O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi


-MAVZU: Og'zaki muloqot va uning xususiyatlari


Download 1.47 Mb.
bet48/68
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1556119
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor

15-MAVZU: Og'zaki muloqot va uning xususiyatlari




REJA:

Amaliy

1. Muloqot turlari.

mashg‘ulot

2.Verbal muloqot.

№15

3. Noverbal muloqot.




4.Muloqot texnologiyasi va texnikasi




5.Yozma muloqot.

Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa og‘zaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, og‘zaki dalil (asos)lami bildiradi. Verbal muloqot jarayonida so 'z muhim o‘rin tutadi. So'z talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar o ‘rtasidagi axborot almashishdangina iborat bo‘lmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari bo ‘lib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko'z qarash, ko'z yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni to ‘ldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir so'zga koplab ma ’no berish mumkin.
Tillarni o'rgatishda shu til sohibiga xos bo‘lgan noverbal vositalarni ham o 'rgatish lozim. Aks holda chet til to ‘la o'zlashtirilmaydi.
Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham so 'zlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o ‘tqazish ijobiy samara beradi.
Muloqot jarayonida tilga xos bo‘lgan noverbal vositalardan to‘g‘ri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Noverbal so'zlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bog‘lanadi. Muloqot qabul qiluvchi so 'zlovchini ko ‘rish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida bo‘lishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi so'zlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, ko ‘rinishini aniq ko ‘rishi va ovozini ham eshitadigan joyda bo ‘lishi kerak. Bu kuzatish orqali bo ‘larkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan bo ‘lishi mumkin. So 'zlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi bo ‘lganda rejalashtirilgan bo ‘ladi. Noverbal muloqot esa, so 'zlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki ko ‘rinishi qabul qiluvchi tomonidan g‘ayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala- partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli bo‘lsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.
Noverbal muloqotning ahamiyati - geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bog ‘liq fikrlami bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.
Haydovchilar yoki yo‘lovchilardan darhol javob bo‘lishi shartligi sababli yo‘l harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy o‘rinni tutadi.
Har bir inson odatda tildan ko ‘ra ranglar, rasmlar yoki tovushlarga zudlik bilan javob beradi.
Noverbal simvollar orqali savodsiz odamlarga fikr bildirishning yagona metodi quyidagicha kechadi.
Muloqot jarayonidagi psixologik ta ’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta ’sir ko ‘rsata olishdir. Psixologik ta ’sirning uch xil turi ajratiladi:

Verbal ta’sir - bu so'z va nutqimiz orqali ko‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so 'zlar hisoblanadi. Nutq so 'zlashuvdagi o 'zaro muloqot jarayoni bo‘lib, uning vositasi so'zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o 'zidagi barcha so 'zlar zahirasidan foydalanib, eng ta ’sirchan so 'zlarni topib sherigiga ta ’sir ko‘rsatishni xohlaydi.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi uni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillardir. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to ‘xtashlar, duduqlanish, yo ‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo ‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz"dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlaming ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta ’sir qilarkan.
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklaming rollariga bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir ko‘rsatish

maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o‘rnidan turib kutib oladi, quyuq so‘rashadi, keyin maqsadga o‘tadi.Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o'z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi. Kishilar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o'z nuqtai nazariga o'zgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik, “birovni” uning ichki kechinmalari va o'ziga bo‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ o‘quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan cho'zilib ketishi mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka o'rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo‘lishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o'rgatishni har qachongidan dolzarb qilib qo‘ymoqda.Ma’lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o'zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45% kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladiganlar-savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko‘proq foyda keltirarkan. Tinglashning ham xuddi gapirishga o‘xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko‘p, lekin biz ikki usulini qo‘llaymiz: so'zma- so'z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qo‘llab- quvvatlashini bildiradi. Ikkinchi usul-sherikni so'zlarini tinglab, undagi asosiy
g‘oyani muxtasar, o'zimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi tinglayotganimizda , “Yo‘g‘-e?”, “Nahotki?”, “Qara-ya?”, “Yasha!”, “Qoyil!” luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muloqotga o'rgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga o'rgatishdir. Professor V. Karimovaning fikricha, professionaltinglash texnikasiga quyidagilar kiradi: aktiv holat; suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish; o'ychan jimlik.

Aktiv holat bu tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni bildirish;
Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o'ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o'zining har bir so'ziga uni ham ko'ndirishning samarali yo‘lidir.
O‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o'zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li.
Demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, unda o'z-o'ziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilhomlantirishimiz, ruhlantirishimiz kerak. His-hayajonni ifodalaydigan harakatlar bu ko‘zga ko‘rinadigan harakatlardir. Bu yerda axborot yetkazuvchi bo‘lib gavdani tutish, mimika, ishora, nigoh katta rol o‘ynaydi. Masalan, tadqiqotlarga ko‘ra so‘zlovchining yuzi qimirlamasa yoki ko'zga ko‘rinmasa, 10-15 foiz axborot yetkazilmaydi. Ko'z yordamida hol-ahvol, kayfiyat haqida eng aniq ma’lumotlar yetkazib beriladi, chunki ko'z qorachig‘ining torayishi va kengayishini nazorat qilib bo‘lmaydi. G‘azab va noxush kayfiyat kishining ko'z qorachig‘ini toraytiradi. Yuzi iltifotsiz bo‘lib qoladi, bu holat esa muloqotning samaradorligini pasaytiradi. So'zlovchining gavdasini «yopiq» tutishi (u gavdaning oldini bekitib, fazoda iloji boricha kam joy egallashga harakat qiladi) ishonchsizlik, qo‘shilmaslik, tanqid ni bildiradi. «Ochiq» gavda tutishlar esa (tikka turganda: qo‘l kaftlari ochiq va tepaga qaratilgan; o‘tirganda qo‘llar yozilgan, oyoqqa uzatilgan) ishonch, rozilik, xayrixohlikni bildiradi.
Ovoz xususiyatlari prosadika va ekstralingvistik ro‘y berishlar qatoriga kiradi. Ishtiyoq, quvonch va ishonchsizlik baland ovoz bilan bildiriladi. G‘azab, qo‘rqish ancha baland ovoz bilan, qayg‘u, g‘am-g‘ussa, horg‘inlik odatda yumshoq pasaytirilgan ovoz bilan bildiriladi.
Munosabatning takesika vositalariga silab qo‘yishlar, daxldorlik, qo‘l berib ko‘rishishlar, urib-urib qo‘yishlar kiradi. Ular rag‘batlantirishning biologik turi bo'lib, ayniqsa, yetim bolalarga ta’sir etishi isbotlangan. Shumtaka va ranjigan bolani boshidan silab qo‘yib, siz boshqa vositalarni biriktirgan holda ham erishib bo‘lmaydigan natijaga erishishingiz mumkin.
Xulosa:

  1. o‘rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi.

  2. talabalarda og'zaki muloqot va uning xususiyatlari haqidagi bilimlarini mustahkamladik.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling