O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- (-lar, -lar, -nar-nar, -ni-no’, -di-di, -ti-ti, odamnar, jaylar, akalar kabi
Singarmonizm (Ohangdoshlik) tahlili.
Ohangdoshlik turkiy tillarda qadimdan mavjud bo’lib, bu jarayonga turlicha munosabat bildirildi. Odatda Ohangdoshlik haqida gap ketganda, ko’pincha unli tovushlardagi til oldilik va til orqalik, lablanganlik va lablanmaganlik to’g’risida fikr yuritiladi. Vaholanki, Ohangdoshlik jarayoni bu bilangina tugamaydi,u undosh tovushlarda bo’ladigan tovush jarayonini ham o’z ichiga oladi. Ayni paytda hozirgi o’zbek tiliga bu jarayonning munosabati masalasida ham turli olimlarda turlicha munosabat bo’ldi. Biroq X.Doniyorov turkiy tillardagi bu jarayonga o’z munosabatini bildirar ekan, avvalo, Ohangdoshlik jarayoni asosida xazrat Alisher Navoiy asarlarining tilida to’qqiz sof unli tovush mavjud ekanligini izohlaydi. Ikkinchidan, umumxalq tilida, xususan, qipchoq lahjasida Ohangdoshlik jarayonining to’liq saqlanib qolg’anligini, bu holat o’zakka qo’shiladigan qo’shimchalarning ham juft-juft bo’lib kelishini (-lar, -lar, -nar-nar, -ni-no’, -di-di, -ti-ti, odamnar, jaylar, akalar kabi ) ta’minlashni takidlaganlar. Ayni paytda ohangdoshlik nafaqat sof turkiy, balki arab va fors tilidan o’zlashgan so’zlarga ham tasir etganligi takidlanadiki (masalan, adabiy tildagi balo so’zi qipchoq shevalarida bala, "kitob" so’zi "kitap" tarzida talaffuz qilinadi), bu til qonuniyatlarining naqadar uzoq saqlanishini ko’rsatadi. X.Doniyorovning ohangdoshlik til jozibasini, tilning tabiiyligini, boyligini ta’minlovchi bir holat ekanligini haqida kuyinib aytgan fikrlari bugun, darhaqiqat, ko’pchilik tomonidan tan olinmoqda. Adabiy tilni singarmonizm qonuniyatidan sun’iy ravishda olib qochishlik tilni o’z tabiiyligidan uzoqlashtiradi. Bu holat, ayni paytda, adabiy til bilan xalq tili o’rtasida to’siq yuzaga keltirishga olib keldi. Bularning barchasi to’planib, o’zbek o’quvchisining savod chiqarishiga to’sqinlik qilmoqda. Binobarin, bugungi o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi X.Doniyorovning Ohangdoshlik (singarmonizm) haqidagi qimmatli fikrlarini sinchiklab o’rganishi hayotiy zaruratga aylanganligi haqiqatdur! Nazorat topshiriqlari: 1. X.Doniyorovning lahjashunos olim ekanligini izohlang. (kategoriya-bilish) 2. Olimning nutq tovushlari tahlilchisi ekanligini asoslang. (kategoriya-idrok) 3. Olimning xalq shevalaridagi unlilar bilan adabiy tildagi unlilar munosabatini belgilaganligini sharhlang. O’z munosabatingizni bildiring. (kategoriya-analiz) 4.Undoshlar munosabati haqidagi fikrlarini sharhlang. O’z munosabatingizni bildiring (kategoriya-analiz) Ohangdoshlik haqidagi fikrlarni izohlang. 2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi: Olimning so’zshunoslik borasidagi fikrlarini sharhlash. Xalq tili va adabiy til munosabati haqidagi fikrlarini izohlash. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. X.Doniyorovning so’zshunoslik borasidagi fikrlari bilan tanish tiradi. 2.2. Shakldosh so’zlar haqidagi fikrlarini sharhlaydi. 2.3. Ma’nodosh va zid ma’noli so’zlar haqidagi fikrini izohlaydi. 2.4. Atamalar haqidagi fikrlarini izohlaydi. Xudoyberdi Doniyorov - so’zshunos. Xudoyberdi Doniyorov xalq tili, ya’ni qipchoq lahjalarining nutq tovushlarinigina emas, balki boy, bitmas-tuganmas so’zlarining ham xususiyatini, ularning xilma-xil tovlanishlarini, jozibasini ham sinchiklab kuzatgan. Uzoq yillar erinmasdan bu so’zlarni to’plab, uni alohida nashr etdi. Ma’lumki, adabiy til xalq tilidan ajratilib qo’yilganligi sababli u ancha kambag’allashib, g’ariblashib qolg’anligi hech kimga sir emas. X.Doniyorov adabiy tildagi ana shu holatga, ayniqsa, qattiq qayg’urgan. Qipchoq lahjasining naqadar boy ekanligini alohida ta’kidlar ekan, domla so’zlarni mazmuniga qarab turlicha guruhlashtirib tadqiq etadi, uni adabiy til bilan solishtiradi. Chunonchi, qipchoq lahjasidagi ko’p ma’noli so’zlar haqida gapirar ekan, bu so’zlar nutqdagi noziklikni ta’minlash bilan birga, uslubiy xilma-xillikni yuzaga keltirishga ham xizmat qilishi, ayni paytda bularning barchasi to’planib, til boyligini ta’minlovchi vosita ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Masalan:"murun" so’zi o’zining asosiy ma’nosi bo’lmish "kishining burni"dan tashqari "kemaning murnu, kunning murnu" ma’nolarini ifodalaydi. Qash so’zining "kishi","qoshi"dan tashqari "iyarding qasho’", "qashima kep oto’rip aldo’" ma’nolarida ham kelishlarini juda bir ajoyib misollar bilan izohlaydi. Eng asosiysi, har bir holatda bu so’zlarning uslubiy nozikliklari o’qtiriladiki, bunda beixtiyor kishi tiliga nisbatan befarq bo’lmaslik, har bir so’zning turli o’rinda turlicha ma’noda qo’llanilish imkoniyatlari mavjudligi hissini tuyasan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling