Xartnup kasalligi - triptofan malabsorbsiyasi.
Kasallik triptofanni ingichka ichakda so'rilishi va buyrakda reabsorbsiyasini buzilishi bilan bog'liq. Bemorlar siydigi bilan ko'p miqdorda triptofan va uning metabolitlar ajraladi.
(Abdig'affor Gadayev. Ichki kasalliklar.- Toshkent : Muharrir nashriyoti, 2020.- 330 b.)
Gastrinoma - Zollinger-Ellison sindromi.
Zollinger - Ellison sindromi - oshqozon osti bezida joylashgan o'sma hisoblanib , ko'p miqdorda gastrin ishlab chiqarilishi natijasida kuzatiladigan belgilar majmui bilan namoyon bo'ladi.
( Abdig'affor Gadayev. Ichki kasalliklar.- Toshkent : Muharrir nashriyoti, 2020.- 300 b.)
O't pufagining yallig'lanishi - xoletsistit.
Xoletsistit keng tarqalgan kasallik. Xoletsistitning kelib chiqishida har xil vakteriyalar katta ahamiyatga egadir.
( Mavluda Fatxullayevna Ziyayeva . Terapiya ( Ichki kasalliklar ) .- Toshkent : " Ilm Ziyo " nashriyoti, 2007.-169 b.)
Volchanka - qizil yugurik.
Ko'p ichki a'zolarni qamraydigan, birikturuvchi to'qimani va qon-tomirlarni shikastlaydigan kollagen kasalliklar guruhiga kiruvchi kasallik qizil yugurikdir.
(Y.I. Arslonov, T.A.Nazarov, A.A.Bobomurodov. Ichki kasalliklar.- Toshkent : " Ilm Ziyo " nashriyoti, 2013.- 378 b.)
Gelmintoz - gijja.
Gijjalar ko'pincha sog'lom odamning hazm yo'llariga tuxumlari tushib qolishidan yuqadi.
(Y.I. Arslonov, T.A.Nazarov, A.A.Bobomurodov. Ichki kasalliklar.- Toshkent : " Ilm Ziyo " nashriyoti, 2013.- 19 b.)
Nafas yo'llari kasalligi - bronxit.
" Soniya ham o'tmay olingan javobdan ekran yorishadi. Bronxit. Hozirgina keldim. Yasharkanman. Keyinroq kel, qo'l silkiysan. Picha cho'zilay. O'zimni yostiqqa tashlab, uzoq va asta nafas chiqaraman."
( Reychel Lippinkott , Mikki Dotri , Tobias Iakonis. Muhabbat masofasi.- T.: "Sharq-ziyo zakovat " nashriyot-matbaa uyi, 2021. - 26 b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |