O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi 5120101- filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi


Mavzuning o`rganilganlik darajasi


Download 31.66 Kb.
bet2/10
Sana24.01.2023
Hajmi31.66 Kb.
#1116699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. Abdumalikova Dilnoz

Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning "al Qonun fittib" (qarang "Tib qonunlari") asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri "alAdviya alqalbiya" ("Yurak dorilari")dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻllanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi.

Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" ("Sodda dorilar haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan.


Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniklash va davolashga oid koʻp bilimlar sohibi boʻlgan.


Ishning maqsad va vazifalari:
-ichki kasalliklarning turli ko`rinishlarini kuzatish orqali ularni o'ziga xos xususiyatlarining namoyon bo`lishini aniqlash;

  • ichki kasalliklarning matnlardagi terminlarini aniqlash;

  • kuzatishlar asosida umumiy xulosalar chiqarish.

Ishning ilmiy yangiligi:
– ichki kasalliklar va ularga oid tibbiy birliklarning matnlarda o'gacha talqini haqida ma'lumotlar;
Tadqiqotda o`rganilgan obyekt. Ushbu kurs ishining tadqiqot obyekti sifatida ichki kasalliklarning o'zgacha talqini va ko’rinishlari olindi.

Download 31.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling