O'zbek tilining imlo qoidalari


Etimologik yoki grafik tamoyil


Download 29.95 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi29.95 Kb.
#1595252
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbek tilining imlo qoidalari

Etimologik yoki grafik tamoyil. Imloning etimologik yoki grafik tamoyili o’zlashma so’zlarning yozilishini qoidalashtirishda muhim rolь o’ynaydi. Bu tamoyilga ko’ra o’zlashma so’zlar manba tilda qaysi shaklda yozilgan bo’lsa, qabul qiluvchi tilda ham shunday shaklda yoziladi. Bunda o’zlashma so’zning o’zi mansub bo’lgan tildagi grafik shakli o’zbek imlosida ham saqlanadi. Rus tili va u orqali boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’z va atamalarning aksariyati o’zbek tilida mana shu etimologik (grafik) tamoyil asosida yoziladi. Masalan, rus tilidagi ocherk, opera, tonna, nota, pochta, rota so’zlari o’zbek tilida o’cherk, o’pera, to’nna, no’ta, po’chta, ro’ta shaklida talaffuz qilinsa-da, rus tilidagi grafik shakli bo’yicha ocherk, opera, tonna, nota, pochta, rota tarzida yoziladi. SHuningdek kombayn, kompot, montaj, motosikl, motor, obzor so’zlarining urg’usiz bo’g’inidagi o unlisi a unlisi tarzida; rektor, direktor, prorektor, transformator, traktor kabi so’zlarning oxirgi bo’g’inidagi o unlisi i tarzida aytiladi, ammo bu so’zlarda grafik tomoyilga ko’ra yozuvda o unlisi saqlanadi.

  • Etimologik yoki grafik tamoyil. Imloning etimologik yoki grafik tamoyili o’zlashma so’zlarning yozilishini qoidalashtirishda muhim rolь o’ynaydi. Bu tamoyilga ko’ra o’zlashma so’zlar manba tilda qaysi shaklda yozilgan bo’lsa, qabul qiluvchi tilda ham shunday shaklda yoziladi. Bunda o’zlashma so’zning o’zi mansub bo’lgan tildagi grafik shakli o’zbek imlosida ham saqlanadi. Rus tili va u orqali boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’z va atamalarning aksariyati o’zbek tilida mana shu etimologik (grafik) tamoyil asosida yoziladi. Masalan, rus tilidagi ocherk, opera, tonna, nota, pochta, rota so’zlari o’zbek tilida o’cherk, o’pera, to’nna, no’ta, po’chta, ro’ta shaklida talaffuz qilinsa-da, rus tilidagi grafik shakli bo’yicha ocherk, opera, tonna, nota, pochta, rota tarzida yoziladi. SHuningdek kombayn, kompot, montaj, motosikl, motor, obzor so’zlarining urg’usiz bo’g’inidagi o unlisi a unlisi tarzida; rektor, direktor, prorektor, transformator, traktor kabi so’zlarning oxirgi bo’g’inidagi o unlisi i tarzida aytiladi, ammo bu so’zlarda grafik tomoyilga ko’ra yozuvda o unlisi saqlanadi.
  • Rus tilidan o’zlashgan bir qator so’zlar oxirida ikki undosh yonma -yon keladi. Bu so’zlar talaffuz qilinganda ikki undosh orasida qisqa i tovushi orttiriladi. Ammo yozuvda bu tovush hisobga olinmaydi va so’zlar etimologik tamoyil asosida ruscha shaklida yozila beradi: litr, semestr, keks, boks, bifshteks, gips, orkestr, filьtr, punkt, teatr va boshqalar.
  • Vise-prezident, unter-ofiser, kilovatt-soat, eks-chempion, gramm-molekula, gramm-atom singari ruscha o’zlashmalar o’zbek tilida ruscha holatiga ko’ra chiziqcha bilan yoziladi.

Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling