O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. O’qituvchi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
Reja: 1. X.Doniyorov - lahjashunos, tovushshunos. 2. X.Doniyorov - so’zshunos. 3. X.Doniyorov - morfologiya tadqiqotchisi. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Lahja, sheva, uslublar, atamalar, qipchoq lahjasi, adabiy til, ma’nodosh so’zlar, shakldosh so’zlar, chorvachilik atamalari, adabiy til va xalq tili munosabati. 1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: X.Doniyorovning lahjashunos olim ekanligini asoslash, tovushshunoslik bo’yicha qilgan xizmatlarini tahlil etish, olimning so’zshunoslik va grammatika sohasida olib borgan ishlarini qisman tahlil etish asosida xalq shevalari va adabiy til munosabatini belgilashdagi xizmatlarini sharhlash. Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. X.Doniyorovning lahjashunos olim ekanligini sharhlaydi. 1.2. Olimning nutq tovushlari tahlilini izohlaydi. 1.3. Xalq shevalaridagi unlilar va hozirgi adabiy tildagi unlilar munosabati haqidagi fikrlarni sharhlaydi. 1.4. Undoshlar munosabati haqidagi fikrlar bilan talabalarni tanishtiradi. 1-asosiy savolning bayoni: Abdurauf Fitrat dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha! deb yozadi. Darhaqiqat, o’zbek tili dunyoning eng boy tili. Negaki, u nihoyat darajada ko’p shevali. Boshqacha qilib aytganda, ko’p shevalilik, ko’p lahjalik tilning baxtsizligi emas, balki baxti. Uning bitmas-tuganmas boyligi, ayni paytda uning baxtsizligi ham xuddi shu masala bilan bog’liq. Tilni siyosatga bo’ysundirish oqibatida o’zbek adabiy tili xalq tilidan ajratildi. Xususan, ko’p shevalilik bu masalani amalga oshirishda qo’l keldi. Natijada o’zbek adabiy tili umum boylikdan- manbadan mahrum etilib, g’arib bir tilga aylantirildi. Xudoyberdi Doniyorovni adabiy tilning boyligi-bu tilni asosiy manbadan aloqasini uzib bo’lmaslik g’oyasi yo’lida kurashish uchun Xudoning o’zi berdi. Domla ilmiy faoliyatining dastalbki davridan boshlab to umrining oxirigacha shu jabhada kurash olib bordi. Bunday deyishimizga sabab, olimning bu sohadagi izlanishlari jo’n, silliq kechmadi. Uzoq payt juda ko’pchilik bilan kurashishga to’g’ri keldi, negaki, lahjalar, xususan qipchoq lahjasining adabiy tildagi o’rni masalasi tamoman chetga surib qo’yilgan edi. Millatparvar olimni (bu millatparvarlik bir paytlar "millatchi" degan tamg’a bilan domlaning qaddini bukishga harakatlar bo’lganligini iztirobla eslashni taqozo etadi) " O’zbek tilining baxmal shevasi" (nomzodlik dissertatsiyasi) "Samarqand oblastidagi qipchoq shevalarining vokalizmi"," O’zbek adabiy tili rivojlanishida qipchoq ("j" lashgan) shevalarining roli» va boshqa juda ko’p aynan shu yo’nalishda ilmiy ish olib borishga majbur etdi. Darhaqiqat olim o’zbek adabiy tilining taraqqiyotiga qipchoq lahjasi tovush, atama, so’z, maqol, matal, grammatik nuqtai nazaridan muxim o’rin tutishini rad etib bo’lmaydigan darajada isbotladi. Ma’lumki, nutq tovushlari tilning eng kichik bo’lagi. Ammo u so’zlarni shakllantirishda, ma’no farqini yuzaga keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’rinadiki, tilchi mutaxassis, eng avvalo, nutq tovushlariga jiddiy e’tibor bermog’i lozim. Ammo masalaga shu nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak, o’zbek tilshunosligida bu soha eng nochor ahvolda ekanligi sezilib qoladi. Shuning uchun Xudoyberdi Doniyorov qipchoq lahjasini nutq tovushlari nuqtai nazardan tahlil etar ekan, o’zbek tili alifbosi va shu bilan bog’liq ravishda imlosida jiddiy kamchiliklar mavjud ekanligini manbalar yordamida asoslaydi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling