Quvonmoq, xursand bo‘lmoq, mamnun bo‘lmoq. Bu fe’llar quvonch ma’no bo‘yog‘i bilan umumiylikni tashkil qilsada, lekin ko‘tarinkilik ruhi oshib boradi va bu darajalanish qattorini tashkil qiladi.
Seni ko‘rganda quvonchdan ko‘zlari chaqnaydi, negaki, u seni sevadida.
Ko‘zlaring menikiga o‘xshaydi. Dadangga o‘xshash og‘ir, bosiq, vazmin ekaningdan xursandman.
Bundoq o‘ylab qarasam, u meni “aybni bo‘ynida” bo‘lib uydan chiqib ketishimni, daydi- “bomj” ga aylanishimni poylaganga o‘xshaydi. Men axmoq esa uning bu “jonkuyarlik”laridan mamnun edim.
Aybidan o‘tmoq, kechirmoq.
Bu fe’llar uchun umumiy ma’no nuqson qusur kamchiligidan o‘tmoq bo‘lsada, lekin bu fe’llar orasida nozik ma’no farq bor. Ya’ni mano bir fe‟ldan ikkinchisiga qarab kuchaymoqda. Bu fe’llardagi darajalanish qatorini tashkil qiladi.
U shunday toza ko‘ngilli qiz ediki, hammaning aybidan o‘tdi.
Istaganingdan ortig‘ini bilolmasam,tiyiqsiz xohishlarim burch va mas‟uliyat otlig‘ zanjirlar bilan kishanlabtashlangan, ehtirosim jilovi nomusning qo‘liga tutqazib qo‘yilgan,tamoman begona, yod bir umrda yashayotgan bo‘lsam ham sizni kechirayotgandayman.
Umid qilmoq, xomtama bo‘lmoq.
Bu fe‟llarning umumiy ma’nosi nimagadir ko‘z tikmoq shundan umid qilmoq bo‘lsada, lekin unmaydigan narsani umid qilmoq, qo‘lga kirar deb behudaga ishonmoq ma’nosi tomon ketadi va shunga qarab darajalanish qatoriga joylashtiriladi.
Sen biz bandalaringni badxulqligimiz, xunxo‘rligimiz, ochko‘zligimiz, dilozorligimiz, zinokorligimiz, imoni zaifligimiz uchun jazolaysan biz gumrohlar esa sening yana avf etishingdan umidvor takror va takror gunoh so‘qmoqlaridan yuramiz, g‘azabingdan qutulib qolarman deya umid qilamiz. (G.E, tiyramoq tushlari.)
U menga qilgan bu yaxshiligi evaziga sizdan nimadir xomtama bo‘lyapti.
Tortinmoq, uyalmoq.
Bu fe’llar uyalib, begonasirab yoki biror boshqa andisha bilan o‘zini tortib, tiyib turmoq, iymanmoq ma’nosini beradi. Darajalanish qatori ortib bu fe‟llar ma’nosi kuchayadi.
Saida sendan juda tortinadida.
Agar men shavqatsiz aqlimga quloq solsam, u qo‘yayotgan sanoqsiz chegaralarni buzmasam, qalbni muxabbat yog‘dulari-la munavvar etmasam,shundog‘am rangsiz kunlarim butunlay qora bo‘lmaydimi, aqlimning amru ma’ruflari tufayli o‘zimni aybdor bilib, farzandim, tug‘ishganlarim oldida yelkamni qisib, hislarimdan uyalib, boshimni egib yurmaymanmi?(G.E, Tiyramoq tushlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |