O‘zbek tilshunosligida graduonomiya hodisasining ilmiy tadqiqi


Akillamoq, irillamoq, qopmoq


Download 64.95 Kb.
bet14/23
Sana03.11.2023
Hajmi64.95 Kb.
#1744131
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Xolnazarov Abdulla

Akillamoq, irillamoq, qopmoq. Bu fe’llar ko‘chma ma’noda salbiy emotsiya uyg‘otish uchun qo‘llanadi va ko‘chma ma’noda qo‘llanib kelganda, bu bo‘yoqlarni taqozo etadi. Shu xususiyatiga ko‘ra darajalanish qatoriga joylashtirdik.
Ey, ko‘p kuchukka o‘xshagan akillama. Farruhning jahli chiqqanidan irilladi.
Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar.( maqol)
Kaltaklamoq, do‘pposlamoq, po‘stagini qomoq. Bu fe’l va frazeologizmlar qattiq tanqid qilmoq ma’nosini beradi va shu bo‘yoqning oshib borishiga qarab darajalanadi, fikrimizni misollar bilan dalillaymiz.
Bugun seni rosa gap bilan kaltaklashadiganga o‘xshashyapti
U bu qadar tanqid ostiga olinib do‘pposlanishini kutmagani uchun dovdirab qoldi.
Bu ketishda majlisda po‘stagimni qoqib qo‘limga berishadi.
To‘nkamoq, tuhmat qilmoq, bo‘xton qilmoq. Bu fe‟llar faqatgina ayblash amalini emas nohaq ayblash amalini bildiradi shunga ko‘ra salbiy bo‘yoq oshib darajalanish qatorini tashkil qiladi.
Hamma aybini menga to‘nkab, o‘zi suvdan quruq chiqdi. Menga bunaqa tuhmat qilmang, aylanay.
Menga ishoning, men bunday ishga qo‘l urmaganman, u menga bo‘xton qilyapti.
Hamma aybni menga to‘nkadi qo‘ydiyu, o‘zi har galgidek suvdan quruq chiqdi.
Gap qilmoq, g‘iybat qilmoq, orqasidan tosh otmoq. Bu fe‟llar biror odam to‘g‘risida boshqa odamga mish mish gaplar gapirish amalini bildiradi, bu ma’no ushbu fe’llarning umumiy ma’nosini tashkil qilsada, lekin ma’no
kuchayib boradi. Shunga ko‘ra darajalanish qatorini tashkil qiladi, fikrimiz asosin quyida keltirilgan misollardan ham oydinroq ko‘ramiz.
Bu ayollar qizimni qachon tinch qo‘yib, gap qilishmas ekan?
Mahalladagi ayollar juda yomon bo‘lishgan, biri biri bilan urishgan, biri birinining g‘iybatini qilgan.
Nimaga buncha begunoh odam orqasidan tosh otdingiz.
Undamoq, da’vat qilmoq, buyurmoq. Bu fe‟llar nutqiy da’vatni bildiradi va izohli lug‘atda biror ish harkatni bajarishga chaqirmoq ma’nosi quyidagi fe‟llar uchun umumiy ma’no ekanini guvohi bo‘lamiz. Shunga ko‘ra quyidagi darajalanish qatoriga joylashtiramiz, fikrimizni quyidagi misollar bilan yanada ishonarliroq qilib yoritamiz.
Men xohlamasam ham shu ishni qilishga meni undadi.
Siz saylovda odamlarni mengaaa ovoz berishga da’vat qilingda. Sen menga hali uyalmay netmay shu ishni buyuryapsanmi?

Download 64.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling