O'pkada suyuqlik yig'ilishi - kistozli fibroz.
" Kistozli fibroz sinfdoshlar bilan sayohatga chiqishimga, maktab tadbirlarida ishtirok eshitimga va quyoshli ta'tillarni kutishimga birinchi marta to'siq bo'layotgani yo'q."
" O'pkam qotgan nonga o'xshaydi. Shunga imkoni boricha atrofni tomosha qilib to'yib olmoqchiman."
"Opam solgan rasmda behisob gullardan iborat o'pka tasvirlangan."
( Reychel Lippinkott , Mikki Dotri , Tobias Iakonis. Muhabbat masofasi.- T.: "Sharq-ziyo zakovat " nashriyot-matbaa uyi, 2021. - 7- 80- 4 b.)
Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi - gipotireoz.
Gipotireoz uzoq vaqt davomida qalqonsimon bez garmonlarining yetishmasligidan kelib chiqadigan kasallikdir.
( " Shifo-info " gazetasi, N 13 ( 476 ), 27.03.2014. - 46 b.)
Gipertoniya - xafaqon kasalligi.
Kasallikning asosiy belgilaridan biri qon bosimining ortishi bo'lib, bu holat ko'pincha asab tizimining qo'zg'alishi, taranglashuvi uchun Ibn Sino bu kasallikni " xafaqon " deb atagan.
( " Shifo-info" gazetasi, N 48(459), 28-noyabr-4-dekabr,2013.- 7 b.)
Oshqozon yallig'lanishi - yazva, gastralgiya.
O'zaro o'xshash og'riqlar tufayli oshqozon yallig'lanishini " gastralgiya " deb atashadi.
( Shifobaxsh majmua. Sog'lom bo'lay desangiz. - Toshkent. "Adabiyot uchqunlari " , 2017. - 197 b.
Bob bo‘yicha xulosa
Bu bob orqali ichki kasalliklarning matnlarda va tibbiy qo'llanmalarda o'ziga xos badiiycha va ilmiycha nomlanishlarini tahlil qilish kerakligi oydinlashadi. Bu kasalliklarning qo'llanmalarda qanday ahamiyat kasb etishini aniqlash mumkin. Tibbiy kitoblarda kasallikka oid birliklarning boshqacha qo'llanishi orqali u kasallik haqida kengroq ma'lumot ega bo'lish mumkin va bu kasalliklarga davo choralarini izlash ham mumkin. Kasallikni matnlar va qo'llanmalar orqali tahlil qilishdan maqsad ular anglatgan o'zgacha ma'no-mazmunini to'laqonli anglash mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ichki kasallik nima, uning inson hayotida qanday ahamiyat kasb etishi, uning mashhur olimlar tomonidan o'rganilishi, unga qarshi davo choralar izlash haqida yanada umumiy va kengroq ma'lumotga ega bo'lishga yordamlashdi. Kasallikning ilmiy va badiiy qo'llanmalarda o'zgacha qo'llanilishi va undan anglashilgan ma'no-mazmun ham ilmiy-izlanishlar olib borishga va kerakli natijalar chiqarishga ko'maklashdi. Matnlar orqali ushbu kasallikning anglatgan ma'nosi ham oydinlashdi. Ichki kasalliklarning matnlardagi boshqacha talqini orqali uning ko'zga ilmas ko'rinishlari ham anglashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |