FAN DASTURIGA MUVOFIQ BAHOLASH MEZONINI QO LLASH BOYICHA USLUBIY KORSATMA
Asosiy qoidalar
"O'zbek tili" fani bo'yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko'rsatma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'grisida” №PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga muvofiq talabalar bilimin i baholash tizimini takomillashtirish maqsadida 14.08.2017-yilda 87-02-2642 raqamli “Oily ta’lim muassasalarida talabalar o'zlashtirishini baholash tizimi to'g'risida Nizom” loyihasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rtya maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 9-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 192018-son buyrug'i ijrosini bajarish maqsadida 2018-yil 29.09.2018-yil №820-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi nizomni joriy etish to'g'risida”gi buyrug'i asosida ishlab chiqilgan.
Mazkur uslubiy ko'rsatmadan bakalavriat bosqichi barcha ta'lim yo'nalishlari 1-kurs talabalarining "O'zbek tilining sohada qo‘llanilishi" fani uchun ham tegishli bo‘lib, bilimini nazorat qilish va baholashda foydalanish tavsiya etiladi. U talabalarga mazkur fanni o'zlashtirishda zaruriy ballarni to'plash haqida tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. Yo'nalish ishchi o'quv rejasida fanga ajratilgan umumiy o'quv yuklamasi 90 soat, shu jumladan, amaliy mashgulotlar 30 soat, mustaqil ish 60 soat hajmida rejalashtirilgan.
Fan bo'yicha reyting jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |