O‘zbek tilshunosligida graduonomiya hodisasining ilmiy tadqiqi


Vaysamoq, javramoq, sayramoq


Download 64.95 Kb.
bet12/23
Sana03.11.2023
Hajmi64.95 Kb.
#1744131
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Xolnazarov Abdulla

Vaysamoq, javramoq, sayramoq. Bu fe’llar ham salbiy bo‘yoqning oshishiga qarab darajalanish qatoriga joylashtirdik.vaysamoq fe’lining ma’nosi izohli lug‘atda bemani gap qilmoq deganni bildiradi, javramoq fe’li hadeb gapiravermoq, zerikadigan darajada ko‘p gapirmoq ma’nosini bersa, sayramoq ko‘chma ma’noda kelganda bu fe‘llardan ancha kuchli salbiy bo‘yoq ifodalaydi. Shunga ko‘ra bu darajalanish qatori o‘rinli.
Nima buncha vaysading? Kampiro‘gli orqasidan javrab qoldi.
Farrux qizlarni ko‘rganda sayrab ketardi.
Valdiramoq, vaqillamoq, valaqlamoq. Bu darajalanish qatori ham salbiy bo‘yoqning oshib borishiga qarab darajalanish qatoriga joylashtirdik. Bu fe’llar bildiradigan umumiy ma’no o‘rinsiz gapirmoq bo‘lsa, salbiy bo‘yoq oshib bormoqda.
Uning ma’ni nema’ni valdiraydigan odati bor edi Kampirga o‘xshab vaqilladingda.
Juda valaqlaydigan bo‘libsanda.
Bidirlamoq, chug‘illamoq, g‘ujillamoq. Bu darajalanish qatorini tuzishda gapirish harakatining tezligiga ahamiyat qaratamiz, bidirlamoq fe’li tez, labi labiga tegmay gapirmoq ma’nosini bersa, g‘ujurlamoq betinim sayramoq,
gapirmoq ma’nosini beradi, shunga ko‘ra darajalanish qatorida biri boshida biri oxirida joylashgan.
Juda ko‘p bidirladingda. Sanobar Salima bilan juda chug‘illab urushdi. Qizlar bir-biridan qolmay g‘ujullashadi.

Piching qilmoq, kinoya qilmoq, kesatmoq, zaharxanda qilmoq.


Bu fe’llarni ham darajalanish qatoriga terishda salbiy bo‘yoqning oshib borishiga ahamiyat qaratdik. Bular past bo‘yoqdan kuchli bo‘yoqqa qarab oshib borgan.
U shunchalik nafrat bilan gapirardiki, har gapida piching qilardi. U odamni teshib o‘tadigan darajada kinoya qildi.
Shu gapni nuqul kesataverasanmi?
Qalandarov zaxarxanda qildi: - O‘zingiz ishbilarmon qizsiz! Sizga bizning yordamimiz kerak emas! (A. Qahhor)
Mayna qilmoq, kalaka qilmoq, masxaralamoq, mazax qilmoq. Bu fe’llar kimnidir ustidan uning yomon sifatini aytib kamsitish kulish ma’nosini bildiradi, shunga ko‘ra ularni darajalanish qatoriga joylashtirdik va ular mazax ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlar ma’lum shaxs, uning xarakteri yoki biror qilig‘ini kulgili qilb ko‘rsatadigan, bu shaxsga nisbatan salbiy emotsiya uyg‘otadigan gaplar gapiradi.

Bechora bolani unaqa mayna qilmanglar. Uning gaplarini hamma bolalar kalaka qilardi. Mening yurishimni qizlar masxaralashdi.



Download 64.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling