talaffuzda ham, yozuvda ham shu holat saqlanadi: bilak +im = bilagim, bilak+ing=bilaging, bilak +i = bilagi; tilak +im = tilagim, tilak +ing= tilaging, tilak +i = tilagi. Tirgagi (tirgak +i ), bargagi (bargak +i ), bezagi (bezak +i ), o’rdagi (o’rdak +i ), yuragi (yurak +i ), ilgagi (ilgak+i ), kovagi (kovak+i ) kabilar ham shunday so’zlarga misoldir. Ammo k tovushi bilan tugagan bir qator so’zlar egalik qo’shimchasini olganda jarangsiz k tovushi g tovushiga o’tmaydi, o’zgarishsiz, o’z holida aytiladi va bu so’zlar talaffuziga ko’ra yozilaveradi: nok+im = nokim,nok+ing= noking, nok+i = noki; chek+i =cheki, chok+i =choki, yuk+i =yuki, ishtirok+i =ishtiroki, tok+i =toki, tank+i =tanki, sirk+i =sirki, ocherk+i =ocherki, bank+i =banki, bak+i =baki kabilar shunday so’zlar jumlasiga kiradi.

  • 5. Imloda fonetik tamoyilga amal qilish oxiri jarangsiz q va k undoshlari bilan tugagan so’zlar imlosini qoidalashtirishda ham kuzatiladi: 1) oxiri q bilan bitgan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda q tovushi g’ tovushiga o’tadi va so’z shunday shaklda yoziladi: qiyiq+im= qiyig’im, qiyiq +ing= qiyig’ing, qiyiq +i = qiyig’i, oyoq +im = oyog’im, oyoq +ing= oyog’ing, oyoq +i = oyog’i. Bularga yana bayrog’i (bayroq +i ), ayig’i (ayiq +i ), qozig’i (qoziq+i ), qayig’i (qayiq+i ), balig’i (baliq+i ), qishlog’i (qishloq+i ) so’zlari misol bo’la oladi. Ba’zan q bilan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda q tovushi o’zgarishsiz qoladi. Bunday so’zlar ham fonetik prinsipga binoan o’sha shaklda yoziladi: axloq - axloqi, ittifoq-ittifoqi, mashq-mashqi, nutq - nutqi, huquq-huquqi, haq-haqi, xulq-xulqi, ishq-ishqi kabilar. 2) k undoshi bilan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda k undoshi jarangli g tovushiga o’tadi. Talaffuzda ham, yozuvda ham shu holat saqlanadi: bilak +im = bilagim, bilak+ing=bilaging, bilak +i = bilagi; tilak +im = tilagim, tilak +ing= tilaging, tilak +i = tilagi. Tirgagi (tirgak +i ), bargagi (bargak +i ), bezagi (bezak +i ), o’rdagi (o’rdak +i ), yuragi (yurak +i ), ilgagi (ilgak+i ), kovagi (kovak+i ) kabilar ham shunday so’zlarga misoldir. Ammo k tovushi bilan tugagan bir qator so’zlar egalik qo’shimchasini olganda jarangsiz k tovushi g tovushiga o’tmaydi, o’zgarishsiz, o’z holida aytiladi va bu so’zlar talaffuziga ko’ra yozilaveradi: nok+im = nokim,nok+ing= noking, nok+i = noki; chek+i =cheki, chok+i =choki, yuk+i =yuki, ishtirok+i =ishtiroki, tok+i =toki, tank+i =tanki, sirk+i =sirki, ocherk+i =ocherki, bank+i =banki, bak+i =baki kabilar shunday so’zlar jumlasiga kiradi.

Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling