( Sh. M. Rahimov, F.K.Gaffarova, G.A. Ataxodjayeva. Ichki kasalliklar. - Toshkent :
" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2014-yil. -92 b.)
Sistet - chaxmazak.
Chaxmazak qovuq devorining yallig'lanish kasalligi bo'lib, ko'proq qovuqning ichki shilliq qavati zararlanadi.
( Buyrak - eng muhim a'zo
Toshkent : Adabiyot uchqunlari, 2016-yil.- 79 b.)
Qora najas - melena.
Melena - duodenal yaradan qon ketishning asosiy belgisi hisoblanadi.
( Sh. M. Rahimov, F.K.Gaffarova, G.A. Ataxodjayeva. Ichki kasalliklar. - Toshkent :
" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2014-yil.- 120b.)
Qabziyat - qo'y najasi.
Qabziyatda najasdagi suv miqdori kamayadi, u qattiqlashib, ajralishi qiyinlashadi va " qo'y najasi " ga o'xshaydi.
(A.G. Gadayev, M. Sh. Karimov, X. S. Axmedov. Ichki kasalliklar propedevtikasi.- Toshkent : Muharrir nashriyoti, 2021-yil.- 412 b.)
Aorta bifurkatsiyasining surunkali obstruksiyasi - Lerish sindromi.
Lerish sindiromi qorin aortasining bifurkatsiyasi yoki ikki yondash arteriyalar sohasida yaqqol torayish yoki to'liq to'siq paydo bo'lishi natijasida yuzaga keluvchi o'ziga xos klinik belgilar majmui hisoblanadi.
( Abdig'affor Gadayev. Ichki kasalliklar.- Toshkent : Muharrir nashriyoti, 2020.-238 b .)
Yurakning birlamchi to'xtashi - to'satdan yuz bergan koronar o'lim.
To'satdan yuz bergan koronar o'lim bu zo'ravonliksiz yurak xastaliklari bilan bog'liq o'lim bo'lib, kasallikning o'tkir belgilari paydo bo'lgandan keyin bir soat ichida to'satdan hushdan ketish bilan kechadi.
(Abdig'affor Gadayev. Ichki kasalliklar.- Toshkent : Muharrir nashriyoti, 2020.- 254 b .)
O'pka shishi- samovar qaynashi.
Nafas olish soni oshadi va shovqinli bo'ladi, masofadan eshitiladigan yirik pufakchali nam xirillashlar samovar qaynashiga o'xshab kuzatiladi.
( Abdig'affor Gadayev. Ichki kasalliklar.- Toshkent : Muharrir nashriyoti, 2020.- 321 b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |